Reja: fondlar aylanishini tezlawtirish yonalishlari


Download 0.62 Mb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1031438
  1   2
Bog'liq
iqtisodiyot 14 .12


Aylanma fondlar va ularni aylanishini tezlawtirish yonalishlari
Reja:
fondlar aylanishini tezlawtirish yonalishlari
Aylanma fondler haqida umumiy malumot
1.
2.
Aylanma fondler haqida umumiy malumot
Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari (ya’ni mehnat predmetlari va mehnat vositalari) takror ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga va ayrim xususiyatlariga qarab asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Aylanma aktivlar ham korxona mulki hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig’indisini ifodalaydi.
Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur bo’ladi. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning iste’mol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o’zining natural shaklini o’zgartiradi, qiymatini to’liq yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazadi.
Mehnat predmetlari to’liq, mehnat vositalarining ayrimlari (xizmat muddati va qiymatiga ko’ra) aylanma fond tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarining aylanma fondlari ishlab chiqarish va muomala doirasiga ajratilgan bo’lib, shunga muvofiq ular muomala va aylanma ishlab chiqarish fondlarini hosil qiladi. Birinchisiga sotish uchun mo’ljallangan 69 tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida saqlanayotgan pul mablag’i hamda hisob-kitoblardagi mablag’lar kiradi. Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo’lishligini ta’minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish va muomala fondlari zahiralarini shakllantirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari korxonaning aylanma mablag’i deyiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari  bir ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor maщsulot tannarxiga o’tkazadi.
Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari uch qismdan iborat
- ishlab chiqarish zahiralari;
- tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar;
- kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zahiralari - bu ishlab chiqarish jarayoniga kiritish uchun tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, idish va idish materiallari, asosiy fondlarni joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlardan iborat.
Kelgusi davr xarajatlari - bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari bo’lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli 70 bo’lgan yangi mahsulotni tayyorlash va o’rganish xarajatlarini o’z ichiga oladi (masalan, yangi turdagi mahsulotlarning texnologiyasini yaratish va ishlab chiqish xarajatlari va boshqalar).
Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan iborat bo’ladi.
Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari korxonaning aylanma mablag’lari (kapitali)ni tashkil qiladi.
Aylanma mablag’lar tuzilmasining iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy vazifalardan biri - resurslar tejamkorligi tamoyiliga rioya qilgan holda ishlab chiqarishni jadallashtirishdir.
Aylanma mablag’larning tarmoqlar bo’yicha taqsimlanishi
fondlar aylanishini tezlawtirish yonalishlari
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun kurashda har bir korxona ularning ishlab chiqarish va muomalada bo`lish muddatini qisqartirishga erishishi zarur. Gap shundaki, aylanma mablag’larning muomala sohasida sekin harakatlanishi korxonaning bu vositalardan ishlab chiqarishda foydalanishda erishgan yutuqlarini yo`qqa chiqarishdan tashqari, ularning umumiy aylanishini ham sekinlashtirishi mumkin. Shu sababli tayyor mahsulotni iste`molchiga etkazib berishni tezlashtirish yoki mahsulotni realizatsiya qilish muddatini qisqartirish ham aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirishning muhim yo`li hisoblanadi.
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish samarasi, ulardan foydalanishni yaxshilash tufayli kamroq iste`mol qilinishi yoki qisman ozod qilinishida aks etadi. Aylanma mablag’lar mutlaq yoki nisbiy ozod qilinishi mumkin.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling