Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi


Download 366.67 Kb.
bet3/44
Sana07.05.2023
Hajmi366.67 Kb.
#1440912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
dissertatsiya 2.docx last version

Tadqiqot metodlari:
- lingvistik tavsiflash metodi (tilshunoslik, asosan, qo‘shma so‘zlarga oid hodisalarni tahlil qilish va tavsiflash maqsadida);
- komponent tahlil metodi (qo‘shma so‘zlar tarkibini o‘rganish uchun);
- kognitiv tahlil metodi (qo‘shma so‘zlarning kognitiv modellari va arxisemalarini o‘rganish uchun);
- qiyosiy metod (ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlar jihatlarini aniqlash maqsadida).
Tadqiqotning materiali sifatida ingliz va o‘zbek tillarining izohli, sinonimlar lug’atlari hamda, ommaviy- axborot vositalari va badiiy adabiyotlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi. Dissertatsion tadqiqotda quyidagilar birinchi marta amalga oshirildi:
1) ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlari qiyosiy tahlilda o‘rganildi;
2) ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning ideallashgan kognitiv modellari aniqlandi;
3) ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarda konseptuallik hodisasi ochib berildi;
4) ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv modellarida produktiv va produktiv bo‘lmagan turlari o‘rganildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati umumiy tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, qo‘shma so‘zlar nazariyasi uchun ahamiyatli bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv xususiyatlari qiyosiy tahlilda o‘rganilganligi, qo‘shma so‘zlar kognitiv modellari va ularning produktiv va produktiv bo‘lmagan turlari aniqlanganligi, ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlarda konseptual xilma-xillik ochib berilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati filologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga leksikologiya fanidan nazariy kurslarni o‘qitishda, semantika, kognitiv tilshunoslik va matn tahlili, fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib borishda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishda, lug’atlar tuzishda foydalanish mumkinligi bilan aniqlanadi.
Ishchi faraz. Agar ingliz va o‘zbek tillaridagi qo‘shma so‘zlar kognitiv xususiyatlari asosida tahlil qilinadigan bo‘lsa, tilshunoslik sohasida qo‘shma so‘zlarning yanada samaraliroq va chuqurroq o‘rganilishiga erishish mumkin.

Download 366.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling