Mavzuning dolzarbligi. XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon Adabiyot nadur


Cho’lpon ijodida tanqidiy asarlarining tutgan o’rni


Download 34.42 Kb.
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi34.42 Kb.
#1051746
1   2   3
Bog'liq
kusr ishi

1.2.Cho’lpon ijodida tanqidiy asarlarining tutgan o’rni
Cho‘lpon shoir, nosir, dramaturg, tarjimon, publitsist bo‘lish bilan birga munaqqid, o‘ziga xos qiyofali san’atshunos edi. Uning adabiy-tanqidiy maqolalari xalq ma’naviyatini shakllantirishda, adabiy-estetik didini o‘stirishda, badiiy adabiyotimiz taraqqiyotida katta ahamiyatga ega. Yangi o‘zbek adabiyotshunosligi va adabiy tanqidi tarixini Cho‘lpon adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. Cho‘lpon maqolalarining ro‘yxatini tuzib, bibliografiyasini e’lon qilgan N.Yo‘ldoshev ko‘rsatishicha, shoir 1914-1937 yillar mobaynida chop etgan adabiy-tanqidiy maqolalar soni 70 ga yaqindir. Shu ma’lumotning o‘ziyoq Cho‘lponni munaqqid sifatida o‘rganish muhim ekanini ko‘rsatadi. To‘g’ri, gap bu o‘rinda son-sanoqdagina emas, maqolalarning ilmiy-nazariy qimmati haqida, albatta. Cho‘lpon maqolalari esa, eng avvalo, ana shu jihati bilan qadrlidir. Cho‘lpon adabiy-tanqidiy merosi endigina o‘rganila boshlandi. "Bu merosda Cho‘lpon bosib o‘tgan yo‘lning muxri ham bor. Bu meros o‘zining jamiki fazilatlari va qusurlari bilan adabiy tafakkurimiz tarixining qimmatli sahifasini tashkil qiladi"4. Ozod Sharafiddinov "Cho‘lpon" (1991) risolasining beshinchi bobini adibning munaqqidlik va tarjimonlik faoliyatiga bag‘ishlagan. Olimning 1993 yilda "Istiqlol fidoiylari" turkumida chiqqan "Mustafo Cho‘qay, Cho‘lpon, Otajon Hoshim" risolasida ham Cho‘lponning munaqqidlik faoliyati bir qadar kengroq taxlil qilindi. U.Sultonovning nomzodlik disserzatsiyasida (1995) Cho‘lpon adabiy-tanqidiy qarashlari tadqiq etilgan. Cho‘lpon adabiy-tanqidiy merosini o‘rganishning ahamiyati nimada? Shu savolga javobni quyidagi to‘rt izoh orqali asoslash mumkin: Birinchidan. yangi o‘zbek adabiyotining shakllanish davrida 20-30- yillarda kechgan g‘oyat murakkab ijodiy jarayonda izchil realistik uslubning o‘zlashtirila borishida (Ozod Sharafidsinov) munaqqid sifatidagi Cho‘lpon faoliyati o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ikkinchidan, Cho‘lpon zukko tanqidchi sifatida adabiyot va san’atning amaliy muammolari bilan jiddiy shug’ullandi, milliy uyg’onish davri adabiy jarayoni muammolariga javob izladi, shu tarzda o‘zbek adabiy va estetik tafakkurini davrning ilg‘or g’oyalari bilan boyitdi; Sharq va G‘arb adabiy tajribalarini uyg’unlashtirish tamoyilini yangi o‘zbek adabiyotiga olib kirdi va tadbiq etdi. Uchinchidan, har bir maqola ortida muallif o‘zi qarab turgandek. Bu adabiy-tanqidiy merosi buyuk shaxsiyatning turli qirralari - madaniy saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi ma’naviy boyligini, ularning g’oyaviy-estetik tadriji qanday kechganligi xaqida yaxlit tasavvur uyg‘otib, Cho‘lpon fenomenini o‘rganishda muhim axamiyat kasb etadi. To‘rtinchidan, bu maqolalar yozuvchining ijtimoiy hayotdagi ba’zi qirralarga munosabatini aniqlashda, ijodiy biografiyasining ayrim qorong‘u nuqtalarini to‘laroq yoritishda asqotadi.
Uning badiiy asarlari xalq ma’naviyatini shakllantirishda qancha muhim rol o’ynagan bo’lsa, adabiy-tanqidiy maqolalari ham shunchalik katta qimmatga ega.
"Sadoi Turkiston" gazetasining 1914-yil 4-iyun sonida Cho‘lponning dastlabki tanqidiy asarlaridan biri - "Adabiyot nadur?" degan maqolasi e’lon qilinadi. Uni yozganida Cho‘lpon 16 yoshda edi. Maqola shakli ixcham bo‘lsada, mazmuni g‘oyat teran. 16 yashar o‘spirinning adabiyot haqida shundan tiran bilan fikr yuritishi chindanda, uning kelajak iste’dodidan dalolat beradi.
Cho‘lpon bu yoshda yozgan she’rlari ichida teranlikda, chuqurliqda ushbu maqola bilan bahslasha, yoki tenglasha oladiganini uchratish qiyin (biri badiiy, ikkinchisi publitsistik mohiyatli bo‘lsada). Shunga ko‘ra, ehtimol, she’riyatdan ham ko‘ra adabiy tanqidga qiziqish va u haqda astoydil o‘y-fikrga berilish Cho‘lponda ertaroq kechgan bo‘lsa, ajab emas, degan tahmin ham bo‘lishi mumkin.
Burilish pallalarida har bir xalqning buyuk farzandlari, buyuk adiblar ana shu savolga javob izlagan va hatto, huddi shu sarlavha bilan maqolapar e’lon qilgan.
Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Zero, Cho‘lpon ham o‘zbek xalqining ana shunday buyuk farzandlaridan biri edi. O‘z davrida Cho‘lponning bir qancha zamondoshlari ham "Adabiyot, san’at nima?" degan savollarga javob izladi.
Adabiyotlarida (o‘z vaqtida yaxlit "Turkiston adabiyoti" deb yuritilgan adabiy jarayonida ham) bu masalalar atrofida tez-tez fikr yuritilgani ma’lum.
Yuqoridagi maqolasida Cho‘lpon, avvalo, adabiyotning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida aniq va tiniq fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatini ta’minlaydigan omildir.
Shu asosda u "Adabiyot yashasa-millat yashaydi" degan juda katta va qat’iy xulosaga keldi. Yoki uni o‘zbek xalqining tarixi mobaynida adabiyot haqida aytilgan eng muhim va aniq dasturiy fikr deb baholash mumkin. "Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turg‘on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shu qadar adabiyot kerakdur.
Adabiyot yashasa-millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘on va adabiyotning taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur "
Cho‘lpon Sharq klassikpari, arab, turk, hind yozuvchilarining asarlari bilan puxta tanish edi, u mustaqil o‘qib-o‘rganish oqibatida, o‘zi yashagan davrdagi ma’rifatparvarlik va estetik g‘oyalari ta’sirida g‘oyat yuksak madaniy saviyaga erishdi.
Millatning ongini ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda, uni mustamlaka asoratidan halos etish lozimligini, buning uchun xalq o‘zligini tanigan bo‘lishi kerakligini Cho‘lpon erta yoshligidan anglab yeta bordi. Buning uchun adabiyot eng yaxshi ta’sir ko‘rsatadi deb hisobladi, shu sababli o‘zining badiiy asarlari, tanqidiy maqolalarida shu ruh ustuvorligiga alohida e’tibor berdi. Cho‘lpon adabiyotning obrazli tabiatini teran tushunib yetdi, adabiyot inson ruhiyatiga bog‘liq hodisa deb qaradi. "Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘lgan, qaralgan, o‘chgan, majruh yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singigan qora balchiklarni tozalaydurg‘on, o‘tkir yurak kirlarini yuvadurg‘on, toza ma’rifat suvi, hiralashgan oynalarni yorug‘ va ravshan qiladurg‘on, chang va bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdur".
Cho‘lponning o‘ziga xos obrazli ifodalagan bu fikrlari nainki o‘z davri, yoxud bugungi kunimiz, balki kelajak uchun ham hech qachon qimmatini yo‘qotmaydi. "Sadoi Turkiston” gazetasi (1915-yil 6-fevral)da chop etilgan "Muxtaram yozg‘uvchilarimizga" degan maqolasida Cho‘lpon shunday yozadi:
"Muhtaram qalam ahllari milliy maishatni yomon deb bezmay, zoxira bo‘lsa ham to‘ylarda, gapxonalarda, bachabozlar majlisida, bazmlarda va shunga o‘xshash millatning eng tanqid qiladurg‘on o‘rinlarida birga aralashib yurmaklari kerakdurki, toki komil o‘sha odatlarni kitob sahifalarida chiroyliroq qilib yozgunday bo‘lsunlar.
Milliy maishatdan bezgan bilan bezilib, ko‘milib ketaveradilar. Onda aralashib yurulsa, ondagi so‘zlarni, odatlarni o‘rganmoqqa bo‘ladurki, kitob betlariga ko‘chirub yozmoqqa materiallarning eng asllari xalq orasindan olinur.
Ovropaning katta-katta muharrirlari o‘shal o‘zlarining yaxshi-yomon odatlarining orasinda yuribdilar. So‘ngra qo‘llariga qalam olib, yaxshisini yaxshi, yomonini yomon ko‘rsatib yozubdurlar". Cho‘lpon o‘zbek yozuvchilariga qaratilgan murojaatida, hayotni chuqur o‘rganishga da’vat etadi. Xalq urf-odatlari, rasm-rusumlari qolopigini tanqid qilish bilangina cheklanmaslikga undaydi. Xalq turmushining turli qirraparini badiiy ifodalashda tanqidning zo‘rayib yoki bir yoqlama bo‘lib ketishiga qarshi chiqadi. Yozuvchi fikricha, xalqdagi mavjud ulkan fazilatlar va hayotdagi ibratli tomonlar to‘g‘ri va aniq tasvir etilishi zarur. Maqola xalqchillik ruhi bilan sug‘orilgan.
Tanqidchining fikricha, o‘zbek qalam ahdi va ziyolilari xalq hayotini chuqur o‘rganishlari kerak; xalqning jaholatdan qutulishiga, yaxshi hayot kechirishiga yaqindan yordam berishi zarur. Bu mas’uliyatli ishni yozuvchi va ziyolilarning asosiy burchi deb biladi: "Bizga ko‘p teatru, ro‘mon kitoblari yozmoq kerakdurkim, bu qarz bir xovuch ziyoli yoshlarimiz ila ahli qalam ustalariga tushadir".
Cho‘lponning "chin adabiyot" uchun kurashdagi faol xizmatlarini keyinroq chop etilgan maqolalaridagi "Chig‘atoy gurungi" to‘garagining faol a’zosi bo‘lganligi va uni himoya etib yozgan fikrlari ham tasdiqlab turibdi. Maqolalardan birida adabiyotning "tugallanishi", ya’ni takomillashishiga katta e’tibor berib, bunga "adabiyotga kira olmagan narsalarni shafqatsiz sur’atda maydondan haydash" va badiiy asar tilini soddalashtirish orqali erishilar deb hisoblaydi.
Cho‘lpon "Chig‘atoy gurungi" vakillari huddi shu yo‘lda faoliyat ko‘rsatganlarini aytadi: ".U jamiyatga mansub kishilar tilni soddapashtirmak maqsadini asos qilib ushlaganlari holda o‘zbek adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurg‘on adabiyot chin adabiyot bo‘lmog‘i kerak.
Shuning uchun ular adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib, adabiyotga kira olmag‘an narsalarni shafkatsiz maydondan hayday boshladilar.
"Chig‘atoy gurungi" asosini mahkam qurg‘onlig‘i va chinakam to‘g‘ri chizganlig‘i uchun o‘zi yo‘q ketsa ham, o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharafli sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir.
"Ulug‘ hindi" maqolasi Cho‘lponning adabiy tanqidchi sifatidagi chuqur bilimini, mustaqil mushoxadalarini, xalqaro miqyosdagi adabiy tajribalardan shu vaqtdagi o‘zbek adabiyoti uchun fikr xos va muhim ekanini tushunib yetganini ko‘rsatadi.
Zamonaviy jahon adabiyotidagi ilg‘or tamoyillarni anglash va o‘zbek adabiyotiga olib kirish maqsadida o‘z vaqtida o‘sha butun Ittifoq miqyosi, hatto, rus tanqidchiligida ham deyarli yo‘q edi.
Keyinroq uning R.Tagorga bag‘ishlangan yana bir maqolasi e’lon qilindi. Cho‘lpon Tagor ijodiga munosabat asosida o‘zbek adabiyotining rivoji qay yo‘ldan borishi kerakligi haqida qimmatli mulohazaparini bayon qiladi. "Yo‘lsizlik"dan qutilish chorasini izlaydi. Zotan uni mumtoz adabiyot yo‘nalishi ham, mamlakatdagi davr adabiyotining yo‘nalishi ham ham qoniqtirmayotgan edi. Shu munosabat bilan undagi bir hislatni ta’kidlash o‘rinlidir.
Cho‘lpon ijodining targ‘ibotchisi O.Sharafiddinov oldingi maqolalarida Cho‘lponni shu maqolasi uchun tanqid qilgan edi, keyingi ishlarida esa, u shu hatosini mardona tan olib, mazkur maqola mohiyatini tamoman boshqacha talqin etadi. "Menimcha, buning birdan-bir sababi shundaki, Cho‘lpon Uyg‘onish davrining odami bo‘lgani uchun adabiyotning ham yangicha bo‘lishini hoxlagan.
Yangi adabiyot Uyg‘onish davrining mohiyatiga mos keladigan, xalq hayotiga yaqinroq turadigan adabiyot bo‘lmog‘i kerak”, edi deb hisoblaydi.
Cho‘lpon R.Tagordek buyuk san’atkorlar tajribasidan kelib chiqib, yangi o‘zbek adabiyotini yaratish masalasini yechishga harakat qilali. Umuman, 20-yillarda yozilgan boshka kator makolalarida ham bu masalaga kayta-qayta munosabat bildiradi. Buning uchun birinchi navbatda Shark bilan G‘arb san’atlarini o‘zaro uyg‘unlashtirmoq va mazmun bilan shaklning muvozanatini uddalamok kerak deb hisoblaydi. Zero, R.Tagor ijodidagi betakror milliy ranglar, Shark va G‘arb an’analarining sintezi Cho‘lpon e’tiborini tortgan edi. Cho‘lpon she’riyati va romanlarida Sharqka xos shartlilik, ko‘tarinkilik, donishmandlik, G‘arbga xos psixologik realizm, xarakterlar mantigidagi ochikpik va o‘ktamlik, ularni chukur dapillash bor edi. "Yuksak badiiyat bilan taxlil qilingan umumbashariy muammolar Tagor asarlariga alohida teranlik va o‘ziga xos falsafiylik baxsh etdiki, xuddi shu sifatlar ularni Cho‘lpon uchun bagoyat jozibador kiladi"46, deb yozgan edi O.Sharafiddinov. Cho‘lponning 20-yillardagi aksar muhim maqolaparida, shuningdek, ”Ulug‘ hindi” makolasida ko‘tarilgan asosiy muammo-yangi o‘zbek adabiyotining ravnaki masalasi edi. Cho‘lponning sa’y harakatlari batamom zoe ketishi mumkin emas edi. Uning bu boradagi izlanishlari, ilgari surgan ilmiy-estetik karashlari uning o‘z maslakdoshlari - Fitrat, Qodiriy, Elbek, Botu, Oybek, Mirtemir kabi ijodkorlarning poetik dunyoqarashiga, shubhasiz, o‘z ta’sirini o‘tkazdi, millatparvar adabiyot ixlosmandlarining shakpanishida muhim rol o‘ynadi. Cho‘lponning "Ishtirokiyun" gazetasida (1920) bosilgan "Sho‘ro hukumati va sanoe’ nafisa" maqolasi ham nazariy teranligi, kamrovning 411 Cho‘lpon. Adabiyot nadur? - 67. ~ 78 ~ www.ziyouz.com kutubxonasi
kengligi, salmog‘i, davrning muxim muammosini ko‘tarib chikishi jihatidan ajralib turadi. Bu maqola xakida turli karashlar mavjud. Jumladan, Ozod Sharafiddinov 60-yillardagi tadqiqotlaridan birida "Sho‘rolar xukumati va sanoe’ nafisa" makolasi Cho‘lponning "sovetlar pozitsiyasiga o‘tgan"ini bildiradi degan fikrlarni aytgan edi. Keyinchalik bu fikrni biroz o‘zgartirib, Cho‘lpon maqolani "gazetaning topshirig‘i bilan muayyan tazyik va tadbirlar asosida yozgan bo‘lishi mumkin"ligini qayd etadi va yozadi: "San’at sho‘rolar zamonida xalqniki bo‘lib qolganini aytarkan, mening nazarimda, bu maqolada Cho‘lpon jinday "quvlik" qilayotganday tuyuladi. Maqolaning ko‘pgina joyi kinoyaviy oxangga ega, go‘yo muaplif o‘sha paytlarda markaziy matbuotda ko‘plab bosila boshlagan "sovet ruhidagi" tashvikiy maqolalarga parodiya yozgandek..."47. Shu tarika maqoladan keltirilgan parchaparni sharxlay turib, olim makolani kinoyaviy ohangda yozilgan parodiya tarzida izoxdaydi. So‘ngra,"meniig bu fikrim baxsli bo‘lishi mumkin", deya ta’kidpashni ham unutmaydi. Tushunish mumkin, O.Sharafiddinovning birinchi fikri sho‘ro davrida xam Cho‘lpon millatchi shoir deb batamom koralanib turgan paytda, uni kanday kilib bo‘lsa xam “o‘z” shoirimizga aylantirish maksadida aytilgan edi. Ikkinchi fikr - sho‘roviylik, sho‘roni madh etish, endi ijobiy emas, aksincha, salbiy ahamiyat kasb etgan ma’noni bildiruvchi bir zamonda aytilmokda. Aslida Cho‘lponning yukoridagi makolalariga diqkat bilan nazar tashlasangiz, unda kinoya xam yo‘k, sho‘ro tuzumi haqida ayrim ijobiy fikrlar aytilgani bilan, uni ulug‘lash ham yo‘q. Cho‘lpon ham barcha katori davr farzandi edi. Shu ma’noda maqolada u davr farzandi sifatida zamon va adabiyotning o‘zaro munosabatlari hakida mulohaza yuritmoqda. Lekin hozir gap bu xaqda emas Cho‘lponning maqoladan asosiy maksadi ham bu emas edi. Uning asosiy maqsadi, o‘zbek adabiyoti ana shunday murakkab sharoitlarda kanday yo‘ldan borishi kerak, kaysi yo‘lni tutishi kerak degan savolga javob izlamoqdan iborat edi. Lunacharskiyning bevosita ta’sirida yozilgan Cho‘lponning yukoridagi makolasida biz xuddi ana shu izlanishlarni ko‘ramiz. Sho‘ro va adabiyotning ijtimoiyligi hakidagi ayrim ijobiy fikrlar Cho‘lponni aslo sho‘ro maddoxiga aypantirib qo‘ymaydi. Uning 1920 yildan keyin yozilgan, istiklol ruhi bilan sug‘orilgan asarlari buning dalilidir. Maqola zamirida, eng asosiysi, sho‘ro hukumati sanoe’ nafisani boshkargani bilan o‘zbek adabiyoti o‘zini, o‘zligini yo‘kotmasligi kerak, o‘z kiyofasini saklab kolishi kerak, degan ruhyotibdi. Makola zamiridagi ana shu ruhi bilan qimmatlidir. Cho‘lpon munakkid sifatida kalam tebratar ekan, sira tor tanqidbozlik yoxud ilmpazlik yo‘lidan bormadi, mayda guruxdar 171 Parafidyainov O. Chulpon.- .Ya7 ~ 79 ~ www.ziyouz.com kutubxonasi
manfaatini ko‘zlamadi, aksincha, hamisha adabiyot va san’atning yirik masapalari hakida fikr yuritdi, maksadlarini millat madaniy tarakkiyoti uchun kurashga safarbar ztdi. Cho‘lponning hamma makolalari bir xil saviyada yozilmagan, albatta. Ular ichida bugun uchun axamiyatini yo‘kotganlari ham bor. Ba’zilari hatto tanqidga xam muxtoj. Lekin Cho‘lponning aksar makolalari uchun xos bo‘lgan xususiyat shundan iboratki, ularda: 1) o‘zbek xalkining adabiyoti, madaniyati, san’ati jahondagi ilgor xalklarning darajasiga ko‘tarish uchun kurash yotadi; 2) makolalar mohiyatini millatparvarlik va badiiy teranlik masapapari tashkil etadi; 3)makolalarda muallifning shoir kalbi tepib turadi. Cho‘lpon qator maqolaparida o‘zbek kitobxonini jahon adabiyoti bilan tanishtirishni ko‘zladi. Hind adibi Tagor, turk shoiri Tavfik Fikrat haqidagi makolalar bunga misol bo‘la oladi. Tavfiq yangi yo‘napishdagi turk she’riyatining asoschisi bo‘lib, ajoyib romantik she’rlarida ma’rifatparvarlik goyalarini, insonparvarlik karashlarini ilgari surgan edi. Cho‘lpon Shark mamlakatlarida shuhrat qozongan ana shu Tavfiq Fikrat lirikasining xususiyatlarini ochib beradi. Maqoladan Cho‘lponning turk adabiyotini, turk she’riyatini juda chuqur bilgani va unga teran bir nazar bilan qaragani sezilib turadi. Cho‘lpon - teatr tankidchisi. Cho‘lpon sahna san’ati haqida, sahnalashtirilgan ktor asarlar xakida maqolalar, takrizlar yozib, bu soxada ham o‘zining chuqur bilimi, yuksak didi va teran mahoratini namoyon eta oldi. To‘g‘ri, hozirgi mapakali teatrshunoslarimizning makola va takrizlari bilan kiyoslaganda Cho‘lponning bu yo‘nalishda professional tankidchi bo‘lmagani sezilshib koladi. Shu nuktai nazardan kelib chiqib, talabchan adabiyotshunos O.Sharafiddinov: "Cho‘lpon, apbatga, professional tankidchi bo‘lgan emas. Shuning uchun uning 20-yillarda va keyinrok yaratgan hamma tankidiy maqolalarini bevosita bu janrning noyob va bekamu-ko‘st namunapari deb bo‘lmaydi"48, deyishi shundan bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, Cho‘lponning xamma makola, takrizlari yuksak saviyada yozilgan deyish kiyin, ular ichida juda tez va yo‘l-yo‘lakay yozilganlari xam bor. Teatrda adabiy maslahatchi bo‘lib ishlagani bois asarlar muxokamasida og‘zaki aytgan fikrlari, matbuotda maqola tarzida, mulohaza tarzida bosilib ketganlari ham yo‘k emas. Lekin, bundan katiy nazar, nainki ayrim jiddiy maqola va takriz, balki hatto ba’zan bir qarashda e’tiborsizdek, umumiy fikrlardangina iborat bo‘lib ko‘ringan maqola va taqrizlarda uchrovchi ayrim teran va chukur mulohazalarning o‘ziyoq Cho‘lponga 20-30-yillarda endigina shakllanayotgan realistik adabiy tanqidchilikning o‘ziga xos ijod turi-aloxida fan sifatida oyokka 48 Sharafiadinov 0. Cho‘lpon - B.74. ~ 80 ~ www.ziyouz.com kutubxonasi

turishida muhim o‘rin tutgan munakqid sifatida karashga to‘la asos beradi. Cho‘lpon tanqidchilikning takriz, makola va portret singari janrlarining yuzaga kelishi, karor topishida aloxida xizmat ko‘rsatdi, Davrning professional tankidchilaridan kolishmaydigan darajadagi maqola, takrizlar yozdi. Cho‘lpon adabiy tankidda janriy rang-baranglikka intildi, qarashlarini turli shakllarda namoyon etdi. Bu jixatdan, uning gaqriz janridagi jajji-jajji chiqishlari e’tiborni tortadi. Aksariyat taqrizlarini u o‘zbek teatrida sahnapashtirilgan dramatik asarlarga bag‘ishladi. Cho‘lpon 20-yillarning boshlarida Fitratning "Chin sevish" va "Abo Muslim" dramalariga takriz yozdi. Bularda ikki muammo: 1) dramatik asarning badiiy- estetik kimmatini ochish; 2) dramatik asarning sahna asariga aylanish jarayoni tufayli g‘oyaviy-estetik ta’sirning mohiyatini ochish ko‘zga yakkol tashlanadi. Chunonchi, tankidchi Fitratning "Chin sevish" dramasi haqida yozar ekan, mugplif ijotsini baxolashda faxru fazl usulidan foydalanib, kuyidagi fikrlarni bildirdi: "Yaqinda o‘zbek sahnasi ulug‘ va ulugligi kadar yuksak va go‘zal bir tomosha ko‘rdi. Tanqid va takriz kilishni men bajara olmayman. Birok bu to‘grida yozmoklik mengatushganligidan ko‘p chukur bo‘lmagan karashni yozib ketaman"49. U dramaturg sha’niga mubolag‘ali madhiya bitmaydi, lekin asar tomoshabinlar didini o‘stirishi, bu teatrning katta yutugi ekanini ta’kidlaydi: "tomoshachi xalkimiz buyuk armonli zarif adabiy asarlarga xam tushunib keladir. Bu o‘zbek sahnasining zo‘r bingishi, shunday gururlanuv kerak". Cho‘lpon dramadagi obrazlarni tahlil kilar ekan, ularning sahnada ijrosi masalasiga alohida e’tibor kiladi. Nuriddin rolini Uyg‘ur yaxshi o‘ynaganini ta’kidpaydi, lekin so‘nggi parda ruhsiz chiqkanidan achinadi. "O‘zbek sahnasi yoshdir. Uning uchun munday zo‘r narsalar balki og‘ir bo‘lar edi", -deb yozadi. O‘zbek sahnasida hali yaxshi asarlar ko‘yilishiga ishonadi. Fitratning "X,ind ixtilolchilari" yozib tugatilganidan xabardorligini ma’lum kilarkan, uni saxnada ko‘rishni orzu etadi. "Saxnamiz, jonlana, yuksala..." deb xayajonini, ishonchini yakunlaydi. Munakkid Fitratning “Abo Muslim"i haqida yanada dadilroq fikr yuritadi. "Tomoshabinga aralashguvchi kahramonlarning ko‘pchiligi, ham tarixning eng chuvalgan davridan olinib yozilgoni uchun tomoshaning so‘nggiga uning natijasini to‘la ko‘rsataturg‘on bir ko‘rinush ortdirilg‘on. Bu ko‘rinush xiyla muvaffakiyatlik tuzilgan", deb yozadi. Ayni vaktde asarda Fitratga xos "so‘z ustalig‘i xnyla kuchlik”ligi, bu jihatdan tomosha “katta bir adabiy ahamiyatga molik” ekanini ta’kidpaydi. Chulpon. Adabiyot nadur- - ■' 98. ~ 81 www.ziyouz.com kutubxonasi


Cho‘lpon G‘.Zafariyning "Halima" musiqali dramasini keng taxlil kiladi. 1922 yilda "Namozbozlar hayoti", "Xiyonatkorlar jazosi", "Erxotin", "Arshin mol olon" xakida bir yo‘la to‘rtta makola yozadi. Shuningdek, o‘zbek saxnasida ko‘yilgan "Gunoh”, "Uzun kulok bobo", "Kovai oxangaron" kabi asarlarni xam diqqatdan kochirmadi - ular xakida takrizlar yozib, yutuq va kamchiliklarini atroflicha baholadi. Bular bari Cho‘lponning 20-yillarda adabiy va teatr tanqidchiligining faol jonkuyalaridan biri bo‘lgani, zamondosh dramaturglar ijodiga hurmat xamda adolat bilan yondashganini ko‘rsatadi. Haqiqiy tanqidchi xech qachon o‘z e’tikodidan, qarashlaridan qaytmasligi, manfaatbozlikka, noxolislikka berilmasligi, xamisha xakkoniy, halol fikr yuritishi kerak. Cho‘lponning 20-3-yillarda yozilgan aksar maqolalarida shu xususiyatlar xos ekanini ko‘ramiz. Xulosa kilib aytish mumkinki, shoir va adib Cho‘lpon o‘zbek tanqidchiligida adabiy jarayonning sergak kuzatuvchisi, teran va hakkoniy fikrlaydigan, o‘tkir muammolarni ko‘tarib chiqadigan munakkidlardan biri sifatida o‘z o‘rniga ega. Uning bu yo‘nalishdagi merosi xam asrlar osha millat ravnakiga xizmat kilaveradi. Muhimi Cho‘lpon Mustaqillik tufayli Vataniga, xalqiga qaytarildi, bundan buyon doimo xalki, Vatani bilan birgadir. "Biz ma’naviy kadriyatlarni tiklashni o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz,"50 degan Prezidentimiz I.A.Karimov fikri Cho‘lponning ijodiy takdiriga ham daxldordir. Tayanch tushunchalar: "Sadoi Turkiston", Turkiston adabiyoti, Chigatoy gurungi, takriz, adabiy-tanqidiy makola, maqola-portret, Tavfiq Fikrat, R.Tagor, Abo Muslim, Fitrat, adabiyot yashasa - millat yashaydi, Shark va G‘arb adabiyoti, yangi adabiyot, teatr tanqidchisi.
Mustaqil o‘kish uchun adabnyotlar: 1. Aliev A. Istiklol va adabiy meros. Toshkent.1999. 2. Jalolov A. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyoti, Toshkent. "Fan" 1991. 3. Yo‘ldoshev N. Cho‘lpon hayoti va ijodiy bibliografiyasi. T., 1992. - 31 b. 4. Karimov N.Istiklolni uyg‘otgan shoir T.: Cho‘lpon. 2000. 5. Karimov N. Cho‘lpon. Esse- roman, T., 2006. 6. Milliy uyg‘onish. To‘plam. T., 1993 . 7. Sharafiddinov O. Cho‘lpon. T.: Cho‘lpon. 1991. 8. Sharafiddinov O. M.Cho‘qay. Cho‘lpon. O.Hoshim. "Istiklod fidoyilari" seriyasida. T., 1993 y. 9. Cho‘lpon. Adabiyot nadur? Adabiy-tanqidiy maqolalar. T.: 1993, 10. Cho‘lponning badiiy olami. T.,1994. 11. Cho‘lpon. Baxorni sogindim (Nashrgatayyorlovchi Hakkulov I).T., !988. 12. Quronov D. Cho‘lpon (xayoti va ijodiy merosi), -T.; O‘kituvchi, 1997-8 0 b. 13. Quronov D. Cho‘lpon nasri poetiкаси -Т.: Шарк, 2004. -287 б
Download 34.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling