Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterilizasiya
Aseptika-Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo'llash bo'yicha o'tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak. Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen. Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan yo'qotishga sterilizasiya deyiladi. Sterilizasiyani turli usullarda: bug' bilan bosim ostida avtoklavlash, quruq issiqlik,qizdirish,qaynatish,kuydirish yo'li bilan, antiseptik eritmalarda va antibiotiklarning eritmalarida saqlash bilan amalga oshiriladi. Radioaktiv nurlanish nurlar (gamma - nurlar), ultrabinafsha nurlar (simob-kvars lampalar), gazlar bilan sterilizasiya qilish birmuncha keng qo'llaniladi. Ma'lumki, qaynoq suv bug'i issiqlik o'tkazish qobiliyatiga ega. U qaynoq havoga nisbatan yuqori issiqlik darajasiga ega bo'lgani uchun sterilizasiya qilinayotgan jismga issiqlikni tez o'tkazadi. Oquvchi bug' bilan sterillash avtoklavda bajariladi. Quruq issiqlik bilan sterlizasiya qilinadigan sohalarni qizdirishga asoslangan va unda sterilizasiya qilinayotgen jismlardagi harorat 170 C-200 C ga yetishi kerak. Avtoklavlar qarovsiz qoldirilmaydi. 180 C temperaturada sterilizasiya qilish vaqti 15 minutga teng. Nur bilan sterilizasiya qilish, bu usul katta energetik kuchga ega bo'lib, sterilizasiyaning kuchi materiallarning har - xil chuqurligigacha yetib boradi. Ultra tovush bilan sterilizasiya qilish. Bu usulda sterilizatorlar kuchsiz antiseptik vosita bilan to'ldiriladi va ultra tovush to'lqinlari ta'sirida xirurgik asboblar. kichik plastmassa asboblar yoki jarroh barmoqlarini dezinfeksiya qilinadi. Kimyoviy (sovuq) sterilizasiya deb, etilen oksidi hamda kuchli antiseptiklarni qo'llashga aytiladi. Sovuq sterilizasiyadan oqsillar koagulyasiyasi 45 C dan 60 C gacha harorat atrofida bajariladi. Bu usul bilan avtoklavda yoki havo sterilizatorida kateterlar, xirurgik qo'lqoplar, tomir protezlar, endoskoplar, respirator va sun'iy qon aylanish apparatlari sterilizasiya qilinadi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling