Mavzular matni


Xirurgiya bo’limida hamshira yuritadigan tibbiy hujjatlar


Download 426.68 Kb.
bet6/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Xirurgiya bo’limida hamshira yuritadigan tibbiy hujjatlar:
Tez yordam mashinasida keltirilgan bemorning rasmiy hujjatlari bilan yoki shahar poliklinikalari yoMlanmalari bilan kelgan bemor­larning rasmiy hujjatlari bilan davolash tashkilotlari qabulxonasida dastlab hamshira tanishadi.
Qabul bo'limida kasallarni ro‘yxatga olish hujjatlari quyidagicha: kasalxonaga yotqizishni rasmiylashtirish jurnali; maslahatlarni rasmiylashtirish jumali; har xil sabablarga ko'ra kasalxonaga yotqizishdan bosh tortgan yoki yotishi man qilingan bemorlarni rasmiylashtirish jurnali.
Tibbiy hamshira xirurgik bo ‘lim ish faoliyati uchun rasmiy hujjatlar tuzishda qatnashadi: bularga kasallik tarixining tituli va dorilarni qayd qilish varaqlarini toMdirish, bemorlarning vazni va bo‘yini oMchash, kasallik tarixiga barcha tahlillarni yopishtirish; bir yoshgacha boMgan bolalarda necha marta ich kelishi, uning xususiyatini, miqdorini nazorat qilish varag‘ini to‘ldirishlar kiradi.
Xirurgik bo ‘limning katta hamshirasi tomonidan: kasallarning o‘limini qayd qilish; dorilar va ularning sarflanishini ro‘yxatga olish; kuchli ta’sir etuvchi va narkotik dorilarni ro‘yxatga olish jurnallari yuritiladi.
Operatsiya va bog‘lamlarni ro‘yxatga olish uchun: operatsiyalarni qayd qilish; bog‘lamlarni ro‘yxatga olish; qon, plazma va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi hujjatlar iurnallari yuritiladi.
Statsionarda yuritiladigan hujjatlarga: xodimlarning kelib-ketishini nazorat qilish; bemorlarni ro'yxatga olish; dori-darmonlar hisoboti jur­nali; shikoyat va takliflar; 5 daqiqalik yig‘ilishlar; bo‘limning tekshiruv; ma’ruzalar, xodimlar saviyasini oshirish uchun suhbatlar o‘tkazilishi haqidagi; mehnat xavfsizligi va yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha yuritiladigan jurnallar kiradi.
Postda yuritiladigan hujjatlarga: bemorlarni ro‘yxatga olish; tahlillar; parhez; bemorlarning harakati hisoboti; HBS antigeni- ga olingan qonlarni qayd qilish jurnallari kiradi.
Muolaja xonasida yuritiladigan hujjatlarga: muolajalarni qayd qilish; kvarslash; boMimdagi xonalar va koridorlarga uzil-kesil ishlov berishni qayd qilish; qon quyishni qayd etish; dori-darmonlar; paxta, spirt, shpris va bir martalik sistemalarni qayd qilish jurnallari kiradi.
Bog‘!ash xonasida yuritiladigan hujjatlarga:bog'lamlami qayd qilish; bog‘lov uchun ishlatilgan materiallarni (bint, dori-darmonlar, spirt va b.) qayd qilish; kvarslash; bog‘lash xonasiga to’la-to‘kis ishlov berishni qayd qilish; asboblami qayd qilish va sterillash jurnallari kiradi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling