Mavzu: Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqat psihologiyasi Bajardi: Botirova Hanifa
Download 426.49 Kb.
|
.....
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun raxmat!!!
Mavzu: Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqat psihologiyasiBajardi:Botirova HanifaMahmadaliyeva ShahzodaSodiqova MohchehraTekshirdi: Sadirxanova SHReja: 1.Oilada togri gaplashish madaniyati va qonuniyatlari 2. Oiladagi insonlarning o'rni 3. Oiladagi muloqotda yo'l qoyiladga xatolarOila pedagogikasining predmeti: Oila pedagogikasi sari, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlangan vosita usullarini qo‘llashi va natijasini ko‘ra bilishini hamda tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi uchun o‘rgatuvchi fandir. Oila pedagogikasi quyidagilarga amal qiladilar: • ta’lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi; • oilada beriladigan tarbiya mazmuni; • oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar; • insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi; • oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga amal qilish.Darhaqiqat, Prezidentimizning «Tafakkur» jumali bosh muharririning savollariga bergan javoblarida «g'oyaga qarshi feqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’tifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan fikrlarini oila tarbiyasining metodologik asosi sifatida qabul qilish zarur. O‘zbekiston Respublikasi- Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunni ham oila ishtirokisiz amalga oshishi mumkin emas. Hayotning o‘zi ta’lim tizimi oldiga yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida barkamol qilib shakllantirishni har bir ota-ona, pedagog, jamoatchilik oldiga qo‘ymoqda.Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k.Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim.Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir.Bordi-yu oila tuzuk bo’lmasa, tarbiyaga ham e’tibor berilmasa, qancha buyuk bo’lsa ham, bunday millat dunyoda uzoq yashay olmaydi.Buni donishmandlar ko’p ta’kidlashgan: “Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa millionlar ila sanaladigan askarlar-u, dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas, balki eng oz e’tibor beradiganimiz yo bo’lmasa, hech bir zamon e’tibor bermasdan qoladiganimiz – oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir etadi va shu sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz quradi… Agar bir millatga bunday hol ro’baro’ kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochiladi…” .Qur’oni karimda, hadislarda ayol – onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan o’rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani , shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy muhitini yaratuvchi mo’tabar zotdir.Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, davrlar o’tishi, “zamonlar o’zgarishi” bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o’zgarib, tobora takomillashib boraveradi.Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh-urug‘chilik va hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla Qodiriyning «0‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining' milliy fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar qatoriga olib chiqib, ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q. 0 ‘quvchilar hatto etnografik yo‘nalishda bo‘lsada, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini o‘yg‘otadigan o‘zbekona asarlarga chanqoq bo‘lib yurgandek tuyuladi.Oila pedagogikasini boshqa fanlar bilan aloqasi: Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimga ega bo‘lmoq lozim. Oila pedagogikasi umumiy pedagogikani bir tizimi bo‘lib u umumiy pedagogikani qonuniyatlari asosida yaratilgan.E'tiboringiz uchun raxmat!!!Download 426.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling