Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jigar komasi
Davolash:Bemorga darhol shirin choy ichiriladi, qand, non, konfet yediriladi Shifokor chaqiriladi. Bemor yotqizib qo‘yiladi. Ekspress usulda qondagi qand miqdori aniqlanadi (3 mmol/l dan kam). Shifokor ko‘rsatmasiga binoan: Glukoza 40% – 40–80 ml vena ichiga yuboriladi, naf bermasa shu muolaja yana takrorlanadi. Bemor hushiga kelmasa: glukoza 5% – 200 ml vena ichiga tomchlab yuboriladi. Prednizolon 30–60 nig glukozaga qo‘shib vena ichiga yubo- riladi. Oksigenoterapiya. Talvasada: seduksen 0,5% – 2 ml mushak orasiga inyeksiya qilinadi. Arterial qon bosim pasayganda: Kordiamin 2 ml teri ostiga, mezaton 1% – 1 ml yuboriladi. Bemor ahvoli muntazam kuzatib, baholab boriladi. Jigar komasiJigar komasi – metabolik komaning shakllaridan biri bo‘lib, jigar funksiyalarining keskin buzilishi, intoksikatsiya tufayli rivojlanadi. Gepatoserebral yetishmovchilikning 3 tipi farqlanadi. Birinchi tip – jigar-hujayraviy, destruktiv koma. Aksariyat hollarda bemor komaga olib kelgan patologik holat bilan davo- lanayotganda shifoxonada yuzaga keladi. U gepatotsitlarning total yoki subtotal nekrozi bilan bog‘liq bo‘lib, 80% dan ortiq holatlarda o‘limga olib keladi. Virusli ge patit В va С og‘ir kechganda, to‘rt xlorli uglerod, fosfor, rangpar poganka bilan zaharlanganda va ba’zi dori vositalari ta’sirida yu- zaga keladi. Ikkinchi tip – portal tizimli aylanib o‘tuvchi koma. U jigar bo‘laklari arxitektonikasining turg‘un o‘zgarishi va portokaval venoz anastomozlarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Komaning bu tipi jigarning spirtli ichimliklar va virus ta’sirida yuzaga kel- gan sirrozida kuzatiladi. Uchinchi tip – terminal holat yoki gipokaliemik jigar komasi, surunkali jigar kasalliklari natijasida yuzaga keladi. Bu holat ka- liy ionlarining o‘tkir yo‘qotilishi, kompensatsiyalanmagan va na- fas bilan bog‘liq bo‘lmagan alkaloz tufayli toksikligi oshib ketgan ammiak ta’sirida rivojlanadi. Davolash tamoyili – bemor zudlik bilan yonbosh holatda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqiziladi. Jigar komasi o‘tkir jigar kasalliklari va surunkali gepatit, ji- gar sirrozida yuzaga keladi. Modda almashinuvining buzilish jarayoni oqibatida rivojlanadi. Bundan tashqari jigar distrofiyasi, glukogenning kamayishi, intoksikatsiya, oqsil almashinuvining buzilishi kabi omillar ham komaning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Klinikasi: bemorda umumiy darmonsizlik, ishtahaning pasa- yishi, jigar o‘lchamining kichrayishi, keskin sariqlik, uyqusiz- lik va qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Teri osti qon quyilishi, burun- dan, buyrakdan qon oqishi mumkin, najas rangsizlanadi. Og‘ir holatdagi komada hushidan ketish, axilik najas paydo bo‘ladi. Jigar o‘lchami juda kichrayadi. Siydikda oqsil va silindrlar paydo bo‘ladi. davolash: bemorga 50 ml 40% li glukoza vena ichiga, 5%– 400 ml glukoza vena ichiga, 1 ml 20% li kofein teri ostiga, 2 ml kordiamin, 1 ml vitamin B12, askorbin kislotasi 5% ligidan 5 ml vena ichiga kiritiladi. Kortikosteroidlardan prednizolon, kortizon yuboriladi. Ovqat moddalaridan oqsil va yog‘ miqdori chegaralanadi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling