Ulardan xalq xo’jaligida foydalanish. Reja


Download 27.06 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi27.06 Kb.
#1487431
  1   2   3
Bog'liq
botanika


5-MAVZU. MADANIY O’SIMLKLARNING KELIB CHIQISHI VA 

ULARDAN XALQ XO’JALIGIDA FOYDALANISH. 

 

Reja: 

1.

 
YOpiq urug`li o’simliklarni kelib chiqish markazlari. 


2.

 
O’simliklarni madaniylashtirish tarixi. 


3.

 
Madaniylashtirilgan o’simliklarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati 

Tayanch iboralar: urug`li o’simliklar, avtotrof, oqsillar, yog`lar, glyukozidlar, 
tolali o’simliklar, yog` beruvchi o’simliklar, endemik o’simliklar, ildizpoyalar. 


Adabiyotlar: 17,18. 

Er sharining umumiy maydoni 510 mln km


2
. shundan quruqlik 149 mln km

2
egallaydi. Okeanlarning egallagan joylari quruqlikka nisbatan ancha katta bo’lib 


361 mln.km


2
. ham quruqlikda, ham okeanlarda turli xil o’simliklar va hayvonlar 

mavjud. Ular bir birlaridan tuzilishi, xayotiy shakllari, yashash joylari, oziqlanishi, 


ko’payishi boshqalar bilan farq qiladilar. Xozirgi vaqtda Er sharida 500 000 tur 
o’simlik va
1 000 000 tur hayvon yashashi aniqlangan (jizn rasteniy 1 t. 1974). 
O’simliklar orasida ranglari, tuzilishi bilan farq qiladigan suv o’tlari 

zamburug`lar, shilimshiqlar, urug`li o’simlikloar (ochiq urug`lilar va gulli 


o’simliklar) mavjud. Bularning ichida asosiy qismi yoki ko’pchligi avtotrof 
organizmlar, ya`ni fotoftorlardir. Zamburug` va shilimshiqlar, bakteriyalar 
getrotrof organizmlardir. 
Er yuzida asosan yopiq urug`li o’simliklar madaniylashtirilgan. Ular ming 

yillar davomida turli tuman yovvoyi o’simliklar orasidan tanlash, chatishtirish,


payvandlash usullari bilan yaratilgan. Demak ko’pchilik madaniy o’simliklar 
asosiy bunyodkori insonning aqli-zakovati va mehnati hisoblanadi. Agar 
madaniylashtirilgan o’simliklar biror sababalarga ko’ra inson tomonidan 
qarovsizx qoldirilsa, ular ko’pincha yovvoyilashadi yoki butunlay yo’qolib ketadi. 
Madaniy o’simliklardan (yopiq urug`lilardan) inson turli uglevodlar, turli 

qimmatbaho aminokislotalar saqlaydigan oqsillar, yog`lar, organik kislotalar, 


vitaminlar, glyukozidlar, alkaloidlar va boshq. oladilar. O’simliklar hayvonlar 
uchun em-xashak xsioblanadi. Inson madaniy o’simliklardan non, shakar, 
mevalar, sabzavotlar, kofe, vino, yog`, pishloq, tuxum, asal oladilar. Mebel, kiyim-
kechak, kitoblar, qog`ozlar ham o’simliklarning mahsulotlaridan tayyorlanadi. 
Er yuzida gullarni changlatuvchi xashorotlar, qushlar sutemizuvchi 

hayvonlar yopiq urug`li o’simliklar bilan bir vaqtda paydo bo’lgan. Qadimgi 


odamlar oziq-ovqat uchun o’simliklarning mevalarini, urug`larini terganlar, ildiz 
tugunak va piyozlarni kovlab olib ishlatganlar.
Er yuzida o’simliklarni madaniylashtirish bizning eramizdan 7-8 ming yil 

ilgari vujudga kelgan. O’simliklarni madaniylashtirishda har bir qit`a o’zining 


florasidan foydalangan, ya`ni endemik o’simliklardan foydalanganlar. 
Turli madaniy o’simliklar turli vaqtda madaniylashtirilgan va ularning kelib 

chiqishi ham turli vaqtlarga to’g`ri keladi. Eramizdan oldin madaniylashtirilgan 


o’simliklar qatoriga bug`doy, arpa, paxta, sholi va boshqalar kradi. Bizning
eramizda esa lavlagi, kauchik olinadigan xeveya, dorivor xinin daraxti va boshqa 
o’simliklar madaniylashtirilgan (jukovskiy, 1971, Xasanov 1986). Ba`zi bir 
madaniy o’simliklarning: qovoq, makkajo’xori, kunjut, banan kabilarning qachon, 
qaerda qanday qilib dexqonchilikka kirib qolganligi xaqida ma`lumotlar yo’q. Er 
yuzida 
turlarga 

boy 
bo’lgan turkumlarning bittasi yoki ikkitasigina 

madaniylashtirilgan, qolganlari yovvoy holda o’smoqda. Masalan zig`ir 
turkumining 200 ta turi bo’lib, ulardan faqat 1 turi, kungaboqarning 70 ta turi 
bo’lib faqat 2 tasi; 400 ta turi bo’lgan batat (shirin kartoshka) turkumidan faqat 1 ta 
turi va boshqa madaniylashtirilib foydalaniladi.
Madaniy o’simliklarning kelib chiqish tarixi insonnning tarixiy rivojlanishi 

bilan chambarchas bog`liqdir. Ingliz olimi Richard Likkining ma`lumotiga ko’ra 


ibtidoiy odamlar 800 ming yil oldin paydo bo’lib, SHarqiy Afrika, xozirgi 
tanzaniya , Keniya va Efiopiya territoriyalaridagi o’rmonlarda yashaganlar. Ular 
o’rmonlarda o’sgan o’simliklarning mevalari, urug`larga, ildizlaridan, qush va 
boshqa hayvonlarning tuxumlaridan oziq-ovqat sifatida foydalanganlar. Neolit 
yoki tosh davriga kelib odamlar dexqonchilik va chorvachilik bilan shug`ulana 
boshlaganlar. 
Akademik P.M.Jukovskiyning fikricha ba`zi bir boshoqli g`alla o’simliklari 

15-20 ming yillar ilgari madaniylashtirilgan. Arxeolog S.A.Semenovning


ma`lumotlariga ko’ra ham dehqonchilik avval o’rta va old Osiyo tog` oldi
rayonlarida 15-25 ming yil ilgari paydo bo’lgan. Qadimiy dehqonlar oziq-ovqat 
uchun eng avval donli (bug`doy, arpa). Keyinroq mevali dorivor, to lola va boshqa 
foydali o’simliklarni eka boshlaganlar. Lekin M.G.Popovning fikricha inson 
tomonidan avval mevali o’simliklar xonakilashtirilgan. 
Xaqiqatan xam qadimiy odamlar mevali daraxt va butalarning meva va 

urug`laridan foydalanganlar, shuning uchun ham mevali daraxt va butalarni 


ko’paytirganlar. 
Arxeologik ma`lumotlarga ko’ra Old Osiyo va O’rta Osiyo jumladan 

Turkmaniston xududida bug`doy eramizdan 7500-6000 yillar, arpa 8000-7000 


yillar ilgari ham ekilib kelingan. So’ngi ma`lumotlarga ko’ra qadimiy arpa doni 
Misrda topilgan, uni bundan 17 ming yillar ilgari Nil daryosi xavzasida 
etishtirilganligi aniqlangan. 
Demak qadimiy dehqonchilik bir joyda paydo bo’lmasdan mustaqil 

ravishda Er yuzining deyarli barcha qit`alarida rivoj topgan. Masalan Osiyoda 


qadimiy dexqonchilik Iroq, Iordaniya , Suriya, Turkiya, O’rta Osiyo, Xitoy, 
Xindiston kabi mamlakatlar. 
Afrikada, Misr, Efiopiya, Amerikada, Peru, Meksika, Evropada, -O’rta 

dengiz atrofidagi davlatlar xududlarida paydo bo’lgan. 


T.N.Qori-Niyoziy ma`lumotlariga ko’ra O’rta Osiyo territoriyasida 

eramizdan oldingi birinchi yillardayoq xo’jalik yuritishning ikki turi shakllangan. 


Tekisliklardagi dashtlarda va tog`lik joylarda ko’chmanchi xo’jalik chorvachilik 
daryo vodiylarida, ayniqsa Amudaryo va Sirdaryo soxillarida o’troq xo’jalik – 
dexqonchilik vujudga kelgan. Ammo olimlarning keyingi yillarida olib borilgan 
tarixiy-arxeologik, botanik-geografik izlanishlarga ko’ra, o’troq dexqonchilik
xo’jaligi O’rta Osiyoda, jumladan Respublikamiz territoriyasida eramizdan
avvalgi 3-2 ming yilikka to’g`ri keladi. Bunga misol qilib qadimiy antik 
mualliflardan – Esxil, Goratsiya va boshqalarning ma`lumotlariga ko’ra O’rta 
Osiyoda eng qadim zamonlardayoq bir necha mustaqil davlatlar mavjud bo’lgan. 
O’sha davlatlarda dehqonlar faqat doimiy ekinlar ekmasdan mevali daraxtlar 
o’stirganlar, sabzavot etitirganlar. 

Bu erlarning iqlimi issiq erlari qurg`oqchil bo’lganligidan ariq va zovurlar 


qazib o’simliklarni sun`iy sug`orish yo’lga qo’yilgan. Demak dexqonchilik eng 
avval Misr, Suriya, Iroq, Turkiya, o’rta Osiyo, Peru, Meksika xududlarida paydo 
bo’lgan. (rasm 1). 


Download 27.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling