Mavzuning dolzarbligi: Vertikal planirovka qilish loyihasi general


Joyni kvadratlarga bo‘lib nivelirlash natijasiga asosan o‘rtacha


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana07.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1081605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuzani niyelirlash bo\'yicha kurs loyiha namunasi

Joyni kvadratlarga bo‘lib nivelirlash natijasiga asosan o‘rtacha 
balandlikni aniqlash. Joyni kvadratlarga bo‘lib nivelirlash natijasida har bir 
kvadrat uchlarining balandliklari aniqlanib, ular tegishli kvadrat uchi yoniga 
yozilgan bo‘lsa, bu kvadratning o‘rtacha balandligi, uning to‘rt uchi 
balandliklarining arifmetik o‘rta miqdoriga teng deyish mumkin. Bunda har bir 


- 13 - 
kvadratning usti er yuzasi bilan, osti esa kvadrat yuzasi bilan chegaralangan 
kvadrat prizma deb faraz qilinadi.
Joyni gorizontal holatga keltirish uchun tekislashda, bu joyning o‘rtacha 
balandligi kvadrat prizmalar formulasi bilan ham aniqlanishi mumkin. 
Maydonni og‘irlik markazi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
H
0
= , bu erda H1 – faqat bitta kvadratga 
tegishli uchning balandligi , H2 – ikkita kvadratga tegishli bo‘lgan uchlarning 
balandligi, H4 – to‘rtta kvadratga tegishli bo‘lgan uchlarning balandligi, n – 
butun maydondagi kvadratlar soni. 
O‘rtacha balandlik H
0
= (200.497 + 1207.648 + 1821.148) / 64 = 50.458 
1.2.3-shakl. Kvadrat uchlarini loyihaviy balandliklarini hisoblash chizmasi 
ΣН1 + 2ΣН2 + 4ΣН4 
4n 


- 14 - 
II-BOB. KVADRATLAR BO‘YICHA NIVELIRLASH NATIJALARINI 
ISHLAB CHIQISH BO‘YICHA HISOB GRAFIK ISHI 
2.1. Ishchi balandliklarni topish, nol ishlari chizig‘ini o‘tkazish 
Joyning loyihaviy balandligi ma’lum bo‘lsa, joydagi nuqtalar absolyut 
balandligini loyihaviy balandlikdan ayirib, shu nuqtaning ishchi balandliklari 
aniqlanadi. 
Ishchi balandliklar u yoki boshqa kvadratlarda qanday ishlar bajarilishini 
ko‘rsatib beradi, ya’ni tabiiy relefdan loyihaviy relefni hosil qilish. Bu quyidagi 
formulalar yordamida amalga oshiriladi.
hr = Hloy. - Hmut., bu erda Hloy. – nuqtaning loyihaviy balandligi, 
Hmut.- shu nuqtaning mutloq balandligi. 
Ishchi balandlik belgisi (-) minus bo‘lsa, loyiha balandligiga keltirish uchun 
tuproqni kesishni (o‘yilma), agarda (+) plyus ishorali bo‘lsa tuproq bilan to‘ldirish 
ishlari bajarilishini bildiradi. 
2.1.1-shakl. Kvadrat uchlari ishchi balandliklarini aniqlash chizmasi 
Barcha kvadratlar uchi ishchi balandliklari hisoblanadi va loyiha balandligi 
chap tomoniga qizil rang bilan yoziladi.


- 15 - 
2.1.2-shakl. O‘yilma va ko‘tarmalarni aniqlash chizmasi 
Masalan: A1 kvadrat uchi
hr = Hloy – Hmut. = 50.458 – 48.641 = 1.82 , bu erda hr – ishchi balandlik,
Hloy. – loyihaviy balandlik, Nmut. – mutloq balandlik. Ishchi balandliklar 
yuzdan birgacha yaxlitlanadi. 
Kvadrat burchak uchlarining ishchi balandliklari tegishli kvadrat yoniga 
yoziladi. Joyni kvadratlarga bo‘lib nivelirlab, shu joyni ma’lum nishablikdagi 
maydonga keltirishda biron nuqtaning loyihaviy balandligi hamda loyihaviy 
nishabliklari berilgan bo‘ladi. 
Boshlang‘ich nuqtaning loyihaviy balandligi va loyihaviy maydon nishabliklari 
asosida barcha kvadrat burchak uchlarining loyihaviy balandliklari hisoblanadi.


- 16 - 
2.1.3-shakl. Kvadrat uchi ishchi balandliklarini hisoblash chizmasi 
 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling