Nazariy ma’lumotlar
Talabalar ongida pedagogika, psixologiya, maxsus pedagogika, mutaxassislik va maxsus fanlar bо‘yicha olgan bilimlarining yaxlit mujassamlashgan modelini shakllantirish, ularni chuqurlashtirish amalda sinab kо‘rish maqsadida «Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” fani bо‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari taqdim etiladi. Talabalarning « Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda qо‘llash va sinash, ularni kelgusi о‘qituvchilik faoliyatida kerak bо‘lgan asosiy rejalashtiruvchi (о‘quv – meyoriy) hujjatlar mazmuni bilan tanishtirish, ularni ishlab chiqish bо‘yicha bilim, amaliy kо‘nikma va malakalar bilan qurollantirish mazkur tayyorlangan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlari tо‘plamida о‘z aksini topgan.
Talabalar « Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish » fanidan sessiya oralig‘i nazorat ishi topshiriqlarini bajarish jarayonida quyidagi koxlear implantantli bolalar reabilitatsiyasi muammolari bo‘yicha kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, koxlear implantli bolalar bilan logopedik mashg‘ulotlarni rejalashtirish va tashkil etish ko‘nikmalarini riovjlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, konikma hamda malakalarni shakllantirishdir.
« Koxlear implantli bolalar bilan logopedik ish” fanidan talabalar turli xil nutq nuqsonlar diagnostikasining nazariy asoslari; koxlear imalantantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish yo‘nalishlari; eshituv idrokini va boshqalar nutqini tushunishini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan usullarni; koxlear implantantli bolalarda eshituv idroki va tovush talaffuzi korreksiyasi; ularda lug‘at boyligini oshirish; nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish; yozma nutqili korreksiya qilish metodikalarini hamda ularning farqlarini o`rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |