Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Коmа holatidagi bemorlarda hamshiralik parvarishi
Septik shokGrammanfiy va grammusbat bakteriyalar keltirib chiqaradi. Septik shok 2 ta fazada kechadi: Giperdinamik – bemorning yuzi qizargan, badani issiq, tana harorati vaqti-vaqtida ko‘tariladi, bemor qaltirab sovuq qotadi. Gipodinamik – tana harorati 40 darajadan oshadi, havo yetishmaydi, bemor qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi, terisi sarg‘ayib, lab va tirnoqlari ko‘karadi va bemor hushini yo‘qotadi. Nafas olishi 50 marta bo‘lib, bemorning qon bosimi pasayadi, pulsi tez va ipsimon bo‘ladi. Bemorning ko‘z sklerasi sarg‘ayadi. Davolash: O‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘tkir yurak yetish- movchiligi belgilarini bartaraf etish. Antibakterial davo. Simptomatik terapiya. Hayotiy muhim a’zolar funksiyasi tiklangach, infeksiya o‘chog‘i sanatsiya qilinadi. Коmа holatidagi bemorlarda hamshiralik parvarishiKoma – markaziy asab sistemasi faoliyatining tormozlanishi bo‘lib, barcha analizatorlar funksiyasining buzilishi bilan xarak- terlanadi. Koma grekcha so‘z bo‘lib, «qattiq uyquga ketish», degan ma’noni anglatadi. Komaning kelib chiqishida gipoksiya yotadi. Gipoksiya natijasida miyada qon va suyuqliklar aylanishi buziladi, miya shishi oqibatida paydo bo‘lgan zaharli moddalar neyronlarni o‘ldiradi, markazlarni ishdan chiqaradi. Koma paydo bo‘lishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: nevrologik koma – jarohat, yallig‘lanish, o‘sma, insult sababli markaziy asab sistemasining zararlanishi tufayli kelib chiqadigan koma; endokrinologik кота – ichki sekretsiya bezlarining yetishmasligi yoki funksiyasining oshishi tufayli paydo bo‘ladigan komalar; toksik кота – ekzogen va endogen zaharlanish tufayli pay- do bo‘ladigan komalar; gipoksik komalar – gaz almashinuvining buzilishi va gipoksiya tufayli paydo bo‘ladigan komalar. Komaning quyidagi darajalari mavjud: 1-daraja – bemor bo‘shashgan, savollarga qiyinchilik bilan javob beradi, atrofdagilarga nisbatan befarq, nutqi buzilgan. Bemor uyqu holatida bo‘lib, nafas olishi qisman tezlashgan, arterial qon bosim ko‘tarilgan bo‘ladi. 2-daraja – bemor sopor holatida bo‘lib, hushsiz, savollarga qiyinchilik bilan javob beradi, so‘zlarni cho‘zib, zo‘rg‘a gapiradi. Nafas olishi tezlashgan, taxikardiya, arterial qon bosim birmuncha pasaygan yoki me’yorda bo‘ladi. Reflekslar saqlangan, lekin sust bo‘ladi. 3-daraja (og‘ir yoki chuqur koma) – bemor hushsiz, reflekslari so‘ngan, qorachiqlar kengaygan. Terisi kulrang, akrosianoz. Nafas olishi tez va yuzaki, aritmiya, arterial qon bosimi tushib ketgan. Ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajralishi kuzatiladi. 4-daraja (terminal holat) – bemor hushsiz, reflekslar yo‘q, nafas olish patologik (Kussmaul va Cheyn-Stoks ko‘rinishida), arterial qon bosim aniqlanmaydi, yurak faoliyati to‘xtaydi. Bu davrda bemorni komadan chiqarib bo‘lmaydi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling