Mavzular matni


Gemostatik vositalarni venaga qo‘llash


Download 426.68 Kb.
bet29/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Gemostatik vositalarni venaga qo‘llash. Qon, plazma, gemofibrin, antigemafil globulin (AGP) va antigemofil plazma (AGG), fibrinogen va boshqa preparatlami kichik dozalarda bo'lib-bo'lib quyish yaxshi natija beradi.
Qon ketishining asoratlari
Hushdan ketish. Hushdan ketish deganda bosh miya tomirlarining qisqa muddatli spazmi natijasida yuz beradigan holat tushuniladi. Ko'p qon yo'qotish og'riq, charchash, ruhiy kechinmalar va shu kabilar hushdan ketishga sabab bo'ladi. Bemorning to'satdan hushdan ketishi natijasida teri va shilliq pardalarining keskin oqarishi, yuzaki nafas olish, tomir urishining sustlashuvi kuzatiladi.
Davosi. Hushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. Shikast­langan kishining boshini past qilib, oyoqlarini esa baland qo'yib yotqiziladi, nashatir spirti hidlatiladi. Og'ir hollarda sun’iy nafas oldiriladi, 20% li kofein, 1,0 ml 1% li lobelin eritmasi inyeksiya qilinadi.
Kollaps. Kollaps deb arterial va venoz bosimning keskin tushib ketishi va aylanib yuradigan qon massasining kamayishi bilan ifodalanadigan o'tkir yurak-tomirlar yetishmovchiligiga aytiladi.
Kollapsga to'satdan qon yo'qotish, shikastlanish, gavda vaziyatini gorizontal holatdan vertikal holatga tez burish (ortostatik kollaps), plevra va qorin bo'shlig'idan suyuqlikni tez chiqarish, og'ir intoksikatsiya (ovqatdan zaharlanish, o'pka yallig'lanishi, tif va h.k.) sabab bo'lishi mumkin.
Kollapsda bemor a’zoyi badanining bo'shashishi, sianoz, sovuq ter chiqishi, pulsning ipsimon bo'lishi, arterial bosimning tushib ketishi, tez-tez yuzaki nafas olish kuzatiladi. Hushdan ketishdan farqli o'laroq, bemor hushini yo'qotmaydi.
Davolash. Kollaps sababini bartaraf qilish, bemorni isitish, 0,5 — 0,1% li adrenalin, 1,5% li efedrin, 0,5—1% li lobelin eritmalaridan birini yuborish, kislorod berish zarur. Og'ir hollarda qon quyishga kirishiladi. Venaga 1 ml, 1% li mezaton eritmasi, 1 — 2 ml 0,2% li noadrenalin eritmasi quyish yaxshi natija beradi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling