Mavzuning dolzarbligi va asoslanishi


Download 79.41 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi79.41 Kb.
#1829198
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Salimova sarvinoz baxtiyorovna

Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar), (Fabaceae, Leguminosae) — ikki urugʻ pallali o’simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan. Burchoqdoshlarning barglari koʻpincha ketmaket joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki kallaksimon toʻpgullarda oʻrnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak.
Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi (Oʻzbekistonda 528 turni o’z ichiga olgan 57 ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy boʻlgan mosh, noʻxat, loviya, soya, yer yongʻoq oziq-ovqat uchun, toʻyimli oʻtloq oʻsimliklaridan beda,sebarga, esparset yemxashak uchun koʻplab ekiladi.
Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar bor. Yer yongʻoq, Sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Choʻllarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning baʼzi zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektitsid sifatida ishlatiladi. Ko’p burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumak va b.) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub koʻp oʻsimliklarning ildizida atmosfera azotini oʻzlashtiradigan azotobakter yashaydi. Shuning uchun burchoqdoshlar azot birikmalari kam boʻlgan tuproqda ham yaxshi oʻsadi.
I.2. Astragalus turkumi o’simliklarining o’sish sharoiti va botanik tavsifi
Astragal turkumi o’t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Mevasi –dukkak. O‘rta Osiyoda 592 va O‘zbekistonda 250 turi o‘sadi.
Ayrim turlaridan suvda erimay, faqat bo‘kadigan tragakant yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. (3)
Astragalus turbinatus Bunge Arb. Naturf. Ver. Riga I. (1847) 251 ( - pildirok astragal). Ko’p yillik. Vohaning Buxoro, Romitan, Peshku tumanlarining mayda qumli, toshli tuproqlarida uchraydi.(7)
Mirzacho’lning tog’ oldi tekisliklarida uchraydi.(12) O’simlikda alkaloid va flavonoidlar uchrashi aniqlangan.(13) O’simlikning reproduktiv tizimini tadqiq qilish undan fitomeliorant sifatida foydalanishga imkon beradi.(11)
Astragalus unifoliatus Bunge Arb. Naturf. Ver. Riga 1.(1847) 231 ( - biryaproqchali astragal.). Yarimbuta. Vohaning Romitan, Peshku, Jondor va Buxoro tumanlarida keng tarkalgan. (7)


Buxoro astragali



Download 79.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling