Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Ilmiy ishning obyekti va predmeti


Download 366.67 Kb.
bet2/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

Ilmiy ishning obyekti va predmeti; Tadqiqot obyekti sifatida ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlar xizmat qildi. Tadqiqot predmeti sifatida ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlardagi o‘xshash va farqli tomonlari o‘rganiladi.
Tadqiqotning maqsadi; shuni ta’kidlab o‘tish joizki, dastlab ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning badiiy adabiyotlardagi kognitiv xususiyatlari ochib berish nazarda tutilgan bo‘lsada, mavzuni o‘rganilganlik darajasini aniqlash jarayonida shu ayon bo‘ldiki, qiyoslanayotgan tillardagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlari nafaqat badiiy adabiyotlar misolida, balki umuman kognitiv nuqtai-nazaridan tadqiqot obyekti va predmeti sifatida qiyosiy tahlil qilinmagan ekan. Yuqoridgilarni inobatga olgan holda, tadqiqot maqsadi nafaqat badiiy adabiyotlardagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlarini ochib berish, balki ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlarini tahlil qilishda ularning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- qo‘shma so‘zlar lingvisik tadqiqot obyekti sifatida o‘rganish;
- ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlar klassifikatsiyani taqqoslash;
- kognitiv tilshunoslik va uning tilni tadqiq etishdagi hissasini ochib berish;
- kognitiv analiz metodlari bilan tanishish;
- ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv modellarini, ulardagi o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash;
- ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning konseptual xilma-xilligini ochib berish.
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning falsafiy va ijtimoiy asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiyaviy ishlar to‘g’risidagi hujjatlar hamda tilshunoslikning umumiy va xususiy nazariyasi, tilshunoslikning so‘z yasalish qatlami bo‘yicha (V. Evans and M. Green, G. Lakoff, Sh.Rahmatullayev, B.Yo‘ldoshev va boshq) olib borilgan tadqiqotlar xizmat qilgan.

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling