Mavzular matni


Download 426.68 Kb.
bet94/103
Sana19.06.2023
Hajmi426.68 Kb.
#1600594
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Bog'liq
lekciya uzbekcha

Anafilaktik shok


Allergik reaksiyaning bir turi bo‘lib, organizmga kirgan yot oqsil va organik kimyoviy moddalarga nisbatan qarshi reaksiyasidir. Anafilaktik reaksiya organizmga dori preparatlari, jumladan antibiotiklar, diagnostika preparatlari kiritilganda, hasharotlar chaqqanda hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan so‘ng ham rivojlanishi mumkin.
Anafilaksiya – o‘z­o‘zini himoya qilish degan so‘zdan kelib chiq­
qan va ko‘pincha allergen parenteral yuborilganda yuzaga chiqadi.
Shokning klinik belgilari: teriga toshmalar toshishi, tosh- malarning butun badanga tarqalishi, burun bitishi, aksirish, burun

oqishi, nafas olishning qiyinlashuvi, quruq yo‘tal, xushtaksimon nafas, teri, lab, tirnoqlarning ko‘karishi, bosh aylanishi, nutqning buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorindagi og‘riq.
Anafilaktik shokning rivojlanishi 3 ta shaklda kechadi:

  • yashin tezligidagi shok – shok dastlabki 10 daqiqa ichida rivojlanadi;

  • zudlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr 30–40 daqiqani tashkil etadi;

  • sekinlik bilan rivojlanuvchi shok – shokkacha bo‘lgan davr bir necha soatni tashkil etadi.

Anafilaktik shokning turlari:

    • teri;

    • serebral;

    • astmoid;

    • kardiogen;

    • abdominal.

Teri shakli – terining qichishi, qizarishi, eshakyemi toshishi, toshmalarning bir-biri bilan qo‘shilishi, Kvinke shish paydo bo‘lishi mumkin. Teridagi o‘zgarishlar reaksiyadan so‘ng 30–40 daqiqadan keyin kelib chiqadi.
Serebral shakli – bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, paresteziya, hushdan ketish, tutqanoqlar, beixtiyor siyish va defekatsiya kuzatilishi mumkin. Bu epilepsiya tutqanoqlarini eslatadi. Agar adrenalin bilan davo qilinganda yuqoridagi o‘zgarishlar yo‘qolsa, anafilaktik shok diagnozi qo‘yiladi.
Astmoid shakli – bo‘g‘ilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Til, hiqildoq, traxeya shishishi oqibatida yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi buziladi va nafas buzilishi kuzatiladi.
Kardiogen shakli – yurak sohasida siquvchi og‘riqlar, taxi- kardiya, ritm buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi.
Abdominal shakli – qorinda shish, og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash:

  1. Organizmga allergen tushishini to‘xtatish (jgut bog‘lash, me’dani zondlash). Dori allergen vena ichiga yuborilgan bo‘lsa

igna venada qoldiriladi va dori moddalar shu igna orqali yuboriladi.

  1. Bemorni tekis joyga yotqizish, toza havo kelishini ta’- minlash, traxeyani intubatsiya qilish, oksigenoterapiya.

  2. Adrenalin yuborish, teri orasi, vena ichiga va ingalatsiya yo‘li bilan yuboriladi. Allergen kirgan joy atrofi adrenalin bilan inyeksiya qilinadi.

  3. Gormonlar – 60–90 mg (2–3 ml) prednizolon fiziologik eritmada tomir ichiga yuboriladi.

  4. Bronxospazmda – vena ichiga 2,4% – 10 ml eufillin yuboriladi

  5. O‘tkir yurak yetishmovchiligida – venaga yurak glikozidlari 0,05% – 0,5–l ml strofantin fiziologik eritmada tomir ichiga yuboriladi.

  6. Yuqoridagi davo yordam bermaganda sun’iy nafas va yurak bilvosita massaj qilinadi.

Download 426.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling