Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet96/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Kuyish shoki


Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish (olov, qaynoq suv). Shokning og‘irligi

kuyish maydoni va chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi.
Kuyish maydoni 10% dan 15–20% gacha bo‘lsa, kuyish shoki kelib chiqadi. Kuyish maydoni 9%li qoida bilan o‘lchanadi (qo‘l­oyoq 18%, kal- la 9%, oldi orqa tana 18%, oraliq qismi l%ni tashkil qiladi.
Kuyish shokining patofiziologiyasi asosida og‘riq, plazma yo‘qotish-gipovolemiya yotadi. Hujayralar ichida natriy miqdori ortishi natijasida osmotik bosim oshadi, giperkaliemiya yuzaga keladi. Qon-tomirlar ichidagi suyuqlik miqdori kamayganidan buyrak faoliyati buziladi. Oligoanuriya hosil bo‘ladi. Qonda azot shlaklari oshadi.
Kuyish shokida birlamchi bo‘lib og‘riq katta rol o‘ynaydi va bemorda kuchli psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladi, taxikardiya, hansirash, sistolik arterial qon bosim 90 mm. sim. ust. dan past, oligoanuriya kuzatiladi.
Kuyish shoki 4 darajada kechadi:
I daraja – kuyish maydoni 20%, chuqurligi 5–10%;
II daraja – kuyish maydoni 21–50%, chuqurligi 10–30%;
III daraja – kuyish maydoni 50–80%, chuqurligi 10–30%;
IV daraja – kuyish maydoni 80%, chuqurligi 65%.
davolash:

  • Kuygan joylarni tezda sovitish.

  • Og‘riqsizlantirish.

  • Kuygan joylarni steril doka bilan yopish.

  • Infuzion terapiya o‘tkazish (qon zardobi, albumin, kolloid).

  • Mikrosirkulatsiyani yaxshilash (eufillin, novokain, gormonlar).

  • Nafas yo‘llari kuyganda (kislorod bilan davolash, bron- xolitiklar, sun’iy nafas berish).

  • O‘tkir buyrak yetishmovchiligini davolash (siydik haydov- chi, antibakterial terapiya).

  • Energetik ta’minotni tiklash (10%li glukoza insulin bilan,

  • enteral ovqatlantirish).

  • Proteolitik fermentlarni neytrallashtirish (trasilol, kontrikal, gordoks).

  • Gemodializ.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling