Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Qo‘shma so‘zlarni izohlanishidagi muammolar


Download 366.67 Kb.
bet20/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

2.2 Qo‘shma so‘zlarni izohlanishidagi muammolar.
Tilshunolikda qo‘shma so‘zlarning yasalishi haqida ko‘plab adabiyotlar mavjud. Qo‘shma so‘zlarning izolanishidan tashqari, ular bilan komponentalar o‘rtasida bog’liklar mavjud. Ba’zi tadqiqotchilar qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismlarini “asos” deb atasa boshqalari ularni “so‘zlar “ deb nomlaganlar.
Professor A.I.Smirnitskiy qo‘shma so‘zlarning xususiyatlarini ta’kidlab shunday yozadi: “ So‘z tuzilishi shunday so‘z yasovchi modellarga mansub, ikki bo‘g’inli ikki asosli bir so‘zda so‘z yasovchi guruhdir. Bu so‘zda birlashishni talab qiladi”. Bu o‘rinda I.I. Sereznevskiy fikr bildirishicha, avvalambor quyidagilar keraklicha ochib berilmagan: 18
- qo‘shma so‘zlar identifikatsiyasi va muammosi;
- ulardagi genezesis;
- qo‘shma so‘z va so‘z birikmalar qiyosi.
Bu muammolar o‘zaro bog’liqgina bo‘lib qolmay, tilshunoslikdagi umumiy va hududiy muammolarni ham o‘z ichiga oladi. Bunga javob berishdan avval bizda umumiy savollar tug’iladi: qo‘shma so‘z o‘zi nima va boshqa leksik birliklardan farqi nimada?
Bu savollarga olimlarning fikri bilan javob bersak, I.V. Arnold qo‘shma so‘z deb ikki yoki uch asosdan iborat va gapning tarkibida muhim rol o‘ynaydigan leksik birlikka aytiladi, deb hisoblaydi. A.M. Mo‘minov struktura elementlarining tuzilmasidan kelib chiqib qo‘shma so‘zlarga ta’rif beradi: “Qo‘shma so‘zlarni tuzilmalarga fonetik va grafik guruhlarga bo‘lish mumkin emas”19
Ta’riflar turli xil bo‘lsada, qo‘shma so‘z bu bitta butun va mustaqil ishlay oladigan birlik sifatida e’tirof etilgan. Shundan kelib chiqib, so‘z yasash nazariyasi va amaliyotida qo‘shma so‘z bu leksik birlik, ikki yoki undan ortiq asoslarni qo‘shish orqali hosil bo‘lgan va nutqda o‘zining butunligi bilan ajralib turadigan til birligidir, deb izohlasak o‘rinlidir.
Qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismlarining tasnifi va ularning model birikmasi qo‘shma so‘zlarni tasniflanishni talab qiladi, bu juda murakkabdir. Ular bir-birlari bilan uzviy bog’langan. Tasniflanish tadqiqot maqsadiga qarab turli belgilarda ishlab chiqilishi mumkin va qo‘shma so‘zlardagi belgilari soni ularning sonini
belgilaydi deb hisoblaymiz.
Xususan, umumiy tasniflarga quyidagilar kiradi:

  1. tarkibiy;

  2. semantik;

  3. strukturaviy-semantik .

Strukturaviy tasnif yanada aniqroq. Ushbu tasnif tadqiqotning boshlang’ich nuqtasidir, qo‘shma so‘zlarning so‘z yasalish xususiyatlari, qo‘shma so‘zlarning aniqlash. Leksikografik va matn manbalaridan materiallar tanlashda strukturaviy tasniflash xususiyatlaridan foydalaniladi.
Qo‘shma so‘zlarning semantic tasnifi biroz va ko ‘p hollarda murakkabroq. Bu birikmaning tuzilishi va semantikasi o ‘rtasida aniq muvofiqlikning yo‘qligi bilan bo‘g’liq.
Har bir yangi tasnif yo yangi belgilarni aniqlashga asoslanadi yoki obyektni o‘rganishning yangi usulida yondashuvini ko ‘rib chiqishni talab etadi. Har bir yangi tasnif takrorlanuvchi belgi asosida obyektni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Qo‘shma so‘zlarni aniqlovchi asosiy xususiyat ularning tuzilganligidir. Ular “Elementlar. Til birliklari, ularning komponentlari orasidagi bo‘linmaslik yoki ajralmaslik, bo ‘linmaslik va boshqasini joylashtira olmaslik “ bilan tasniflanadi.
Butun tuzilma o ‘zini ta’minlaydigan quyidagi tizimlardan tashkil topgan.

  1. Fonetik jihati – qo‘shma so‘zlarning urg ‘uli birikmasi;

  2. Strukturaviy jihati – qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismlarini joylashtirishning o‘ziga xos tartibi;

  3. Imlo jihati – birikma defis yoki tire qo ‘yiladigan so‘zlar;

  4. Morfologik jihati – morfologik shakllanmagan asoslar qo‘shma so‘zlarga qo‘shiladi;

  5. Semantik jihat – semantik yaxlitlik, birikmada motivning yo‘qligi;

  6. Sintaktik jihat – qo‘shma so‘zlarning takibiy qismlari mustaqil bo‘la olmaydi va boshqa so ‘z turkumlari bilan sintaktik aloqada bo‘ladi.

Qo‘shma so‘zlarning barcha turlarini o‘zlashtirgan bo‘lsada, yuqoridagi jihatlar mukammal emas. Darhaqiqat, qo‘shma so‘zlarni aniqlash mezonlari tizimining yo‘qligini ko p tadqiqotchilar ko‘rsatib o‘tgan.
Qo‘shma so‘zlarni aniqlashda yagona mezonga yetarlicha ishonch yo‘qligini hisobga olib, biz ushbu mezonlarning yig’indisini oqilona tayanch deb hisoblaymiz.
Bizga ma’lumki, qo‘shma so‘zlar mezonining ko‘p jihatlari ularning darajalararo xususiyatlariga asoslanadi. Qo‘shma so‘zlarning ana shunday o‘ziga xosligi shundagi, bir tomondan qo‘shma so‘zlar ikki yoki undan ortiq so‘z yasovchi o‘zaklardan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qo‘shma so‘zlar bir butundir. Bunday qo‘shma so‘zlarning ko‘p qirraligi ma’lumki, ierarxik tarzda ifodalaganda bir –biri bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi kichik tizimlardan tashkil topgan uyushgan tizimdir. Mana “ subsistema” atamasini daraja atamasi bilan almashtirishi mumkin va til tizmi muhim emas. Til darajasi o‘z birligining o‘ziga xos tuzilishi bilan tavsiflanadi, u boshqalar bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Darajadagi birliklar ierarxik munosabatda bo‘ladi. Turli darajadagi birliklar ierarxik munosabatdadir, chunki sathning pastki qatlam birligi sathning pastki qatlam birligi sathning yuqori qatlam birligining bir qismidir.20
Qo‘shma so‘zlarning xilma-xilligi so‘z yasalish tizimlarining shakllarini aniqlashni juda qiyinlashtiradi. Quyidagi birikmalardan birlashma tizimi birliklarining chegaralarini shakllanish deb hisoblaymiz:
1.Bog’langan va qisqartirilgan so ‘z yasovchi negizlardan tuzilgan qo‘shma so‘zlar: ingliz tilidagi shu kabi so ‘zlar cryoprobe, heterophobia, decometer, hi fin( high fidelity), orgman ( organization – man), o ‘zbek tilida: ToshMI, O‘zAA, O‘zMU, O‘zDJTU.
2. Leksemalardan tashkil topgan “ beqaror” qo‘shma so‘zlarga misollar: ingliz tilidagi radar telecope ( radar telekopi), elementary principle (elementar zarracha), generative grammar (generative grammatika ), take-home sale ( uyga sotish ), variable –sweeping ( o‘zgaruvchan tozalash ) , surface –effect shift( sirt effekti siljishi), language lobaratory ( til laboratoriyasi) , fourth market ( to ‘rtinchi bozor), energy structure ( energiya tuzilishi). O‘zbek tilida bunday beqaror qo‘shma so‘zlarni uchratmaymiz.
Shunday qilib, qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi farqlarini aniqlashda biz albatta fonetik, morfologik, sintaktik va orfografik tomonlarni inobatga olishimiz kerak.
Endi qo‘shma so‘zlarning o‘zigagina xos bo‘lgan ayrim xususiyatlarni ko‘rib chiqsak. Ular yuqoridagi fonetik, morfologik xususiyatlar bilan bog’liqdir: fonetik jihatdan qo‘shma so‘zlar odatda yagona bosh urg’u olishi bilan farqlanadi. O‘zbek tilida ko‘pgina qo‘shma so‘zlar bir asosiy urg’uli va urg’u oxirgi elementning so‘ngi bo‘g’iniga tushadi, masalan: Toshqo‘rg’on, mingboshi, oshqozon. Toshqo‘rg’on” – qo‘shma so‘z va bir urg’uli, joy nomi (Toshkent viloyati), “tosh qo‘rg’on” so‘z birikmasi – toshdan yasalgan qo‘rg’on. Ingliz tilida ham ko‘pgina qo‘shma so‘zlar bir bosh urg’uli hisoblanadi. Masalan: ‘ice–cream – qo‘shma so‘z bo‘lib, muzqaymoq ma’nosida, ice cream – so‘z birikmasining har biriga alohida urg’u tushadi. Sovuq krem (pishiriq uchun).

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling