Mavzuning dolzarbligi


Download 20.74 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.74 Kb.
#239981
Bog'liq
Kirish


KIRISH.

Fizika fani va texnikaning rivojlanishi natijasida ko`pgina ishlab chiqarish sohalarida nafaqat bir xil tarkibga ega bo`lgan kristallar balki murakkab tarkibga ega bo`lgan materiallar ham qo`llanila boshlandi. Kristallarning fizikaviy, kimiyoviy va boshqa xossalarini o`rganish uchun turli xil usullar qo`llanila boshlandi. Shu usullar qatorida ionlarning sochilish spektroskopiyasi yoradamida sirt strukturasini o`rganish usuli ham qo`llanildi. Kristallarning sirti yuqorida sanab o`tilgan xossalarni o`rganishda juda katta ahamiyat kasb etadi, ya`ni kristallning ko`plab xususiyatlarini uning sirti orqali bilish mumkin. Biz amalga oshirgan ish asosan kompyuterda modellash orqali juftiy to`qnashuvlar asosida ionlarning ko`p tarkibli monokristallar sochilishini o`rganishdan iboratdir.

Qattiq jism sirti bilan ionlarning ta`sirlashish jarayoni fundamental tadqiqotlar sohasida fizika fanining muhim bo`limi hisoblanadi. Bunday o`zaro ta`sir materiallarning fizikaviy xossalarini o`zgarishiga va berilgan xossali materiallar olishga olib keladi.

Ion - sochilish spektroskopiyasi yordamida struktura tahlilining asosiy vazifasi: sirtda bo`ladigan jarayonlarni, uning tuzilishini tartibga solingan struktura xemosorbiyasini, sirtning dinamik xarakteristikasini, bo`lim chegarasi va yupqa plyonka kristallografiyasini, faza o`tish strukturasini tekshirish hisoblanadi. Tizimli ravishda qattiq jism sirtidan sochilgan ionlarning burchak va energetik taqsimotlar eksperimentda olingan. Eksperimentlarda bir karrali sochilish piki kichik energiyalarda kuzatiladi, ionlar energiyasi ortishi bilan taqsimot kengayadi. Bu tadqiqotlar nazariyotchilar tomonidan qattiq jism sirtidan ko`p karrali sochilishlarni o`rganish uchun ishlatildi va ion sochilish spektroskopiyasini yaratilishiga olib keldi.



Mavzuning dolzarbligi. Zamon texnologiyasining rivojlanish yo`llaridan biri qattiq jismning sirti va sirt osti sohasining xossalariga asoslangan. Bu shu narsa bilan bog`liqki, mikroelektronika va materialshunoslikda bu sohalar materiallarning fizikaviy- kimyoviy xossalarini namoyon etadi. Shuning uchun ko`pgina texnologiyalar - sirtni impulsli elektronlar dastasi va lazerlar bilan ishlash material sirtining aynan shu sohalarini modifikatsiya qilishga olib keladi. Bu sohalarni har xil manbalardan foydalangan holda yupqa qatlamlarni o`tkazish yo`li bilan ham hosil qilish mumkin. Keltirilgan usullarning amaliyotda qo`llash mumkinligi bir qancha tahliliy usullarning rivojlanishi natijasida ro`y berdi. Bu usullarning ichida bir nechta kiloelektron volt energiya bilan tezlashtirilgan zarrachalarning material ichida har xil nurlanishlar paydo qilish usullari orqali o`rganish ham bor.

Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi. Hozirda mavjud adabiyotlarning tahlilidan kelib chiqqan holda quyidagilar ushbu ishning asosiy maqsadi hisoblanadi:

- Sirtdan ionlarning sochilish metodlari bilan tanishish.

- Ushbu usul orqali qattiq jismning sirtini strukturasini o`rganish.

Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti qattiq jismlarning sirti, predmeti esa ion sochilish spektroskopiyasi hisoblanadi.



Tadqiqot usuli. Qattiq jismlarning sirt tuzilishini o`rganishda ion sochilish spektroskopiyasi metodidan foydalaniladi. Bu usul bilan qattiq jism sirtida bo`ladigan jarayonlarni, jism sirtining dinamik xarakteristikasini o`rganish mumkin.

Mavzuning ahamiyati: Hozirgi zamon fizikasining rivojlanishida jismlarning tuzilishini bilish katta ahamiyat kasb etadi. Biz e`tibor qaratayotgan qattiq jismlarning sirt strukturasini o`rganish, relaksatsiya jarayonini o`rganish, yuza rekonstruksiyasi tuzilishini tekshirish, qattiq jism sirtida adsorbsiyalangan atomlarni aniqlash, bo`lim chegarasini o`rganish, makroskopik sirtning tuzilishini tahlil qilish zarurligini bilgan holda ilmiy ishlar olib borishga katta e`tibor berish zarurdir. Bu sohada shug`ullanuvchi fizik olimlarning ilmiy faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 20.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling