Ulardan xalq xo’jaligida foydalanish. Reja


Madaniy o’simliklarning asosiy kelib chiqish markazlari


Download 27.06 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi27.06 Kb.
#1487431
1   2   3
Bog'liq
botanika

Madaniy o’simliklarning asosiy kelib chiqish markazlari. 
Madaniy o’simliklarning kelib chiqqan joylari to’g`risida fanda ikki xil fikr 

mavjud bo’lib, bir guruh olimlar A.Gumbolt, De kandol, L.Mechnikov va 


boshqalar xozir xonakilashtirilgan o’simliklarning vataninin tekisliklaridagi daryo 
vodiylari va vohalari bo’lishi kerak desalar A.Dorsheyd, A.Fechel, N.Vavilov va 
boshqalar qadimdan dexqonchilik rivojlangan har xil tog` vodiylari bo’lishi 
kerak deydilar. N.Vavilovlarning bu fikrlarini so’ngi voqiylarda olib borilgan 
tarixiy arxeologik paleobotanik, botanik- geografik dalillar ham tasdiqlaydilar. Bu 
xulosaga N.Vavilov va uning shogirdlari jahonning 65 ta mamlakatlariga 1923-
1940 yillarida uyushtirgan ekspeditsiyalarida yiqqan materiallariga asoslanib
aytganlar. 
Akademik N.I.Vavilov dunyo miqiyosida madaniy o’simliklarning paydo 

bo’lgan 8 ta asosiy markazi va tarqalish joylarini aniqladi: 


1.

Xitoy 
2.


Indomalay-bu markaz 2 viloyatga bo’linadi 


a)Xindiston 
b) Indomalay- Xind okeanida joylashgan Malayziya va boshqa orollar. 
3. O’rta Osiyo 
4. Old Osiyo 
5. O’rta dengiz atroflari 
6. Abissi yoki Efiopiya 
7. Markaziy Amerika va Janubiy Meksika 
8. Janubiy Amerika- bu markaz 3 ta mustaqil viloyatga bo’linadi 
a) Peru-Ekvador-Boliviya 
b) CHilou. Tinch okeanida joylashshgan. 
v) Braziliya – Paragvay 
Keyingi yillarda, mayda va yovvoyi o’simliklarga tegishli dunyo bo’yicha 

to’plangan ilmiy materiallarni har tomonlama taxlil qilgan akademik 


P.M.Jukovskiy (1971) madaniy o’simliklar bunyod bo’lgan 12 ta markazni 
aniqlab berdi (rasm 2). Bu xozir eng mukmmal zamonaviy sxemalardan biri 
bo’lib, u o’z doirasiga qo’shimcha 102 ta kichik, ma`lum bu joyga xar xil 
o’simliklarga boy mikrogentsentrini oladi. Masalan bug`doyning dunyo bo’yicha 
10 tadan ortiq mikvo gentsentrlari aniqlangan. 
1.

Xitoy-YApon gentsentr 


Bu madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazi o’z doirasiga SHarqiy Xitoy, 


Koreya yarim oroli. YAponiyani oladi. Bunday Xitoy birlamchi markaz
2.

Koreya bilan YAponiya- ikkilamchi markaz hisoblanadi. 


Bu gentsentrda sholining YApon turi, tariq, qo’noq, piyoz, ochiq urug`li soya, 


yame, turp, xitoy karami, sholg`om, xitoy sarimsog`i, xitoy-yapon mayda qovuni, 
yapon bexisi, o’riksimon olxo’ri, o’rik, shaftoli, olcha, unabi, yovvoyi xuromo, 
xitoy shakar qamish, manchjur yong`og`i, xitoy choyi va paxtasi, apelsin, yovvoyi 

va madaniy 10 oshiq olma turlari, nok kabi jami 90 yaqin madaniy va yovvoyi 


o’simliklar vatanidir. 
3.

Indoneziya-indixitoy gentsentri. Bunga Tayland, Kambuchiya, Laos, 


Malaziya, Birmaning bir qismi, vetnam va Bangldadeshning shimoliy qismlari 


kiradi. Indoneziya va Malay arxeopelagi kiradi. Bu erlarga limon, banan, achchiq 
apelsin, mango va o’rmon meva daraxtlari, madaniy sholining yavan va 3 ta 
yovvoyi turi, non daraxti, kakos, sachava, qand paltasi, qand qamishi, osiyo paxtasi 
kabi 40 ortiq turlarning markazidir. 
4.

Xindiston gentsentri. Bu markaz asosan Xindiston yarim orolida 


joylashgan. Xindiston Va Pokiston xududdlarini o’z ichiga oladi. Bu erlar dumaloq 
mevali xind bug`doyi, uzun donli Xindiston sholisi, mosh, sholisimon soya
no’xot, baqlajon, bodring, xind trupi, xind paxtasi, jut kabi o’simliklarning 
markazi. Bulardan tashqari shakar qamish, oq jo’xorilarning ikkilamchi keng 
tarqalgan makonidir. Bu erda ko’p dorivor o’simliklarning va ziravorlardan qora 
murch, qalampirpumnchoq, dolchin, imbir, siam, nepal kardomini kabi noyob 
o’simliklarning birlamchi markazi. 
5.

Avstraliya gentsentri. Bu qita paxtaning yovvoyi 9 ta turi, evkalip va 


zarang daraxtlarinigg bir qancha turlari, madaniy sholi,, tamakilarning bir qancha 


yovvoyi turlarining markazi. 
6.

O’rta Osiyo gentsentri. Bu tsentr markaziy Avg`oniston, Tojikiston


O’zbekiston, G`arbiy Tyan-SHan tog` tizmalari, janubiy Qozog`iston va 


Qirg`izistonni o’z ichiga oladi. Bu tsentrning ko’p qismida baland Pomir Oloy, 
Xuroson va Tyan-SHan tog` tizmalari joylashgan. Bu erda qadimgi oqsus 
(Amudaryo) va YAksart (Sirdaryo) daryolari oqadi. Bu tsentr myumshoq donli, 
qayroqli va pakana bo’yli bug`doy, ikki qirrali arpa, mosh, mayda donli yasmiq, 
afg`on va shug`non javdarlari, burchoq, no’xot, achchiq moyli zig`ir, piyoz, 
sarimsoq, sariq sabzi, farg`ona sholg`omi, olmaning ba`zi turlari, qovun, xandalak, 
nok, bodom, yong`oq, olcha, olxo’ri, qisman anor, anjir, o’rik, xurmo, pista, uzum, 
jambil, rayxon, zira, kashnich, alqar, belda va boshqa ba`zi em-xashak 
o’simliklarning markazidir. 
7.

Old Osiyo gentsentri. Bu gentsentr xududiga Turkmanistoning tog`li


tumanlari, Eron, Iroq, Suriya, Turkiya, Iordaniya, Isroil, Livan, Arabiston, 


Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston kiradi. Bu gentsentrda 15 ga yaqin bug`doy 
turi, 2 ta ko’p yillik va 3 ta bir yillik javdari, bir va ko’p qirrali yovvoyi arpa, 
yasmiq, zig`ir, behi, gilos, anjir, kashtan, o’rmon yogg`og`i, arab yovvoyi paxtasi,
bedalarning ba`zi turlari, gulli zira o’t (espartset) olma, nok, olcha, olxo’ri, anor, 
uzum, qizil sabzi, karam, qizil atrigul kabi 100 ga yaqin yovvoyi va madaniy 
o’simliklar markazi. Bu tsentrning Kavkaz regioni ko’pgina bug`doy turlari, arpa, 
no’xat, javdar, kolxida zig`iri, behi, qizil olma, gislos, gurji bodomi, arman olmasi, 
kolxida o’rmon yong`og`i, nok, uzum kabi o’simliklarning markazi. 
8.

O’rta er dengiz gentsentri. Bu markaz 17 ta kichik davlatlarni o’z 


ichiga oladi. Jumladan janubiy Ispaniya, Janubiy Partugaliya, Italiya, Janubiy 
Gretsiya, Albaniyaning dengiz qirg`oqlari, Marokash, Tunis, Jazoir va O’rta dengiz 
orollarini o’z ichiga oladi. Bu markaz qayroqi bug`doy navlari, vizantiya sulisi, 
zig`ir, malina, ispan va dengiz piyozlari, qizil sabzi, ukrop, kashnich, karam, 

lavlagi, no’xatlarning ba`zi turlari. Artishok, lavr, xina, puk beruvchi dub daraxti, 


qisman limon, apelsin, uzum, olxo’ri, oq sebarga, suli kabi o’simliklarning 
markazi. 
9.

Afrika gentsentri. P.M.Jukovskiy bu markazni 3 qismga ajratgan: 


Tropik Afrika, Janubiy Afrika hamda Efiopiya. Bu markazda arab kofesi, non 
teffasi, Xabashiston banani, karam, zig`ir, suli kunjut, oq jo’xori, kanakunjut, 
xurmo finik palmasi, tarvuz, afrika javdari va ko’nog`i, qovoq, afrika lavlagichi, er 
yong`oq, ba`zi sholi turlari, moy beruvchi xurmo, aloening bir qancha turlari kabi 
o’simliklarning vatani 
10.

Evropa – sibir gentsentri. Bu markaz lavlagi,karam, uzun tolali zig`ir, 


o’rmon olmasi, noki, dasht olchasi,malina, smorodina, qulupnay, zemlyanika, 


qulmoq (xemel), kendr, chakanda, o’rmon uzumi, amur uzumi, dasht bodomi, oq 
sebarga, madaniy olma. Gilos, knop, krijovnik, xren kabi 30 dan ortiq madaniy 
o’simliklar vatani. 
11.

O’rta Amerika gentsentri. Bu markaz Meksika, CHvatemala, 


Nikaragua, kosta-Rika, Gonduras, Panama va Atlantik okeanda joylashgan 


orollarni (Kuba, YAmayka va boshqalar) o’z ichiga oladi. Bu markaz xozir 
ekilayotgan makkajo’xori 10 ga yaqin turi, yovvoyi kartoshka, burchoq, loviya, 
mayda donli lima, to’pgulli yovvoyi loviya, texas qovog`i, choy o’ti (meksika 
bodringi), batat (shirin kartoshka), meksika paxtasi, opunsiya, kakao, vanil daraxti, 
3 tur tamaki, moxorka, qalampir, agava, meksika yong`og`i kabi 60 dan ortiq 
o’simliklar markazidir. 
12.

Janubiy Amerika gentsentri. Bu qit`a tabiati bilan keskin farq 


qiladigan 3 ta dehqonchilikning birinchi paydo bo’lgan erlariga bo’linadi. 
a.

And tog`larining sharqi yon bag`irlari bilan Amazonka daryosi 


xavzasidagi tropik o’rmonlar bo’lib, bu erda eryonhoq, mankok, guyava, lima 
loviyasi kabi o’simliklar markazi. 
b.

And tog`larining yuqorigi yassi tepaliklarida joylashgan bo’lib, bu 


erda yovvoyi kartoshka, tugunakli kartoshkasimon oka va ullyuka o’sadi. 
c.

And tog`larining g`arbi etaklari va Peruning okeanga yaqin joylashgan 


qirg`oqlari hisoblanadi. Janubiy Amerika kraxmalga boy makkajo’xori, tugunakli 


kartoshka, nasturtsiya, Lima loviyasi, er yong`oq, ananas, kakao, tamaki, maniok, 
braziliya yong`og`i, xinin daraxti, rezina beruvchi xeveya, pomidor, peru paxtasi, 
maxorka, lyupin, tomat daraxti, qalampir, bolg`ar garimdorisi, kungabyuoqar, chili 
zelyanikasi, qovun, xidli nok, qovun daraxti va boshqa o’simliklarning vatani. 
13.

SHimoliy Amerika gentsentri. Bu markaz AQSH, Kanada, Alyaskani o’z 


ichiga oladi. Bu markaz uzum, kungaboqar, olxo’ri, maymunjon, parmanchak, 
kanada sholisi va boshqa o’simliklarning markazi. Bulardan tashqari dumaloq 
muskadon, uzumli, qora olxo’ri, maymunjon, krijovnik, smorodina, tapinambur, 
kaliforniya yong`og`i va boshqa o’simliklarning ham kelib chiqish markazi bo’lib, 
xisoblanadi. 
YUqoridagi 

ma`lumotlardan 


ko’rinib 
turibdiki 
ba`zi 

madaniy 
o’simliklarning nomlari (kelib chiqish jixatidan) bir necha markazlarda


qaytarilgan. Buning sababi shundaki bunday o’simliklar keng madaniylashtirilgan, 
ya`ni kultigen o’simliklar bo’lib, ular turli markazlarda va bir-birlaridan uzoq 

bo’lgan bir turkumga oid har xil turlardan paydo bo’lgan. Bu xil o’simliklarning 


kelib chiqish manbalari xar xil erda bo’lgani uchun ko’p tomirli o’simliklar 
deyiladi. Bunday o’simliklarga bug`doy, paxta, arpa, sholi, qovun, loviya, nok, 
olma, madaniy beda va boshqalar kiradi. Masalan oddiy madaniy olmaning ba`zi 
turlari Kavkazda yovvoyi xolda o’sadigan sharq olmasidan, boshqa turlari Evropa 
o’rmonlarida o’sadigan mayda mevali olmadan, uchinchisi O’rta Osiyoda yovvoyi 
holda o’sadigan olmalardan vujudga kelgan. 
Madaniy o’simliklarning ikkinchi bir guruhi shu jumladan makkajo’xori, 

ikki qiirrali arpa, no’xat, zig`ir, bodring, baqlajon, tarvuz, anor va boshqalar har 


biri bir joyda o’sgan yovvoyi turlaridan tarqalgan. Lekin bu o’simliklarning
yovvoyi turlari yo’qolib ktegan. Bunday o’simliklarni monori antik, ya`ni bir 
tomirdan paydo bo’lgan madaniy o’simliklar deyiladi. 
SHunday qilib madaniy o’simliklarning kelib chiqish masalalarini to’g`ri

xal qilish uchun, ularning yovvoyi ajdotlarini birlamchi tarqalgan joyini yoki


xozir ham yovvoyi holda o’sayotgan joylariga xos kontservatiq belgilarini nazarda 
tutish kerak.


Download 27.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling