Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet100/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Giperglikemik koma


Qandli diabetning og‘ir asoratlari insulin yetishmovchiligi va glukozaning jigar va to‘qimalarda saqlanishi buzilishidan kelib chiqadi. Qandli diabet surunkali ko‘rinishda rivojlanib, yengildan og‘ir turiga qarab rivojlanib boradi.
Noto‘g‘ri davolanish o‘tkir va surunkali kasallik qo‘shilishi, intoksikatsiya, jigar kasalligi diabetning qaytalanishiga bu esa koma oldi holatiga olib keladi.
Organizmga glukoza yig‘ilishining buzilishi tufayli keskin ravishda karbon suvlar, moylarning almashinuvi ham buziladi.

Natijada keton tanachalari oshib ketadi, bu esa qonda karbonat angidrid gazi oshishiga olib keladi.
Giperosmolyar (giperglikemik) koma qonning yuqori osmo- larligi va giperglikemiya hamda organizmning yaqqol suvsiz- lanishi bilan kechadi. Qonda keton tanachalari ko‘rsatkichi oshmaganda, asidoz aniqlanmaydi. Giperosmolyar koma ikkinchi tipdagi qandli diabetda kuzatilib, uning kam uchraydigan asorati hisoblanadi va ko‘proq yoshi ulug‘ kishilarda kuzatiladi. Bemorlarda uchraydigan o‘tkir kasalliklar, infeksiyalar, sepsis, tananing kuyishi, siydik haydovchi dorilarni kop iste’mol qilish, o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti ushbu og‘ir asoratning rivojlanishiga olib keladi.
Yuqoridagi holatlar qandli diabetning ikkinchi tipida qonda insulinga qarshi garmonlarning keskin oshishiga va oqibatda to‘qimalarning unga bo‘lgan sezuvchanligi kamayishiga hamda jigarda aminokislotalardan proteoliz va giperglukoneogenez kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi to‘qimalar tomonidan glukoza parchalanishini qiyinlashtiradi va qonda uning miqdori oshishiga olib keladi.
Giperglikemiya natijasida bemorda glukozuriya, osmotik diurez, organizmning suvsizlanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida organizmdagi mavjud insulin lipoliz va ketogenez jarayonini to‘xtatib turishga hamda ketoasidoz rivojlanishini oldini olishga imkon beradi.
Giperosmolyar koma bir necha kun ichida rivojlanib, bemorlarni yuqori darajadagi holsizlik, tashnalik va poliuriya bezovta qiladi. Deyarli barcha hollarda anoreksiya kuzatiladi. Obyektiv ko‘rikda teri va shilliq pardalar quruq, teri elastikligi pasaygan, mushaklar va ko‘z soqqasi tonusi susaygan. Komatoz holat tez rivojlanadi. Glukozani ko‘p miqdorda miya hujayralariga kelishi hamda ko‘plab sorbitol hosil bo‘lishi sababli bemorlarda miyada qon aylanishining buzilishiga xos o‘choqli o‘zgarishlar kuzatiladi. Og‘ir degidratatsiya holati giperosmolar gipotoniyaga, miokardning qisqaruvchanlik faoliyati susayishiga,

koptokchalar filtratsiyasining kamayishiga, oliguriya va anuriyaga olib keladi. Natijada bemorda shok, prerenal buyrak yetishmovchiligi va chuqur koma rivojlanadi. O‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim yuz beradi.
Giperglikemik komaga tushgan bemorlar qonida glukoza miqdori ko‘tariladi. Qonda kreatenin miqdori oshib ketadi. Ushbu komani davolash diabetik ketoasidoz muolajasidan birmuncha farq qiladi. Bemorlarga ko‘proq suyuqlik quyish lozim. Suyuqlik yuborilish davrida bemor diurezi, arterial qon bosimi, tomir urishi, markaziy venoz bosimini kuzatib borish kerak. Ko‘rsatkichlarning ko‘tarilib borishi suyuqlikni kamaytirishga ko‘rsatma hisoblanadi.
Klinikasi. Diabet ketoatsidozning rivojlanishida ikkita: koma oldi va diabetik koma bosqichlari mavjud.
Koma oldi holatida bemorda behollik, uyqu bosish, bosh og‘rig‘i, ishtahaning pasayishi, kuchli chanqash, ko‘ngil aynish, ich ketish, til qurishi, og‘izdan atseton hidi kelishi, qonda qand va keton tanachalarining ko‘payishi (13 mg % ko‘p) siydikda oqsil, glukozalar, silindrlar paydo bo‘lishi kuzatiladi, bu holatlarda agar o‘z vaqtida, yetarli darajada davolash tadbirlari ko‘rsatilmasa, darhol diabetik koma bosqichiga o‘tishi mumkin. Bunday paytda bemor hushsiz, puls tez va yumshoq uradi. Arterial qon bosim pasayadi, harorati (35–36°C) tushib ketadi. Ko‘z olmalari yumshoq, nafas olish yuzaki, ba’zan qorin devori taranglashgan va o‘tkir qorin simptomlariga o‘xshaydi. Qonda yuqori leykotsitoz paydo bo‘ladi. Diabetik yoki giperglikemik komaning oqibati koma holatining davom etishi muddatiga va gemodinamikaning buzilishi darajasiga bog‘liqdir.
Davolash:

  • Koma holatida bemorning boshi yon tomonga burilgan holatda yotqiziladi va shifokor chaqiriladi.

  • Glukometr yordamida qand miqdori aniqlanadi. Siydikdagi qand va atseton miqlori aniqlanadi.

  • Oksigenoterapiya o‘tkaziladi.

  • Shifokor ko‘rsatmasiga binoan tez ta’sir qiluvchi oddiy in- sulin 50–100 ТВ vena ichiga fiziologik eritmada yuboriladi. Keyinchalik kichik dozalar rejimida insulin yuborish davom ettiriladi. Har soatda bemorga 10–15 ТВ yoki har ikki soatda 20–30 ТВ oddiy insulin teri osti yoki vena ichiga fiziologik erit- mada tomchilab yuboriladi.

  • Har soatda barmoqdan qon olib qondagi qand miqdori aniqlab turiladi.

  • Bemor qusganda yordam ko‘rsatiladi.

  • Shifokor ko‘rsatmasiga binoan:

  • natriy xlor 0,9% – 500 ml vena ichiga tomchilab yuboriladi;

  • natriy gidrokarbonat 4% – 400 ml vena ichiga tomchilab

yuboriladi;

  • askorbin kislota 5% – 5 ml vena ichiga fiziologik eritmada

yuboriladi;

  • karboksilaza 100 mg fiziologik eritmada venaga yuboriladi.

  • Arterial qon bosim, puls har 10–15 daqiqada o‘lchab turiladi.

  • Arterial qon bosim pasayganda:kordiamin 2 ml teri ostiga;mezaton 1% 1 ml yuboriladi.

Bemor koma holatidan chiqqandan keyin shifokor ko‘rsatmasiga binoan, uzoq ta’sir qiluvchi insulin: Aktrafan, Pratafan, Mikstard, Humulin, Ultralong bilan davolash shifokor nazorati ostida davom ettiriladi. Komadan keyin insulin teri ostiga shifokor tayinlagan dozada inyeksiya qilinadi.
Reanimatsiya tadbirlari gemodinamik o‘zgarishlarmi va yurak-tomir faoliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bemorning hushi tiklangandan 3–4 soat keyin asta-sekin umumiy ovqatlanish tartibiga o‘tkaziladi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling