Mavzuni nazariy asoslash va adabiyotlar sharhi 5


Suv resurslari va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda unda foydalanishning iqtisodiy ahamiyati


Download 0.63 Mb.
bet4/8
Sana25.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1720554
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston suv omborlarining xalq xo\'jaligida ahamiyati

3.1.Suv resurslari va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda unda foydalanishning iqtisodiy ahamiyati
Suv resurslaridan foydalanishda huquqiy asos bu qonunchilik tizimining asosiy va ajralmastuzilmasibo’lib, parlamenttomonidan qabul qilin-gan qonun va qarorlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlaridan iborat bo’lgan turli qonuniy hujjatlar to’plamidir. Bu qonuniy hujjatlarning maqomi va ustunligi har bir mamlakatda turlichadir. Shuningdek hukumat, vazirliklar va mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilingan qonuniy hujjatlarning jamiyat a qan ay kuchgaegaligi ham bir-biridan farq qiladi.
Asosiy qonuniy hujjatlarda SIU tuzish va faoliyatini amalga oshirish alohida qayd etilmagan bo’lsada, lekin quyidagi qonun va qonunosti hujjatlar orqali tartibga solinishi mumkin:
"Fuqarolik kodeksi"ning 77-moddasi: Tijorat tashkilotlari o’zlariningtadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar va o’zga birlashmalariga birlashishlari mumkin;
"Suv va suvdan foydalanish to’risida"gi Qonun (1993 yil 6may) suvdan foydalanish huquqini beradi, sug’orish va zovur tarmoqlaridan foydalanish, ularni ishchi holatda saqlash, shuningdek suv uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizolarni yechish bilan bog’liq moddalarni o’z ichiga oladi;
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qarorining 7-ilovasi suvdan foydalanuvchilar kimlar va kimlar SIU a’zosi bo’la olishiga aniqlik kiritadi. fermer va dehqon xo’jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar kiradi. Suv iste’molchilari uyushmasi muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqavaga chiqarish bilan bog’liq xo’jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo’jaliklari va boshqa yuridik, jismoniy shaxslar birlashmasi (uyushmasi) hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 3 avgustdagi "O’zbekiston Respublikasida cheklangan suv resurslaridan foydalanish to’g’risida" gi qarori suv taqchil bo’lgan mavsumda suv taqsimlashtartib qoidalarini belgilab beradi.
Samarqand viloyatining asosiy suv manbai Zarafshon daryosi hisoblanadi, daryo suv sarfining hisobi Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Dupuli suv o’lchash postidan olib borilgan bo’lib, 1913 yildan keyingi ma’lumotlar «Zarhavzasuv» boshqarmasida saqlanmoqda. Bu ma’lumotlarga asosan daryo suv sarfining yillik oqim miqdori o’rtacha 5064,89 mln.m3 ni tashkil etadi.
O’zbekiston bo’yicha 19,7 km3. Ekspluatasion zahiralarning hajmi 12,1 km3 (voha bo’yicha), O’zbekistonda esa-6,8 km3ga teng. Amalda 1995 yili region bo’yicha 13,5 km3, O’zbekiston bo’yicha - 9,8 km3, yer osti suvi ishlatilgan.


14






Ekin turi

Sug’orish
soni

Sug’orish me’yori, m3/ga

Mavsumiy sug’orish me’yori, m3/ga

1.

G’o’za

5-7

800-1200

5000-8000

2.

Kuzgi bug’doy

4-5

700-800

3000-4000

3.

Makkajo’xori

7-8

700-800

5000-6500

4.

Beda

10-12

1000-1200

10000-12000

5.

Qand lavlagi

6-8

500-600

3000-4000

6.

Tamaki

7-8

750-850

5000-6500

7.

Kartoshka (ertagi)

7-8

400-500

3000-4000

8.

Pomidor

15-16

600-700

9000-10000

9.

Piyoz

18-20

500-600

9000-12000

10

Sabzi (kechki)

8-12

500-550

5000-6000

11.

Chuchuk qalampir

14-15

600-700

9000-10000

12.

Baqlajon

15-16

600-700

9000-10000

13.

Oqbosh karam

14-15

600-700

9000-10500

14.

Bodiring

12-14

500-550

6000-7500

15.

Sarimsoq

7-10

500-600

4000-60000

16.

Qovun

5-6

600-700

3000-4000

17.

Tarvuz

5-6

600-650

3000-3900

18.

Qovoq

6-7

650-750

4550-6000

19.

Kungaboqar

3

600-800

1800-2400

20.

Sholi

-

-

3000 gacha

*Manba: Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. -

Г.: ILM-ZIYO, 2017.- 150-b.


Yuqorida qayd etilgan qonunning 47- «qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish» moddasida quyidagilar ko’zda tutilgan:
«Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish ishlari boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalari hamda dehqon xo’jaliklarining sug’oriladigan yerlarida qulay suv rejimi vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suv ob’yektlaridan qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish suvdan me’yorlar bo’yicha foydalanishning belgilangan yo’siniga rioya etgan holda suvdan umumiy foydalanish tartibida ham, maxsus foydalanish tartibida ham amalga oshiriladi.


15




Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasini sug’orish, suv chiqarish, zax qochirish tarmoqlaridan foydalanuvchi organlar belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar».
Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish moddasida, sug’orish, suv chiqarish va sug’orish - suv chiqarish tarmoqlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa suv xo’jaligi obyektlaridagi suvlardan foydalanish ishlari suvdan foydalanishning ichki xo’jalik va umumiy tizimi rejalariga asosan yillik amaldagi suv bilan ta’minlanganlik hisobga olingan holda amalga oshirilishi, ikki tomonlama ishlovchi zax qochirish tarmoqlarida suvdan foydalanish meliorasiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish ichki xo’jalik va umumiy tizimi rejalari asosida amalga oshirilishi, suvdan foydalanuvchi jamoa xo’jaliklari, boshqa korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar tomonidan tuzilgan xo’jalik ichki suvdan foydalanish rejalari O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi suv obyektlaridan foydalanish boshqarmalari bilan muvofiqlashtirilib, tumanlarning hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanishi lozimligi ta’kidlangan. Yana, suvdan foydalanish umumiy tizimi rejalarini:

  • tuman ahamiyatidagi tizimlar bo’yicha — tumanlarning hokimiyat organlari;

  • viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar bo’yicha — tegishli ravishda viloyat, respublika qishloq va suv xo’jaligi organlari tasdiqlashlari bayon etilgan.

Ma’lumki, qishloq xo’jaligi sug’oriladigan va lalmikor dehqonchilikga bo’linadi. Sug’oriladigan zonalarda yuqorida aytilganidek, suv manbalaridan keladigan suvlardan foydalanilgan holatda dehqonchilik amalga oshiriladi.
Sug’oriladigan yerlarda suvdan foydalanishnig o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ular qonunda quyidagicha belgilab qo’yilgan:
«Sug’orilgan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshoatlari, meliorasiya shahobchalari barpo etilganligi ana shunday yerlarning o’ziga xos xususiyatidir. Yerdan foydalanish mulkchilikning qaysi shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar, suv fondi yerlaridan, sug’oriladigan yerlar doirasidagi xo’jaliklararo kanallar va inshoatlardan, yer osti suvi chiqargichlari yagona suv xo’jaligi tizimi sifatida foydalaniladi va ular davlat mulki hisoblanib, ularni xususiylashtirish mumkin emas. Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohilbo’yi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichlari sanitariya muhofaza tegralarining I va II poyaslari tabiatni muxofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo’yilishi mumkin.
Suv manbalari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlaridan foydalanuvchi qishloq va suv xo’jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari yer solig’idan ozod qilinadilar».
Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 1 so’mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof daromad (foyda) ning o’sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga olingan qishloq xo’jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o’sishi hisoblanadi. Suvdan o’simlikning talabidan kelib chiqqan holda rejali va me’yorda


16







foydalanish yer resurslaridan foydalanishning va bir butun qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining samaradorligini oshirishga olib keladi.

160
135,3 136,6


140
120
100
80
60
40

20


0)
PQ


0


145


103


92,1


116,8


110 110 111


77,9


2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling