Mavzuni mustahkamlash boyicha topshiriqlar


Download 24.98 Kb.
Sana24.04.2020
Hajmi24.98 Kb.
#101116

Mavzuni mustahkamlash boyicha topshiriqlar.

1. Milliy goya targibot texnologiyasining obekti va predmetini, uning umumiy va farqli jihatlari boyicha aqliy xujum usulida umumiy va oziga xos jihatlarini qiyosiy taqqoslang.

2. Fanning asosiy tushuncha va tamoyillarni Klaster usulidan foydalanib yozing va tavsiflang.

3. Milliy goya targiboti texnologiyalarini ananaviylik va zamonaviylik munosabatida Swot-tahlil qiling.

1. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fani o‘zining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalariga ega. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini o‘rganish milliy istiqlol g‘oyasi fanining amaliy jihati hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan yondashganda ularning o‘zaro munosabatida ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarida umumiy va farqli jihatlari mavjud.

Milliy g‘oyani o‘rganishning ob’ektiv zarurligi uning mazmun-mohiyatini, asosiy tushuncha va tamoyillarini nazariy-metodologik asoslarini keng jamoatchilikka etkazish, tushuntirishdan iborat. Ma’lumki, milliy g‘oya shakllanadi va shakllantiriladi. Uning shakllanishi voqea-hodisalarga har-bir kishining mustaqil dunyoqarashi bilan bog‘liq bo‘lsa, shakllantirish jarayoni esa uning amaliy jihatdan ta’lim-tarbiya, targ‘ibot texnologiyalari, sohalari va yo‘nalishlari, targ‘ibot vositalari bilan uzviy aloqadordir. SHuning uchun ham milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish, uni to‘g‘ri tashkil etish va yo‘naltirishga bevosita bog‘liq.



Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fanining ob’ekti:

1)milliy g‘oya targ‘iboti yo‘naltirilgan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan eng bunyodkor g‘oyalar, maqsadlarni o‘rganish;

2) xalqimizning urf-odat, an’ana, qadriyatlari tizimini targ‘ib etish;

3) xalqimiz hayot tarzi, ularning orzu-umidlari, ong-tafakkur tarzlari, O‘zbekiston jamiyati hayoti sohalari va milliy-ma’naviy negizlari, umuminsoniy demokratik qadriyatlar, tamoyillarni targ‘ib etish;

4) turli xalqlar va millatlar, guruhlar va unga ta’sir etuvchi omillar, jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy targ‘ibot sohalarida foydalaniladigan vositalar hamda uslublar majmuidir. Demak, milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining ob’ektini jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy sohasining tashuvchilari hisoblangan turli xil ajdodlar, avlodlar, xalqlar, millatlar, insonlar, ijtimoiy etnik guruhlar va qatlamlar tashkil etadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari milliy istiqlol g‘oyasi fanining asosiy tushuncha va tamoyillariga tayanadi.

5) umuminsonny qadriyatlarga sodiqlik;

6) xalqimiening ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

7) insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

8) vatanparvarlik.

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining maqsadi va vazifalari -milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalarini keng jamoatchilikka targ‘ibottashviqot qilish, ularning ma’naviy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, barkamol avlodni voyaga etkazish bilan uzviy bog‘liq.

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fanining predmeti- milliy g‘oya targ‘ibotida qo‘llaniladigan usullar, unga yondoshish mahorati va xususiyatlarini keng jamoatchilik: insonlar, turli guruhlar va qatlamlar, xalqlar, millatlarning ishonchi va e’tiqodiga aylanishi, uning milliy-madaniy, umuminsoniy negizlarini to‘g‘ri targ‘ibot etish, orqali jamiyat hayoti sohalarida namoyon bo‘lish shartsharoitlari, omillari, qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.

Milliy g‘oya targ‘ibotidan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar:

1. Xalqni ezgu g‘oya bilan bog‘liq mushtarak maqsadlar bilan birlashtirish va uyushtirish;

2. Fuqarolarni milliy g‘oyaga ishontirish.

3. Fuqarolarni muayyan ezgu g‘oyaga jipslashtirish;

4. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishga safarbar etish.

5. Ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish hamda milliy g‘oya negizlariga bo‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash.

6. YOshlarni milliy g‘oya maqsad va tamoyillariga sodiq holda tarbiyalash.

7. YOt va zararli g‘oyalar, turli xil mafkuraviy xurujlar, “ommaviy madaniyat” va ma’naviy tahdidlarga qarshi g‘oyaviy immunitetini shakllantirish hamda mustahkamlash, jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda harakat dasturi bo‘lishga yo‘naltirilgan.



Milliy g‘oyaning targ‘iboti texnologiyalari vazifalari: 1) milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari bo‘yicha kompleks dastur yaratish; 2) milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarini yanada takomillashtirish; 3) milliy g‘oya targ‘ibotida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishga erishish; 4) milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarida ta’lim tizimining faoliyatini yanada takomillashtirish; 5) milliy g‘oya targ‘ibotida interfaol usullardan foydalanish orqali uni ommalashtirish va bosqichma-bosqich singdirib borish; 6) milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatining yanada oshib borishi v.h.

2. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular jamiyat ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy mafkuraviy sohalarida shakllangan turli xil tushunchalardir. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarida quyidagi tushunchalarni hisobga olish zarur, ular turli halqlar va jamiyatlar hayotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning mazmun-mohiyatini targ‘ibot texnologiyalarini amalga oshirishda xolisona hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ular: birinchidan, turli jamiyatlar xalqlar hayoti milliy madaniy qadriyatlari, maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil ma’no-mazmunga ega umumiy tushunchalar “g‘oya”, “mafkura”, “milliy g‘oyalar”, “umumbashariy g‘oyalar”, “texnologiya”, “targ‘ibot-tashviqot”, “targ‘ibotchi”, “targ‘ibot texnologiyalari”; Ikkinchidan, turli jamiyatlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti va faoliyati bilan bog‘liq maqsad va intilishlarni ifoda etadigan turli xil siyosiy mafkuralari ko‘rinishlar bilan bog‘liq tushunchalar. Uchinchidan, O‘zbekiston jamiyati va xalqining xayoti, uning tarixi milliy-madaniy merosi va qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, uni o‘zida aks ettiradigan va unga xizmat qiladigan: “milliy istiqlol g‘oyasi”, “milliy istiqlol mafkurasi”, “Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari”, “Milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi”, “Milliy istiqlol g‘oyasining umumbashariy tamoyillari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti asoslari va yo‘nalishlari”, “Milliy g‘oya targ‘iboti vositalari” va boshqa tushunchalardir.

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari bilan bog‘liq tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, u asosan, O‘zbekiston xalqi ijtimoiy xayot sohalari bilan, xalqning milliy-madaniy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, tili, madaniyati, tarixi, falsafasi bilan uzviy bog‘liq. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari milliy rivojlanish xususiyatlarini e’tirof etadi va unga hurmat bilan qaraydi. Dunyoda erishilayotgan yutuqlardan samarali foydalaniladi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarida “sinfiylik”, “partiyaviylik”, “egoizm”, “milliy egoizm”, “milliy ayirmachilik”, “shovinizm” kabi nosog‘lom g‘oyalarga asoslanilmaydi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari boshqa mamlakat xalqlarining xayotiga o‘z g‘oyalarini oshkoro yoki pinhona tarzda singdirishni da’vo qilmaydi. Bu bilan u “kommunistik g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”dan, “ommaviy madaniyat” va “ma’naviy tahdid” ko‘rinishidagi texnologiyalardan tubdan farq qiladi. Umuman, “g‘oya” va “mafkura”, “texnologiyalar” tushunchalari keng ma’noga ega. “Milliy g‘oya” va “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari” tushunchasi bir-biridan farq qiladi. Milliy g‘oya O‘zbekiston jamiyati hayoti bilan bog‘liq. U jamiyatning mafkurasidir. U milliy-madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq negizlarini o‘zida ifoda etadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari ham O‘zbekiston xalqining milliy-madaniy merosi, umuminsoniy qadriyatlarni, ezgu maqsad va manfaatlarni ifoda etadi. Uni keng jamoatchilikka etkazish mahorati, yo‘llari, vositalari, shakl va usullarining majmuini o‘z ichiga oladi.

Texnologiya” yunoncha, techne - mahorat, san’at; logos-ta’limot ma’nosini bildiradi. U keng ma’noga ega, masalan, ishlab chiqarishning biror sohasiga ishlov berish, qayta ishlash, ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar majmuini anglatadi. Uni milliy g‘oya targ‘ibotiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. SHu nuqtai nazardan yondashganda, uni milliy g‘oya targ‘ibotini tashkil etish mahorati, san’atida qo‘llaniladigan usullar majmui sifatida talqin etish mumkin. Demak, “milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari” tushunchasi o‘ziga xos mazmun va xususiyatlarga ega. U ishlab chiqarish sohasida qo‘llaniladigan “texnologiya” tushunchasidan farq qiladi. U insonlar ongi va tafakkuriga yo‘naltirilgan o‘ziga xos xususiyatga ega. Buni milliy g‘oya targ‘ibotida alohida hisobga olish zarur.

Targ‘ibot” tushunchasi arabcha “targ‘ib” so‘zidan olingan bo‘lib, xoxishni, qiziqishni kuchaytirish, rag‘batlantirish ma’nolarini anglatadi. Bu, biror g‘oya, ta’limotni yoyishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini bildiradi. “Targ‘ibotchi” – targ‘ibot ishlarini olib boruvchi shaxsni, “targ‘ibotchilik” esa targ‘ibot olib borishni, targ‘ibot ishini anglatadi .



Fanni o‘rganishda sotsiologik so‘rov, qiyosiy tahlil, baxsmunozara, xozirgi zamonda keng kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ineterfaol uslullaridan: “klaster usuli”, “Ajurli-arra”, Ekspert baholash” usuli, “Delfi” usuli,“Pattern” usuli, “O‘yinlar nazariyasi” usuli; “Sokrat” usuli, “SWAT - tahlil” usuli, “Aqliy xujum” usuli, “Fokus guruhlar” usullari va boshqa usullardan ham foydalaniladi. Turli debatlar, ta’lim tizimidagi targ‘ibot texnologiyasi sifatida asosiy mazmun kasb etuvchi - “klaster”, ya’ni axborotlarni tarqatish, shuningdek, interfaol usullaridan keng va ommaviy ravishda ta’lim tizimlarida foydalanish milliy g‘oya targ‘ibotida etakchi mazmun kasb etadi.

3. U turli xalqlar va mamlakatlar xayotida onggi, dunyoqarashi, ma’anaviy-madaniyati, qarashlarida sodir bo‘layotgan yangilanishlar bilan uzviy bog‘liq. Ayni paytda g‘oya va mafkura sohasida yangi texnologik o‘zgarishlarni keng joriy etilishi ham uni zamon bilan hamnafas holda yangilanib va takomilashib borishini taqazo etadi. Bu milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasini hayot bilan birga takomillashib borishini davr o‘zgarishlaridan orqada qolmasligini zarur qilib qo‘yadi. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari davr va zamon o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda o‘zgaruvchanlikka ega. Buni targ‘ibotda hisobga olish zarur. U turli xalqlar va mamlakatlar xayotida onggi, dunyoqarashi, ma’anaviy-madaniyati, qarashlarida sodir bo‘layotgan yangilanishlar bilan uzviy bog‘liq. Ayni paytda g‘oya va mafkura sohasida yangi texnologik o‘zgarishlarni keng joriy etilishi ham uni zamon bilan hamnafas holda yangilanib va takomilashib borishini taqazo etadi. Bu milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasini hayot bilan birga takomillashib borishini davr o‘zgarishlaridan orqada qolmasligini zarur qilib qo‘yadi. Milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalari davr va zamon o‘zgarishlari bilan bog‘liq holda o‘zgaruvchanlikka ega. Buni targ‘ibotda hisobga olish zarur. Ikkinchidan, axborotlar hajmining ko‘payib borishi, ulardan foydalanish uchun vaqtning cheklanganligi hamda ularni saralash va tizimlashtirishning birmuncha murakkabligi yangicha yondashuvlarni taqazo etadi. Uchinchidan, ta’lim-tarbiyada yangi texnologiyalarning uzluksiz joriy etilishi yoshlarning an’anaviy o‘qitish uslubini yangilanishi va tabiiy ravishda, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llanishi yoshlarni o‘quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantiradi, milliy g‘oya, targ‘ibot, targ‘ibotchi, texnologiya, interfaol usullar, milliy g‘oya targ‘iboti, milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, targ‘ibot texnologiyasi, targ‘ibot texnologiyalarining regulyativ ta’siri, milliy g‘oya targ‘ibotining an’anaviy va zamonaviy uslublari, dialektik uslub, yot va zararli g‘oyalar, materialistik dialektika.
Download 24.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling