Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet103/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Uremik koma


Uremik koma quyidagi jarayonlardan so‘ng rivojlanadi. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanishda (simob, vismut, oltin, uran, sulfanilamidlar). O‘tkir infeksiya – ich terlama, sepsis, buyrak kasalliklari: glomerulonefrit, gidronefroz, buyrak sili va boshqalarda.
Klinikasi:
Uremiya odatda sekinlik bilan rivojlanadi va oliguriya hamda anuriya paydo bo‘lishi bilan kechadi. Sutkalik diurez 300 ml dan oshmaydi.
Bemorda dastlabki sutkada adinamiya, ishtahaning yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ba’zan mushaklar tirishishi, es-hushining buzilishi paydo bo‘ladi. Yurak tonlari bo‘g‘iq, bradikardiya (1 daqiqada 40 martagacha) rivojlanadi. Siydikda ko‘pincha proteinuriya ko‘p miqdorda silindrlar, epiteliy va qon ajrala boshlaydi. Qonda azot qoldig‘i miqdori oshadi (500–600 mg) nafas olish ham yuza Kussmaul tipida bo‘ladi.
Davolash: bemor venasidan 250–500 ml qon chiqariladi va qon almashtirib quyiladi, l % – 2–4 ml laziks fiziologik eritmada vena ichiga yuboriladi. 30 ml 40% li glukoza yoki 500 ml 5% li glukoza vena ichiga tomchilab quyiladi. 300 ml 4% li natriy gidrokarbonat eritmasi 10 ml 5% li askorbin kislotasi venaga yuboriladi. Tirishishda 30% li xloralgidrad eritmasidan 100–150 ml tomchilab huqna qilinadi, l yuminal 0,05 g 1 kunda 3 marta yoki 10% li natriy bromdan 10 ml vena ichiga va diuretiklar yuboriladi. Bu tadbirlar natijasiz bo‘lsa, 2–3 sutka davomida peritonial dializ qilinadi. Bu muolaja maxsus buyrak reanimatsiya markazlarida «Sun’iy buyrak» apparati yordamida o‘tkaziladi.


Nazorat uchun savollar:

  1. Travmatik shok nima?

  2. Travmatik shok sabablari.

  3. Travmatik shokning nechta bosqichi bor?

  4. Travmatik shokning belgilari.

  5. Travmatik shokning nechta darajalari bor?

  6. Travmatik shokda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

  7. Koma holatida birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi?

  8. Giperglikemik koma nima?

  9. Diabetik ketoatidozning bosqichlari haqida ma’lumot bering.

  10. Giperglikemik komaning davosi haqida ma’lumot bering.

  11. Gipoglikemik koma nima?

  12. Gipoglikemik komaning klinikasi qanday kechadi?

  13. Gipoglikemik komaning davosi haqida nimalarni bilasiz?

  14. Jigar komasi haqida ma’lumot bering.

  15. Jigar komasining klinikasi qay tarzda kechadi?

  16. Jigar komasining davosi nima?

  17. Uremik koma nima va uning klinikasi?




Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling