2. RAG‘BATLANTIRUVCHI MARKETING - talabni uyg‘otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovarlar noto‘g‘ri joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va talabni yaratishdan iboratdir.
3. YASHIRIN TALAB - Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
- Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
4. PASAYAYOTGAN TALAB - U talab miqdori, iste’molchilar xulq-atvori, yetkazib beruvchilar, vositachilar, raqobatchilar muammolarining mavjud va bashoratlangan miqdori (kattaligi)ga nisbatan bozor konyunkturasini tizimli va sinchiklab hisobga olishni bildiradi.
- Firma tomonidan xo‘jalik qarorlari qabul qilish markazlarini uzluksiz kelib tushayotgan marketing ma’lumotlari asosida bozorning holatini his qilib turadigan bo‘limlarga qo‘shib (aralashtirib) yuborilishi bozorning o‘zgarayotgan talablarini uning ishlab chiqarish, savdo va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tez sezib olish (zudlik bilan e’tibor qaratishi)ga imkon beradi.
4.REMARKETING - Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |