Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 366.67 Kb.
bet11/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

1- bob bo‘yicha xulosa
Kognitologiya turli fan sohalari kesishmasida yuzaga kelgan bo‘lib, uning tadqiqot sohasi “bilimni yig’ish, saqlash va qo‘llash usullarini tadqiq qilish” sifatida belgilanadi.
“Kognitiv” atamasi aslida lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, tushunish anglash, bilish, o‘ylash ma’nolarini beradi. Kognitologiya (cognitive scaince) tafakkur haqidagi fan bo‘lib, uning tayanch nuqtasi tilshunoslikdir. So‘zsiz, lingvistik tahlil kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir. Kognitiv tilshunoslik 1989–yil Deysburgdagi tilshunoslikka bag’ishlangan simfoziumda ilk bora fan sifatiga tilshuoslikka kiritildi.
Til va tafakkurning rivojlanishi oqibatida ushbu kognitiv tilshunoslik fanida ham turli yo‘nalishlar vujudga keldi: kognitiv grammatika, kognitiv stilistika, kognitiv semantika, jins tilshunosligi, etnolingvistika, kognetiv fonetika. Ular orasida kognitiv grammatika va kognitiv semantika alohida ahamiyatga ega.
Kognitiv grammatika atamasining ikkita ma’nosi bor. Keng ma’noda kognitiv grammatika kognitive lingvistikaning sinonimidir. U tildagi bilishga oid harakatlar masalan: xotira, sezish, e’tibor va o‘ylash kabilarida namoyon bo‘ladi. Tor ma’noda esa kognitiv grammatika kognitiv lingvistikaning yo‘nalishidir.
Kognitiv semantika tilning ma’nosini insonlar miyasida qanday aks etishiga qarab belgilaydi yoki ifodalaydi. An’anaviy semantikadan farqli ravishda, kognitiv semantika lingvistik voqea–hodisalarni ekstra–lingvistik faktorlar ya’ni, asosan psixologik va ijtimoiy–madaniy faktorlarga tayanib o‘rganadi. Kognitiv semantikaga fan sifatida katta hissa qo‘shgan olimlarning biri A.Vyerzbikadir.
Lingvokognitologiya til birliklarining zamiridagi bilim zahirasining strukturasini tadqiq qiladi. Bilimni sistema sifatida o‘rganib, uning sistem xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Kognitiv konsept boshqa konseptlardan farq qiladi. Lisoniy birlik o‘zi aks ettirayotgan bilim sistemasi bilan yaxlitlikda olinganda, kognitiv konsept maqomida bo‘ladi. Konsept tushunchaga, tushuncha esa lug’aviy ma’noga o‘z “qaymog’”ini beradi. Shu asosda nutqiy hodisalardan biri ( jumladan topishmoqlar) ilmiy–nazariy tahlil uchun tortiladi.
Kognitiv tahlilda olamni bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy (mental) strukturalarning lisoniy ifodasini ochib beruvchi mexanizmlar qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy o‘ringa chiqadi. Ma’lumki, inson narsa va predmet, hodisalarni bilishda, idrok qilishda qator mantiqiy–ruhiy harakatlarga ega bo‘lgan faoliyatni amalga oshiradi.
Zamonaviy kognitiv tilshunoslikdagi eng asosiy metodlardan freym analizi, kognitiv metafora va kognitiv xarita faol hisoblanadi.
Freym tahlilining asosiy maqsadi shundan iboratki, tilda berilgan tushuncha bizning miyyamizda butun bir holat yoki vaziyat sifatida namoyon bo‘lishidir bu esa miyyamizda faqatgina bitta tushuncha kirib qolishini rad etadi.
Kognitiv metafora oddiy metaforadan farq qiladi. Oddiy metaforada so‘zlarning ahamiyati, tilshunoslikdagi fenomenona, ta’sirchanlik va badiiy bo‘yoqdorlik muhim rol o‘ynashi bilan birgalikda, bunda ikkita asosning o‘zaro bog’liqligi va odatda shoirlar va notiqlar tomonidan ko‘pincha ishlatilishi alohida ajarlib turadi va odatda so‘zning ko‘chma ma’nosi sifatida qaraladi. Kognitiv metaforadagi ikkita tarmoq ya’ni nishon va manba tarmoqlari bo‘lib, odatda nishon qismi tasvirlanishi kerak bo‘lgan asos bo‘lsa, manba qismi esa metaforaga oid bo‘lgan qismi bo‘lib, nishon qismining mag’zini ochib beradi. Kognitiv metaforaning turlari ham bu bobda alohida muhokama qilinadi. Uning 4 ta asosiy turi bo‘lib, ular: strukturaga oid metafora, ontologik metafora, oriyental metafora, konteyner metafora.
Kognitiv xarita konseptning lingvistik ma’nosini ochib berishdagi xizmatidan tashqari u nomoddiy tahlil sifatida ham qaraladi va bu tushunchaning kaliti hisoblanadi Konseptdagi ma’noni yanada chuqurroq tahlil qilishda va konseptning lingvistik ko‘rinishini ifodalashda tilshunoslar tomonidan taklif qilingan kognitiv xaritani quyidagi strukturalari bor: lug’atdagi ma’nolar va lug’atshunoslikdagi izohlar, paradigmatik bog’lovchilar, syntagmatik bog’lovchilar, yordamchi bog’lovchilar, frazeologik bo‘limlarda, tushunchaning tabiiy konseptualligi.
Ushbu kognitiv tilshunoslikning metodlari qo‘shma so‘zlarda ma’no uyg’unligini ochib berishda alohida e’tiborga molikdir.


Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling