Mavzu;Kutubxonalar tipologiyasi, mazmuni va me’zonlari


Oʻzbekiston milliy kutubxonasi


Download 0.73 Mb.
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1431885
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
LATOFAT2

Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida oʻzbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari (toʻplami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 oʻrinli 9 ta qiroatxona, 20 oʻrinli internet markaz, media markaz, 10 oʻrinli internetga ulangan oʻquv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning oʻrtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar berish amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyid
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalarKutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan. Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shveysariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.
1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitobrasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari ("Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi", "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi", ".. Kutubxona. dunyosi", "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati"ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.
idan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.

Mavzu;AKMning moliyaviy ishlari , kutubxona budjeti


Ma’lumki, zamonaviy talablarga javob beradigan kutubxonada avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimini (AKAT) yaratmasdan turib, qarorda ko’zda tutilgan vazifalarni to’liq bajarish mumkin emas. AKATning ta’minotlari (dasturiy, texnik, axborot, lingvistik, tashkiliy-texnologik va kadrlar) orasidan bugungi kunda ko’pchilikning e’tiborida turgani bu dasturiy ta’minotdir [1,2,3,4,14].
O’zbekiston kutubxonalarida AKAT dasturiy ta’minoti sifatida Rossiyada ishlab chiqilgan IRBIS tizimining qo’llanilayotganligi diqqatga sazovordir. Integrallashgan kutubxona-axborot tizimi (IRBIS) o’tgan asr 90-yillarining oxirlaridan boshlab O’zbekiston kutubxonalarida tatbiq qilina boshlagan bo’lsada, u bugungi kunda mamlakatimizning ko’pchilik AKM, ARM va kutubxonalarida o’z o’rnini topmadi. Buning birinchi sababi tizimning bahosi mamlakatimiz kutubxonalarining moliyaviy imkoniyatlariga mos emasligida bo’lgan bo’lsa, ikkinchi sababi tizimning O’zbekiston kutubxonalariga to’liq moslashtirilmaganligi bo’ldi. Tizim o’zbek tiliga tarjima qilinmadi, buning sababi “Axborot, kutubxonachilik va nashriyot ishi” (SIBID) turkumiga kiruvchi kutubxona standartlari o’zbek tilida mavjud emas edi. Kataloglashtirish qoidalari ham O’zbekiston kutubxonachilik ishi uchun “ochilmagan qo’riq” edi [9].

2007-yili O’zbekiston Milliy kutubxonasining tashabbusini “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” qo’llab-quvvatladi va Respublika axborot-kutubxona markazining sa’y harakati bilan kutubxonachilik sohasiga oid standartlar tizimining birinchi varianti ishlab chiqildi. Demak, nazariy jihatdan kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar yaratishga imkoniyat yaratildi.


Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat instituti o’qituvchilari t.f.d., professorlar M. A. Rahmatullayev rahbarligida kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan dasturiy vosita yaratishga kirishdilar [5,6,7].

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling