Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet95/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Gemorragik shok


Qisqa muddat ichida aylanayotgan qon hajmining 10–20% va undan ortiq miqdorda yo‘qotilishi oqibatida kelib chiqadi. Shokning og‘irlik darajasi yo‘qotilgan qon miqdoriga va qon oqish davriga bog‘liq.
Bemor qancha ko‘p va qisqa muddat ichida qon yo‘qotsa, shok shuncha og‘ir o‘tadi.
Qon yo‘qotish tasnifi (Amerika jarrohlar kollegiyasi, 1982­y.).


Qon yo‘qotish. Aylanayotgan qon hajmi defekti % va ml

I sinf (yengil)

15%

750 ml

II sinf (o‘rtacha)

20–25%

1000–1200 ml

III sinf (og‘ir)

30–40%*

1500–2000 ml

IV sinf (o‘ta og‘ir)

40% va ko‘p

2000 ml va ko‘p



Gemorragik shok og‘irlik darajasiga ko‘ra davrlari:
kompensatsiya – organizm yurak qon-tomir sistemasining fiziologik kompensatsiyasi hisobiga o‘tkir qon yo‘qotishga javob beradi. Bemorning hushi joyida, ba’zan yengil

bezovtalanish kuzatiladi. Ko‘zdan kechirganda terisi biroz oqargan, periferik venalari bo‘shashgan. Qo‘1-oyoqlari sovuq. Pulsi kuchsiz to‘liqlikda, biroz taxikardiya, qon bosimi normada, yengil oliguriya;
dekompensatsiyalashgan (qaytuvchi) bosqich – arterial qon bosim pasaygan. Bemorning hushi xiralashgan, hansirash, taxikardiya (100–120 marta), puls bosimi kamayadi, oligu- riya, akrosianoz;
qaytmaydigan – bemorning ahvoli og‘ir, hushsiz, teri qoplamlari oqish rangda, sovuq ter bilan qoplangan, gipotermiya, oligoanuriya kuzatiladi. Puls periferiyada ipsimon yoki umuman aniqlanmaydi. Arterial qon bosim 60 mm. sim. ust. past.
Davolash:

  • Ekspress diagnostika maqsadida shok indeksi (Shi) aniq- lanadi, ya’ni 1 daqiqadagi yurakning qisqarishlar soni sistolik arterial qon bosimga nisbati aniqlanadi.

  • Normada shok indeksi = 60/120 = 0,5 (60–1 min yurakning qisqarishlari soni; 120 – sistolik arterial qon bosimi normal ko‘r- satkichi).

  • Qon ketishini to‘xtatish (jgut, siqib turuvchi bog‘lam).

  • Og‘riqsizlantirish.

  • Markaziy venalarni kateterlash (infuziya-transfuziya).

  • O‘tkir nafas yetishmovchiligiga qarshi kurash (yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash, havo o‘tkazgich qo‘yish, traxeya intubatsiyasi, sun’iy o‘pka ventilatsiyasini o‘tkazish).

  • Oksigenoterapiya.

  • O‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi belgilarini bartaraf etish.

  • Siydik qopini kateterlash (soatlik, sutkalik diurezni nazorat qilish).




Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling