Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 366.67 Kb.
bet18/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

Abbrivatura. So‘z va so‘z guruhlarining qisqarishi hisoblanadi. Bu qisqarishning sababi lingvistik va ekstra–lingvistik tusga egadir. Ekstra–lingvistik sababida odamlar hayotining o‘zgarishi va bu o‘zgarishlar ko‘pgina qisqarishlarga duch kelishini ko‘rishimiz mumkin.
Zamonaviy ingliz tilida bir qancha yangi abbrivatura formalari mavjud bo‘lib, bu hayot tarzi jadallik bilan o‘sib ketmoqda va imkon darajasida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak degani.
Qisqartma so‘zlarning asosiy 2 ta turi bo‘lib, ular grafik va leksik jihatdan farqlanadi. Grafik jihatdan ular yozma matnda joylarni kamroq egallash uchun ishlatiladi. Ular ham o‘z o‘rnida bir nechta semantic guruhlarga bo‘linib ketadi. Biz bu yerda misollar berish bilan kifoyalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: days of weeks – Mon., names of month – Apr., names of countries – UK.
Leksik tomondan so‘zning bir qismini qisqartirish orqali yasaladi va leksik nuqtai–nazaridan apokoplar deyiladi. Masalan: disco (dicotheque), expo (exposition), intro (introduction).
Shuni ta’kidlash joizki, abbrivatsiya tarixdan hozirgacha eng mahsuldor va qiziqarli so‘z yasalish usuli hisoblanadi. Shu sababga ko‘ra, zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan.
Kompozitsion usul, ya’ni ikki mustaqil asosdan tashkil topgan so‘z yasalish hodisasi. Ya’ni qo‘shma so‘zlar hosil bo‘linishi demakdir. Ular bir necha mustaqil ma’noli morfemalarning qo‘shilishidan yasaladi. Bu odatda sintaktik usul ham deyiladi, yanada ochiqroq aytadigan bo‘lsak qo‘shma so‘zlardir: bel+bog’, havo+rang, olib+sotar, atir+gul, olib+bormoq, taklif+qilmoq, har+doim. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma so‘zlar yasalishi murakkab hodisadir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, qo‘shma so‘z birdan ortiq mustaqil ma’noli morfеmadan tashkil topgan bir so‘zdir. U shu xususiyati bilan sodda so‘z va so‘z birikmasidan farqlanadi. Agar ikki yoki undan ortiq mustaqil asosning birikishi orqali yangi so‘z yasalgan bo‘lsay–u, ammo hozirgi kunga kelib ulardan birortasi mustaqillik xususiyatini yo‘qotgan bo‘lsa, u qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masalan, “kechqurun” so‘zidagi ikkinchi qism o‘z mustaqilligini yo‘qotgan va bugungi kunga kelib u sodda so‘z tarkibiga kiradi. Qo‘shma so‘zning sodda so‘zdan farqi shundaki, sodda so‘zda mustaqil ma’noli morfеma bitta, qo‘shma so‘zda esa birdan ortiq bo‘ladi, masalan, sodda so‘z: tеrimchi, ko‘kalamzorlashtir, eslatma, tortinchoq;qo‘shma so‘z: erksеvar, bеlbog’, tomorqa, asalari. Bunday usulda yasaladigan qo‘shma so‘zlar – qo‘shimchasi bo‘lmagan, ikkita oddiy so‘zdan iborat bo‘lgan so‘zlardir.
Quyidagi jadvalda shunday turdagi qo‘shma so‘zlar berilgan.

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling