Mavzular matni


Umumiy davolash va parvarish qilish choralari


Download 426.68 Kb.
bet99/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Umumiy davolash va parvarish qilish choralari


Koma holatida birinchi yordam ko‘rsatish va davolashdan oldin uning kelib chiqish sabablari va boshlang‘ich darajalarini aniqlab olish zarur. Bular komani davolash uchun asosiy omil hisoblanadi. Maxsus o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari tashxisni yana ham aniqroq belgilaydi va maxsus davolash tadbirlari o‘tkazishni ko‘rsatib beradi.
Koma holatida o‘tkazilgan reanimatsiya tadbirlari miyaning kislorodga nisbatan tanqisligiga, nafas olish va qon aylanishi buzilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun bemorni yonboshga yotqizib (yengil darajada) og‘ziga havo o‘tkazuvchi naycha kiritiladi, og‘ir holatlarda esa intubatsiya yoki traxeostomiya qo‘yilib nafas beriladi. Zond orqali oshqozon suyuqligini so‘rib olish aspiratsiyaning oldini oladi. Nafas olish va qon aylanish faoliyatlarini ma’lum darajada ushlab turish kerak. O‘mrov osti yoki boshqa katta tomirga kateter qo‘yib 5% glukoza va boshqa dori­darmonlar kiritishga kirishmoq kerak.

Yuqorida keltirilgan tadbirlar bemorni transportda olib borish uchun ham zarurdir. Koma holatdagi bemor juda ham ehtiyotkorlik bilan olib boriladi va bu paytda kollapsning oldini olish maqsadida 1ml kordiamin tomira ichiga, 2–3 ml sulfakamfokain va 1 ml kofein teri ostiga yuboriladi.
Agar bemorda kollaps rivojlangan bo‘lsa, 1 ml mezatonga yoki 0,5 ml noradrenalin 250 ml 5% li glukoza eritmasi bilan 1 daqiqada 20–30 tomchidan tomir ichiga tomchilab yuboriladi.
Agar koma holati zaharlanish bilan bog‘liq bo‘lsa, shu joyning o‘zida oshqozonni tozalab (12–15 l) iliq suv bilan yuviladi. Transportda olib borishda har doim sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi uqalashni o‘tkazishga tayyor turish kerak.
Aspiratsiyaning oldini olish maqsadida bemorlarni yonboshi bilan yotqizib bosh tomoni biroz tushirilgan holatda transportda olib borish lozim.
Bemorning miyasiga qon quyilishi natijasida sodir bo‘lgan koma holatida transportda olib borish, ayniqsa, xavflidir. Bunday bemorlarni transportda olib borishda yorilgan qon-tomiridan qon oqishi va nafas olishni izdan chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Agar bunday bemorlarda qon bosimi 180 mm. simob ustunidan yuqori bo‘lsa, transportda olib borishdan oldin, 200–400 mm qonni chiqarib tashlab, ehtiyotlik bilan bemorni zambilga yotqi- ziladi. Boshi chayqalmasligi uchun bemorning boshi oyog‘iga nisbatan yuqori qilib yotqiziladi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling