Mavzulashtirilgan Mazkur 8-sinf jahon tarixi fanidan tuzilgan


Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati (36)


Download 0.73 Mb.
bet27/41
Sana04.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1747685
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
8-sinf-JAHON-TARIXI

Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati (36)




Savollar va javobi





  1. Quyidagi tarixiy voqealarning sodir bo'lgan yili noto'g'ri berilgan?

☑ 1805-yilda Prussiya poytaxti Berlin Napoleon tomonidan egallandi

  1. 1804-yilda Napoleon Bonapart Fransiya ...idan o'zini imperator deb e'lon qilinishini talab qildi.

☑ Senatidan

  1. 1804-yilda Fransiyada tashkil topgan Napoleon Bonapart monarxiyasi kimga yoki nimaga tayanar edi? 1.dvoryanlarga 2.milliy burjuaziya 3.qo'shin 4.davlat amaldorlari 5.katta yer egalari 6.cherkov

☑ 2, 3, 4
4. 1805-yilda ...
☑ Napoleon Venani egalladi 5. 1806-yilda ...
☑ Napoleon Berlinni egalladi 6. 1807-yilda ...
Tilzit shartnomasi imzolandi

  1. Napoleon Bonapart qaysi shaharda Britaniyaga nisbatan qit'a qamali e'lon qilingani haqida dekretni imzoladi?

☑ Berlinda

  1. Napoleon Bonapart tomonidan qit'a qamali qaysi davlatga nisbatan e'lon qilingan edi?

☑ Buyuk Britaniyaga

  1. Rossiya qaysi shartnomani imzolab, Fransiyaning g'alabalarini tan olishga va qit'a qamaliga qo'shilishga majbur bo'lgan edi?

Tilzit

  1. Deyarli barcha Yevropa davlatlarini bo'ysundirgan Napoleon Bonapart qaysi davlatlarni bo'ysundira olmagan edi?

☑ Britaniya va Rossiya

  1. Rossiya qit'a qamaliga qo'shilgan bo'lsada qaysi davlat kemalarida Britaniyaga yuborishda davom etgan edi?

☑ AQSH

  1. Napoleon Bonapart qachon Rossiyaga katta qo'shin bilan bostirib kirgan edi?

☑ 1812-yilda 24-iyunda

  1. Har ikkala tomondan katta talafotlar bo'lgan Borodino jangi qachon bo'lib o'tgan edi?

☑ 1812-yil 7-sentabrda

  1. Jahon tarixida "Xalqlar jangi" sifatida qolgan Fransiya va ittifoqchi davlatlar o'rtasidagi jang qachon va qayerda bo'lib o'tgan edi?

☑ 1813-yil oktabrda, Leypsig ostonasida

  1. 1814-yilda Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin qayerga surgun qilingan edi?

Elba oroli

  1. Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin Fransiya qaysi sulola hokimiyatga qaytarilgan edi?

☑ Burbon

  1. 1815-yilda Fransiyada kim qirol sifatida toj kiydirilgan edi?

☑ Lyudovik XVIII

  1. Napoleon Bonapart qaysi orolda tug'ilgan edi?

☑ Korsika oroli

  1. Napoleon Bonapart va ittifoqchi qo'shinlar o'rtasidagi Vaterloo jangi qachon bo'lib o'tgan edi?

☑ 1815-yil 18-iyunda

  1. Napoleon Bonapart butunlay tor-mor qilingan Vaterloo qishlog'i hozirda qayerda joylashgan?

Belgiyada

  1. Vaterloo jangida mag'lub bo'lgan Napoleon Bonapart qayerga surgun qilingan edi?

☑ Muqaddas Elena oroli

  1. Fransiyaning "Buyuk qo'shini" Rossiyaga bostirib kirganidan 9 yil o'tib ...

☑ Napoleon Bonapart vafot etdi

  1. 1814-yilda Venada ochilgan kongressning asosiy maqsadi nima edi?

☑ Yevropani g'oliblar manfaati yo'lida qayta taqsimlash

  1. Quyidagi davlatlardan qay biri Vena kongressida ishtirok etmagan?

Italiya

  1. Vena kongressida qaysi davlatning maqsadi Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o'zining va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi?

☑ Britaniya

  1. Vena kongressida Britaniya qaysi hududlarni qo'lga kiritgan edi? 1.Malta oroli 2.Krit oroli 3.Kapa yeri 4.Seylon oroli 5.Kanadaning bir qismi

☑ 1, 3, 4

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Polshaning katta qismiga egalik qilib olgan davlatni aniqlang.

☑ Rossiya

  1. 300 dan ortiq mayda davlatlarda tashkil topgan Germaniya o'rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilgan bo'lib, unda qaysi davlat yetakchi edi?

☑ Avstriya

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Reyn viloyati va Vestfaliya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?

☑ Prussiya

  1. Vena kongressidan keyin qaysi davlat Shimoliy Italiyada mustahkamlanib olgan edi?

☑ Italiya

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Belgiya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?

Gollandiya

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, qaysi davlatning mustaqilligi tiklanib, abadiy betaraf davlat bo'lib qolgan edi?

☑ Shveytsariya

  1. Qaysi voqeadan keyin Fransiya ikkinchi darajali davlatga tushib qoldi?

☑ Vena kongressidan keyin

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Fransiyaga qancha kontributsiya to'lash majburiyati yuklatilgan edi?

☑ 700 mln frank

  1. Vena kongressi nafaqat Yevropa xaritasini o'zgartirib tashladi, balki yana boshqa masala haqida deklaratsiya qabul qilgan edi?

☑ negr qullar savdosini taqiqlash to'g'risida

  1. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Muqaddas ittifoq tuzgan davlatlarni aniqlang.

☑ Rossiya, Avstriya, Prussiya


  1. Fransiyada ikkinchi imperiyaning o'rnatilishi (16)





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling