Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Semantik, ya’ni ma’no jihatiga ko‘ra ingliz tilida suffikslar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi


Download 366.67 Kb.
bet16/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

2. Semantik, ya’ni ma’no jihatiga ko‘ra ingliz tilida suffikslar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
a) ish–harakat bajaruvchisi: –er experimenter, –ist taxist, –ent (student);
b) millat: –ian (russian), –ese (Chinese), – sh (English);
d) collectivity: –ry (peasantry), –ship (leadership), –ati (literati);
e) kichraytirish–erkalash: –ie (horsie), –let (booklet), –ette (kitchenette);
f) sifat: –ness (hopelessness), –ity (answerability);
3. O‘zakning leksik–semantik xususiyati bo‘yicha ma’lum bir o‘zaklarga qo‘shiladigan suffikslar quyidagilarga bo‘linadi:
a) fe’lga qo‘shiluvchi qo‘shimchalar: –er (commuter), –ing (suffering), – able (flyable), –ment (involvement), –ation (computerization);
b) otga qo‘shiladigan qo‘shimchalar : –less (smogless), ful (roomful), –ism (adventurism), –ster (pollster), –nik (filmnik), –ish (childish);
d) sifatlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalar: –en (weaken), –ly (pinkly), –ish (longish), –ness (clannishness).
4. Produktivligiga ko‘ra suffikslarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) produktiv: –er, –ize, ––ly, –ness;
b) yarim–produktiv: –eer, –ette, –ward;
d) produktiv bo‘lmagan: –ard (drunkard), –th (length).
Prefikslar bu so‘zning old qismiga qo‘shiladigan qo‘shimchalardir. Ingliz tilida prefiksatsiya hodisasi ko‘proq fe’llarga xos. Prefikslar ham mustaqil so‘z turkumlariga, ham vazifadosh so‘z turkumlariga qo‘shilishi mumkin.
Mustaqil so‘z turkumlariga qo‘shiladigan prefikslar o‘zakka bog’langan bo‘ladi, masalan: –un (unhappy). Vazifadosh so‘zlarda ishlatiladigan prefikslar esa yarim bog’langan bo‘ladi, sababi ular mustaqil holda ham ishlatilishi mumkin: over (overhead).
Prefikslarning asosiy vazifasi so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirishdir. Prefikslar turli xil mezonlarga ko‘ra klassifikatsiya qilinishi mumkin.

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling