Mavzu;Kutubxonalar tipologiyasi, mazmuni va me’zonlari


Bugungi kundagi faoliyati


Download 0.73 Mb.
bet5/6
Sana05.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1431885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LATOFAT2

Bugungi kundagi faoliyati
Respublika bolalar kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘p sonli kitobxonlarni bog‘cha bolalaridan boshlab, to 1-11 sinf o‘quvchilari tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent shahridagi barcha maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilariga hamda maktab kutubxonachiilariga kutubxona xizmati ko‘rsatilmoqda.
Kutubxona har jihatdan qulay va shinam. Kichkintoylardan tortib to kattalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zahirasiga ega. Kutubxonaning asosiy vazifasi kitobni targ‘ibot qilishdan uni keng kitobxon ommasiga yetkazishdan iboratdir.
www.kitob.uz , www.odob.uz, www.taqvim.uz saytlari hamda yutub, facebook, intstagram va telegramdagi sahifalari bilan kitobxonlariga online xizmat ko’rsatadi. Bundan tashqari, yosh kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida QR kod yordamida internetda osongina topiladigan elektron kitoblar katalogi ham yo‘lga qo‘yilgan. Buyuk shaxslarning hayot va ijodi haqida ma'lumot beruvchi hujjatli filmlar to‘plami ham bolaning dunyoqarashini o‘stirish, tarix bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Respublika bolalar kutubxonasining asosiy vazifa va funksiyalari.
-Zamonaviy va yuqori samarali axborot texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini taʼminlash orqali oʻquvchilarning intellektual, bilim, maʼnaviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
-Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini, shakl va usullarini takomillashtirish, maxsus dasturlarni joriy etish, elektron axborot-maʼlumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va maʼlumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida kutubxonalar faoliyati jarayonlari avtomatlashtirilishini taʼminlash;
-Xorijiy ilmiy-taʼlim maʼlumotlar bazalariga ulangan holda yigʻma elektron katalogini va kitob fondini shakllantirish va yuritish;
-Yigʻma elektron katalogni shakllantirish va yuritish;
kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli toʻldirib borish, nashrlarning bibliografik hisobini yuritish;
-Yurtimiz hamda jahon tajribalariga tayangan holda tizimdagi kutubxonalar uchun book reader milliy model standartlarini amaliyotga joriy qilish;
-Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kutubxonalari fondini tahlil qilish, yangi adabiyotlar bilan boyitish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
-Audio va audiovizual resurslar tayyorlash va tarqatish;
-Foydalanuvchilarga kataloglar, kartotekalar va bibliografik maʼlumot berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;
-Oʻquvchilarning umumiy va yakka tartibda kitob oʻqish madaniyatini, ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beruvchi ommaviy kitobxonlikni tashkil etish;
-Ommaviy axborot vositalarida targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish, tegishli muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling