Mavzular ketma-ketligi
Download 19.9 Kb.
|
attachment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musta qil ishni bajarish bo‘yicha talablar
- Rasmiylashtirish qoidalari
Mavzular ketma-ketligi
Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar Mustaqil ishlar har bir talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. O‘quv kursi davomida talabalar tomonidan 1 ta mustaqil ish topshiriladi. Har bir berilgan mustaqil ishni bajarish uchun yetarlicha muddat beriladi. Berilgan mustaqil ishni bajarishda talabalar tomonidan ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mustaqil ishni bajarishda ko‘chirmachilik holatlari kuzatilsa, talabaga ushbu ish uchun ajratilgan kredit foizi berilmaydi. Mustaqil ishni bajarishda talabalarni mustaqil fikrlash qobilyatiga egaligi, ishni to‘liq va ravon bajarganiga alohida e’tibor beriladi. Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar cms.tuit.uz tizimiga elektron ravishda yuboriladi va talabalardan himoya qilish talab etilmaydi. Mustaqil ish referat ko‘rinishida amalga oshiriladi.
1. Referat varog‘i tepadan – 2 sm, pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1.5 sm. Raqamlash past va o‘rtadan. 2. Birlik interval – 1,5 sm, abzas – 1,25 sm. 3. Referat matni faqat Times New Roman – 14 shriftida bo‘lishi lozim. 4. Qandaydir skaner qilib olingan ma’lumotlardan foydalanish taqiqlanadi (formulalar, jadvallar, rasmlar va boshqalar). 5. Jadvallar: jadvallar ketma-ket raqamlanadi; albatta jadval nomi va raqami bo‘lishi lozim; referatda “jadval” so‘zini to‘liq yozish lozim; jadval nomi va uning tarkibi markaz bo‘yicha tekislanib yoziladi; 6. Rasmlar (diagrammalar): rasmlar va diagrammalarni raqamlash ketma-ket amalga oshiriladi; albatta rasmlarni (diagrammalarni) nomi bo‘lishi lozim; referatda rasm va diagrammalar uchun rasm (rasm) so‘zidan foydalanish lozim; rasmlar (diagrammalar) markazlashtiriladi va uning tagidan nomi yoziladi; 7. Referat uchta qismga bo‘linishi kerak: Kirish, Asosiy qism, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Mustaqil ish uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: Bajarilgan mustaqil ishning berilgan mavzuga mosligi: 50 %. Mustaqil ishda yangi adabiyotlardan va ilmiy maqolalardan foydalanilganligi: 20%. Bajarilgan mustaqil ishda talabaning yakuniy xulosasining mavjudligi: 20%. Mustaqil ish hajmining va rasmiylashtirish qoidalarining talabga muvofiqligi: 10%. Download 19.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling