Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Chizma 3.7. Ingliz tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar


Download 366.67 Kb.
bet36/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

Chizma 3.7. Ingliz tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar.



O‘simlik nomi

Hayvon Tana qismi



Ekin Rang

Dala/Ekinzor Narsa

Yuqoridagi sxema bizga shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilida o‘simlik nomi arxisemasiga kiruvchi gul, daraxt kabi integral semalar o‘z ichiga rang–barang differensial semalarga ega qo‘shma so‘zlarni qamrab oladi. Differensial semalarning asosiy farqlari quyidagi komponentlar orqali yuzaga keladi:


Hayvon nomi , tana qismi , tang , narsa , ekin :
Hayvon va tana qismining umumlashmasidan tiger’s jaw gul nomi, dragonhead–gul nomi, goatsbearddaraxt nomi kabi integral semalariga kiruvchi qo‘shma so‘zlar shakllanadi. Ular o‘xshashlik asosida paydo bo‘lgan qo‘shma so‘zlar turlariga kiradi. Rang va narsa umumlashmasidan redwood– daraxt nomi, bluebellsgul nomi kabi qo‘shma so‘zlar guruhi mavjud bo‘ldi. Ekin va dalazor/ekinzor konseptlarining qo‘shilishidan cornfield va cornflower gul nomi ga oid differensial semalar bor. Demak yuqoridagi o‘simlik nomi arxisemasidan paydo bo‘lgan kognitiv modellar integral semalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan. Undan kelib chiqqan differensial semalar esa biz o‘sha o‘simlik nomini aytganimiz bilan ong ostida paydo bo‘ladigan aniq ko‘rinishdir. Masalan, tiger’s jawdeyilganda inson ongiga birinchi bo‘lib sherning og’ziga o‘xshagan gulning differensial semasi paydo bo‘lishidir.
O‘zbek tilida ham bunday qo‘shma so‘zlarning kognitiv modeli mavjud bo‘lib, ularni quyidagi sexemada ko‘ramiz (qarang: chizma 3.8):
Chizma 3.8. O‘zbek tilida o‘simlik nomiga kiruvchi kognitiv modellar



Hayvon Tana qismi

O‘simlik nomi




Tana qismi Hayvon

O ‘simlik nomi Yeydigan narsa


Raqam Tana qismi
O‘zbek tilidagi o‘simlik nomi arxisemasi doirasidagi gul va o‘t–o‘lan integral semalari quyidag komponentli differensial semalarni umumlashtiradi:
Hayvon
Tana qismi
O‘simlik nomi
Yeydigan narsa
Raqam

Hayvon bilan tana qismi konseptlarining umumlashmasidan bo‘tako‘zgul nomi va laylaktumshuqo‘t o‘lan integral semalariga kiruvchi qo‘shma so‘zlar shakllanadi. Hayvon va yeydigan narsa konspetlarining birikishi natijasida kanakunjut–, ilonjiyda (chilonjiyda)– o‘t o‘lan kabi farq qiluvchi semalar natijasi yaqqol namoyon bo‘ldi. Raqam va tana qismida qirquloq, ming bo‘g’im o‘tlar va tana qismi bilan o‘simlik nomi umumlashmasidan tirnoqgul, bo‘yindorgul ga o‘xshash gul nomining differensial semalar o‘z aksini topdi.


Tahlil natijasi shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek tillarida o‘simlik nomi arxisemasining eng dominantlaridan biri tana qismi semasi hisoblanadi. Ong osti va tilning bog’ligi natijasida paydo bo‘layotgan bunday kognitiv modellarning aynan shu xususiyati jihatidan bu biz ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshashlikni kuztishimiz mumkin.

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling