Ushbu shkala oddiyligi va obyektivligi bilan ajraladi. Unda es-hushning buzilishi uchta ko‘rsatkich (ko‘z ochilishi, og‘zaki javob, harakat reaksiyasi) bo‘yicha belgilanadi, buzilish darajasi esa ballarda hisoblanadi.
Ushbu test o‘tkazilishi natijasida olingan ballar miqdori quyidagicha sharhlanadi:
15 ball – tiniq es-hush; 13–14 ball – gangish; 9–12 ball – sopor;
4–8 ball – koma;
3 ball – miya o‘lishi.
Ayrim kasalliklar natijasida kuzatiladigan modda almashi- nuvining buzilishlari oqibatida yuzaga keladigan organizmdagi o‘zgarishlar metabolik koma deb ataladi.
Metabolik коmaning tashxisiy mezonlari
Т/r
|
sabablari
|
Tashxisiy mezonlari
|
1.
|
Qandli diabet
|
Og‘izdan atseton hidi kelishi, degidratatsiya, siydik-
da yuqori miqdorda qand va keton tanachalari.
|
2.
|
Gipoglikemiya
|
Terlash, qaltirash, yuz giperemiyasi, taxikardiya.
|
3.
|
Uremiya
|
Og‘izdan «uremik» hid kelishi, degidratatsiya,
teri qurishi, mushaklar tortishishi, to‘sh ortidagi og‘riqlar, enteropativa.
|
4.
|
Jigar yetishmov-
chiligi
|
Og‘izdan «jigar» hidi kelishi, sariqlik, terida petex-
iyalar, qon qusish, burundan qon ketishi.
|
5.
|
Miksedema
|
Yuz shishishi, bo‘yinda chandiq, teri qurishi,
bradikardiya, tana haroratining pasayishi.
|
6.
|
Giperkapniya
|
Terlash, sianoz, bradikardiya, o‘pka patologiyasi
belgilari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |