Mavzular matni
Download 426.68 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tema: Shok va koma holatlarida reanimasiya va intensiv terapiya Reja
- Mavzu bayoni
Nazorat uchun savollar:
1.O‘tkir nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha va o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabablari, klinikasi,darajalarini ayting? 2.Patologik nafas turlari.Gipoksiya, giperkapniya, dipnoe, apnoe, bradipnoe, taxipnoe holatlarida intensiv terapiya o’tkazish tartibi qanday? 3.Astmatik holat va unda intensiv terapiya qanday aolib boriladi? 4.O‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi sabablarni ko’rsating? 5.Miokard infarkti. Yurak astmasi. O‘pka shishi. Aritmiyalar belgilarini ayting? 6.O‘tkir yurak yetishmovchiligida qo‘llaniladigan reanimasiya va intensiv terapiya etaplari qanday? 7.Defibrillyasiya haqida tushunchagizni ayting? Tema: Shok va koma holatlarida reanimasiya va intensiv terapiya Reja: 1.Shok haqida tushuncha va shok turlari (travmatik, gemorragik, gemotransfuzion, kuyish, kardiogen, anafilaktik, septik). 2. Shok sabablariga ko‘ra klinik manzarasi va turli etiologiyali shoklarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam, reanimasiya va intensiv terapiya xususiyatlari 3.Koma haqida tushuncha va turlari (jigar, uremik, gipoglikemik, giperglikemik), sabablariga ko‘ra klinik manzarasi. 5.Turli etiologiyali komalarni laborator diagnostikasi va ularda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam, reanimasiya va intensiv terapiya xususiyatlari. Mavzu bayoni: Shok – kuchli endogen va ekzogen ta’sirlarga organizmning himoya va javob reaksiyasi hisoblanadi. Shok holatlarining umumiy klinikasi: teri rangining oqish sianotik tusga kirishi va sovuq yopish- qoq ter bilan qoplanishi; hushning xiralashuvi; dispnoe; oliguriya; taxikardiya; arterial va puls bosimining pasayishi. Shok klassifikatsiyasi:I.Kelib chiqishiga ко‘ra: travmatik; kuyish; gemorragik; gemotransfuzion; anafilaktik; kardiogen; septik. II.Og‘irligiga ко‘ra: kompensatsiyalangan; dekompensatsiyalashgan; qaytmas (terminal holat). III.Hosil bo ‘lish vaqtiga ко‘ra: birlamchi, erta; ikkilamchi, kech yoki toksik. IV.Fazalariga ко‘ra: erektil; torpid. V.Og‘irlik darajasiga ко‘ra: I daraja – umumiy ahvoli o‘rtacha, puls 1 daqiqada 80–100 ta, maks. AB 90 mm sim. ust. II.daraja – umumiy ahvoli og‘ir, puls 1 daqiqada 100–140, AB 90–70 mm sim. ust. gacha kamayishi. III.daraja – ahvoli juda og‘ir, puls 120–160, AB 70–50 mm sim. ust. IV.daraja – (agoniya oldi holati) ahvoli o‘ta og‘ir, puls faqat- gina magistral qon tomirlarda qiyinchilik bilan paypaslanadi, maksimal AB 50 mm sim. ust. aniqlan-maydi. Download 426.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling