Mavzuning dolzarbligi. XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon Adabiyot nadur


Download 34.42 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi34.42 Kb.
#1051746
  1   2   3
Bog'liq
kusr ishi


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………….5
1-BOB. Cho’lpon adabiy ijodi va tanqidiy asarlarining mohiyati
1.1.Cho’lpon –adabiyot jonkuyari sifatida……………….6-8
1.2.Cho’lpon ijodida tanqidiy asarlarining tutgan o’rni…………9-12
2-BOB. Cho’lponning adabiy-tanqidiy qarashlari
2.1.”Adabiyot nadur” maqolasida davr va………………..13-18
2.2.”Adabiyot nadur” maqolasining adabiy jarayonda tutgan o’rni va badiiy qimmati………………………………………………………18-23
Xulosa……………………………………………….23-25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………..26


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XX asrning buyuk yozuvchilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon “Adabiyot nadur?” maqolasida adabiyotning jamiyat hayotida tutgan o’rniga baho berib, shunday yozadi: “Hech to’xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga,tanimizga suv, havo naqadar zarur bo’lsa, maishat yo’lida har hil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir.Adabiyot yashasa, millat yashar adabiyot chin ma’nosi ila o’lgan, so’ngan, majruh yarador ko’ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o’tkir yurak kirlarini yuvadurg’on toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug’ va ravshan qiladurgan, chang va tuproqlar to’lgan ko’zlarimizni artub tozalaydurg’an buloq suvi bo’lganlikdan bizga g’oyat kerakdur”.
Adib o’zining bu maqolasi orqali adabiyotning mazmunini, mohiyatini belgilab berganday. Chindan ham, adabiyot inson sezimlariga, his-tuyg’ulariga ta’sir o’tkazib, o’quvchiga hayot falsafasidan saboq beradi.
O’zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”asarida bu haqda shunday yozadilar:” Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obru’-etibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.Adabiyot o’quvchi dunyoqarashini shakllantiradi, uning olam va odam haqidagi tasavvurlarini boyitadi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishga o’rgatadi.
Har bir millat, xalq dunyo hamjamiyati orasida o’z o’rni, nufuzi, obru’ e’tiborini saqlab qolish, taraqqiy etish, eng rivojlangan mamlakat maqomiga erishish kabi ezgu maqsadlar sari intilmoqda.Ta’lim-tarbiya mushtarakligida, yoshlar ongida ezgulikning singdirilishida adabiyotning o’rni beqiyos.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ”Yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi.Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”.
Bizning asosiy maqsadimiz ta’lim jarayonini shaxsning hayotiy qiziqishlarini qondirishga, umumiy madaniyatini shakllantirishga,uning jamiyat hayotida moslashuvi, ta’lim va kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlay olishi hamda o’zlashtira olishga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Cho’lponning adabiy tanqidiy qarashlarini o’rganish. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilanadi:
-Cho’lponning ijodini o’rganilishi yuzasidan ma’lumotlarni to’plash;
-Cho’lponning asarlarida tanqidiy mulohazalar;
-Cho’lponning “Adabiyot nadur?” maqolasini tahlil qilish;
Tadqiqotning obyekti.Cho’lponning”Adabiyot nadur?” maqolasi, kurs ishining metodologik asosini Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ma’naviyat, adabiyot va san’atga oid qarashlari tashkil etadi.
Shuningdek, o’zbek adabiyotshunos olimlaridan I.Sultonov, O.Sharafiddinov, U.Normatov va boshqalarning ilmiy-nazariy qarashlari ishimizni amalga oshirishda asos vazifasini o’tadi.
Kichik tadqiqotimiz davomida adabiy ta’limda yozuvchi ijodini, uning tanqidiy qarashlarini,”Adabiyot nadur?” maqolasining tahlilini qisman o’rgandik. Shuningdek, tadqiqot davomida XIX-asr milliy adabiyot tarixi, yangi davr o’zbek adabiyotini rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga harakat qildik.
Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Download 34.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling