3.Qo‘shma sifat kategoriyasi - Qo‘shm sifatlar ot singari ikki yoki ko‘proq sifatlarning birikuvidan hosil bo‘ladi.27 Quyida ingliz va o‘zbek tilida qo‘shma sifatlarning birikuvining formasi berilgan .
2.7-rasm
A) Sifat B) Sifat V) Sifat
Sifat Sifat Predlog Sifat Ot Sifat
Deep blue over ripe Sky blue
Och pushti - - - -
Diagrammadan ko‘rishimiz mumkinki, [sifat + sifat] formasi ikki til uchun xosdir , lekin[ predlog + sifat] ko‘rinishi uchramaydi, garchi [ot + sifat] shakli o‘zbek tilida bo‘lmasada lekin [sifat + ot] formasi (oq ko‘ngil, kalta fahm, mayda gap ) mavjuddir. Deep blue – “ Dengiz kabi ko ‘k “ , over-ripe - “ Juda pishgan”, sky -blue – “Quyosh osmonda charaqlagan paytidagi yorqin ko ‘k singari” ma’nosini bildiradi.
O‘zbek tilidagi ochpushti – pushti rangning xiraligini bildiradi.
3.Chatishuv usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar - Bu usulda yasalgan qo‘shma so‘zlar tashqi ko ‘rinishdan so‘z birikmasi, xatto gapga o‘xshaydi, lekin bo‘laklarga bo‘linmaydigan tushunchaga ega bo ‘lib bir urg’uda o‘qiladi.
Masalan : ingliz tilida bunday so ‘zlar “ gibrid qo ‘shma so ‘zlar “deyiladi:28
Fatabulous ( fantastic+ fabulous)” dahshatli”;
Prettyful ( pretty+ beautiful) “ chiroyli”;
Chillax ( chill+ relax) “juda ham sokin”;
Awesomtacular( awesome + spectacular) ” juda ajoyib” ma’nolarni bildiradi.
O‘zbek tilida bunday qo‘shma so‘zlar “duragay qo‘shma so‘zlar” deb nomlanadi.29
Olovbardoshlik ( fizika –matematika);
Baqaterak(botanika )
Kvarsgenerator ( fizika –matematika)
Huquqiy norma ( yuridik);
Yuqoridagi misollardan ko‘rishimiz mumkinki ikkita boshaqa- boshqa qatlamlarga oid so ‘zlarning birikuvidan bunday qo‘shma so‘zlar ikki tilda ham yasaladi bu esa ularning o‘xshash jihatlaridan biriga kiritishimiz mumkin bo‘ladi, chunki ikki tilda o‘xshash va farqli tomonlarini ko ‘rishimiz mumkin va farqlash oson bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |