Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


II BOB. QO‘SHMA SO‘ZLARNING NAZARIY JIHATDAN O‘RGANILISHI


Download 366.67 Kb.
bet12/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

II BOB. QO‘SHMA SO‘ZLARNING NAZARIY JIHATDAN O‘RGANILISHI.
2.1 Qo‘shma so‘zlarning yasalishi va tuzilishi.
Bugungi zamonaviy tilshunoslik fanidagi muhim masalalardan biri so‘z yasalish hjarayoni bo‘lib, hanuzgacha o‘z murakkabligini yo‘qotmay kelayotgan muhokamali va munozarali mavzu hisoblanadi. So‘z yasalishi tilda mavjud bo‘lgan imkoniyat va materiallar asosida yangi leksik birliklarni hosil qilishdan iborat. So‘z yasalishi til lug’at tarkibini doimiy ravishda boyib borishi uchun o‘z hissasini qo ‘shib keladi.
Qo‘shma so‘zlarni tahlil qilishda tushuntirish uchun har bir birikmaning tuzilishi yoki qanday elementlar orqali hosil bo‘lishida morfolgik jarayon qo‘llaniladi. Undan tashqari qo‘shma so‘zlarni hosil bo ‘lishini daraxt diagrammasi orqali tushuntirsak osonroq bo‘ladi. So‘z yasalishi jarayonini leksikologiya bo‘limiga kiritgan olimlar A.I. Smirnitskiy, I.V. Arnold, T.I. Arbekova kabilarning ishlarini yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida aytishni joiz deb bildik. O‘zbek tilshunosligida so‘z yasalishiga birinchilardan bo‘lib o‘z hissasini qo‘shgan olim
Morfologiya so‘z shakli va tuzilishini o‘rganadi. Ya’ni so‘z bilan shug’ullanadigan tilshunoslik bo‘limi va ularning ichki tuzilishi va qanday shakllanishini o‘rganadi. Demak, morfologiyaning asosiy nuqtasi so‘zlarni, ularning ichki tuzilishini va ular orqali qanday hosil bo‘lishini morfema deyiladigan atama o‘rganadi.14
So‘z yasalishi . So‘z yasalishi o‘z ichiga so‘z qurish uchun qismlar kabi elementlarni oladi. Metyuning fikriga ko‘ra, “Morfologiya bo ‘limi oddiy va murakkab leksema o ‘rtasidagi bog ‘liqni o ‘rganadi.”
Morfema atamasi tilshunoslikning eng kichik qismini bildirish uchun ishlatiladi. Morfema – eng kichik birlik. Uni kichikroq birliklarga bo‘lish mumkin emas , o‘z-o‘zidan ma’noli yoki Grammatik vazifani bajaradi. Misol uchun faqat bitta morfemani o‘z ichiga olgan fee [fi:] so ‘zini [f] va [i:] ga bo‘lish mumkin emas. Lekin birds, arms, trees ikkita morfemaga bo‘linadi va o‘ziga xos vazifasiga ega. Birinchi morfema bird, arm, tree, ikkinchi morfema esa (lar) qo‘shimchasidir. Buni biz morfema tarkibiga kiruvchi ko‘plik fleksiyasi deyiladi. Morfologik jarayonda so‘z yasalishi va shakllanishi kabi masalalar muhokama qilinadi. Oddiy leksemaga misol sifatida catch so‘zini olsak, catch, catches, catching, caught so‘zlari turlicha yozilishiga qaramasdan ma’nosi bir yadroga egadir. Yuqoridagi misollar fleksiv morfologiyada o‘rganiladi. Murakkab so‘zga misol qilib olsak, association= associate(e)+ (ion), associate fe’liga (ion) ot yasovchi qo‘shimcha qo‘shilib association ot so‘z turkumiga kirovchi qo‘shma so‘z yasaydi. Bunday turdagi so ‘zlar hosilaviy morfologiyada o‘rganiladi.
So‘z yasash tilning lug’at boyligini oshirishda eng samarali usullaridan biridir. Zamonaviy ingliz tilida so‘z yasalishining ikki xil turi ko‘rishimiz mumkin, birinchi usul produktiv hisoblanadi. Bunday deyilishiga sabab bugungi kunda bu usullar orqali yangi so‘zlar yasaladi va produktiv usul o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) affikslar yordamida (affiksatsiya);
2) konversiya;
3) abbrivatura (qisqartirish);
4) kompozitsiya (so‘z yoki negiz qo‘shish orqali).

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling