Mavzular matni


Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi


Download 426.68 Kb.
bet62/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligining xirurgik asoratlari ko‘p tarqalgan bo‘lib, 20–40 yoshdagi erkaklar ko‘p kasallanadi. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining kelib chiqishiga talaygina omillar (mexanik, kimyoviy va hokazo) sabab bo‘lishi mumkin, degan fikrlar bor. Asoratlanmagan yangi yaralarda shilliq parda osti qavatini qisman egallagan shilliq parda nuqsonigina bo‘ladi.
Uzoq davom etgan yara chetlari chandiqlanib, chandiqli yallig‘lanish – kallyoz yara hosil bo‘ladi. Ba’zan yara qo‘shni a’zolar (charvi, ko‘ndalang chambar ichak, me’da osti bezi) ga o‘tib, ularga yopishadi – penetratsiyalovchi yara hosil bo‘ladi. Yara me’daning chiqish bo‘limida yoki o‘n ikki barmoqli ichakning boshlang‘ich qismida bo‘lganda bu bo‘lim keskin torayib qolishi mumkin. Buni stenozlovchi yara deyiladi. Yara qorin bo‘shlig‘iga erkin yorib kirganda uni teshib kirgan (perforativ) yara deyiladi. Uzoq vaqtgacha tuzalmaganda yara rakka aylanishi mumkin.
Klinikasi. Kasallik bir necha yilgacha cho‘ziladi va odatda, mavsumiy xarakterga ega bo‘ladi – bahorda va kuzda zo‘rayadi. Bemorlar to‘sh osti sohasidagi og‘riqdan nolishadi. Og‘riq ovqat yeyilgan zahoti (ilk og‘riqlar), 2–3 soat o‘tgach (kech og‘riqlar) va ko‘p vaqt o‘tgandan so‘ng (ochlik og‘riqlari) paydo bo‘lishi mumkin. Me’daning yara kasalligida paypaslab ko‘rilganda og‘riq to‘sh osti sohasida, o‘n ikki barmoqli ichak yarasida to‘sh osti sohasining picha o‘ng tomonidan qayd qilinadi, og‘riq penetratsiyali yaralarda ancha qattiq bo‘ladi. Ko‘pincha og‘riq qusish bilan o‘tadi. Stenozlovchi yaralarda qusish ayniqsa aniq ko‘rinadi, bunda me’dada ovqatning turib qolishi kuzatiladi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi ko‘pincha me’da shirasining kislotaliligi anchagina oshganda paydo bo‘ladi. Diagnostikada endoskopik va rentgenologik tekshirishning muhim ahamiyati bor. Kontrast modda (bariy sulfat) yuborilganda yara chuqurchasini aniqlash mumkin. Hozirgi vaqtda maxsus asbob – gastrofibroskop yordamida me’da shilliq pardasini bevosita ko‘zdan kechirish bilan aniq tashxis qo‘yilmoqda.
Davosi. Yangi yaralarda konservativ terapiya tavsiya qilinadi. U suyuq va muloyim ovqatlar tayinlash, ruhan orom berish, chekish va ichkilik ichishni tashlashdan iborat. Sanatoriy- kurortlarda mineral suvlar bilan davolash katta yordam beradi.
Operatsion usulida davolash uchun qator ko‘rsatmalar mavjud: aniq ko‘rsatmalar – teshilgan yaralar, qo‘shni a’zolarga o‘tadigan malignizatsiya qilingan yara, kallyoz va stenozlaydigan yara va nisbiy ko‘rsatmalar – qonab turadigan yara, konservativ davo natija bermaganda (me’daning 2 yildan oshgan yara kasalligi, 3 yildan oshgan 12 barmoqli ichak yara kasalligi).
Rezeksiyaning turi yaraning qayerda joylashganligiga bog‘liq. Yara yuqoriroqda joylashgan bo‘lsa, me’daning kardial bo‘limi rezeksiya qilinadi yoki uni batamom olib tashlanadi, pilorik bo‘lim yarasida bu bo‘lim rezeksiya qilinadi. Me’da shirasining kislotaliligi nechog‘li yuqori bo‘lsa, me’daning shunchalik ko‘p qismi olib tashlanadi. Me’daning tegishli bo‘limi olib tashlangandan so‘ng boshlang‘ich bo‘limiga ulanadi (anastomozlanadi). Me’da rezeksiya qilinganda, yarani olib tashlashdan tashqari, me’da shirasining kislotaligi kamayadi, bu yaraning qaytalanish imkoniyatini kamaytiradi. Kislotalikni ko‘proq kamaytirish uchun qo‘shimcha ravishda selektiv vagotomiya qilinadi (adashgan nerv stvolini yoki tarmoqlarni qirqish), bu esa me’da shirasi kislotaligini yanada pasaytiradi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling