Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana08.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1665736
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Maishiy ertaklarning yana bir xususiyati unda ijodkor shaxsining o`z davri, 
zamonning eng ilg`or, hali ko`pchlikka ma`lum bo`lmagan tafakkuri mevalarini 
uqish mumkin. Ba`zan esa, yaqin kelajakda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan voqea-
hodisalarning «bashorati» ham ifodalangan bo`ladi. Antuan de Sent Ekzyuperining 
kichikina Shahzodasi oyga, o`zga sayyoralarga sayohat qiladi, ammo yerdagi, o`z 
uyidagi aziz tuyg`ularni, jonivorlarni, balki xotiralarini hech qayerdan topa 
olmaydi. Xuddi Shunday holatni Andersenning ―Suv parisi‖ ertagida ham
uchratamiz. Asar qahramoni kenja malika suv betini ko`rishni orzu qiladi,
quyoshni, daraxtlarni, odamlarni ko`rish uning armoniga aylanadi.
Guliver o`z sayohati davomida ulkan va mitti odamlar yurtida (ulug`vor va 
bachkana jamiyatlar) bo`lib qaytadi. Umuman olganda shu kabi adabiy ertaklar o`z 
jozibasi bilan bolani o`ziga rom etadi. Uni vataniga va xalqiga sadoqatli
mehnatsevar, halol, pok, vijdonli inson bo`lib tarbiyalanishida muhim ro`l 
o`ynaydi. Chet el adiblarining ertaklari ta`sirida o`zbek bolalar adabiyotiga
ijobiy ta`sir etdi. Shuning uchun keyingi 15-20 yil ichda bolalar adabiyotining 
obro` e`tibori, bunda adabiy ertaklarning o`rni nihoyatda kuchaydi. Rus 
adabiyotining S.Marshak, A.Barto singari adiblari asarlarini deyarli butun dunyo 
bolalari o`qib chiqishdi. O`zbek adabiyotida ham M.Osim, X. To`xtaboevlarning 
hikoya va qissalarini Q.Muhammadiy, T.Adashboev, A.Obidjon kabi shoirlarning 
she`r hamda ertaklarini respublikamiz bolalari qiziqib o`qishmoqda.
Maktab tajribasidan ma`lumki, kichik yoshdagi o`quvchilar ertakdagi 
hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini 
yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. 
Ertakni o`qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, 
syujet rivojini, qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o`zaro munosabatlarini 
to`g`ri tasavvur etishga yo`naltiriladi. Bunda tanlab o`qish va qayta hikoyalashning 


49 
ahamiyati katta. Masalan, «Odobli bo`lish osonmi?» (A. Obidjon) ertagining 
mazmunini o`zlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
1. Sichqonchaning onasi bilan qilgan suhbatini o`qing. Sichqonchaning 
«Odobli bo`lish uchun nimalar qilish kerak?» degan savoliga onasi qanday javob 
qaytarganligini so`zlab bering. 
2. Sichqonchaning Mushuk bilan uchrashgan holati aks ettirilgan o`rinni topib 
o`qing. Nima uchun «Shum Baroq» ko`zidagi yovuzlik birdaniga so`nadi? 
3. Echki nima uchun Sichqonchani «Kam bo`lma» deb duo qiladi? Shu 
o`rinni topib o`qing. 
Ertakni tahlil qilishning oxirgi bosqichda «Ertakda sizga juda yoqqan joyini 
topib o`qing», «Nima uchun aynan shu joyi yoqqanini ayting», «Hayotingizda 
ertakdagi voqealarga o`xshash voqealar bo`lganmi?» kabi savol-topshiriqlar 
yordamida 
o`quvchilarning 
ertak 
xulosasini 
tushunishlariga 
erishiladi. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari hayvonlar haqidagi majoziy ertaklardan tashqari
«Davlat», «Ilm afzal», «Hiylagarning jazosi», «Hunarsiz kishi o`limga yaqin» kabi 
maishiy ertaklarni ham o`qiydilar. Bunday ertaklarda xalq o`z hayotini hikoya 
qiladi, shu sababli o`quvchilar ertakni o`qigach, o`tmishdagi xalq hayotini, o`y-
fikrlari va orzu-istaklarini bilib oladilar.
Bunday ertaklarni tahlil qilish badiiy hikoya tarzida uyushtiriladi. Bolalar 
O`qituvchi rahbarligida ertakda qatnashuvchilarning hulq - atvori, ayrim
xatti-harakatlarini baholaydilar, ularning bir-birlariga bo`lgan munosabatlarini 
aytadilar va shular asosida ayrim obrazlar haqida xulosalar chiqaradilar, ertak 
rejasini tuzadilar, ertakni rollarga bo`lib o`qiydilar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling