Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana08.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1665736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………………….68 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….………………..…...70 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Globallashuv jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy o`zgarishlar, inson 
omilining muhim o`ringa chiqishini ta`minladi. Chunki bugungi kunda inson qalbi 
va jismini egallab olishga bo`lgan harakatlar, uning yuragini zabt etib zombiga 
aylantirib yudorishga urinishlar ko`plab uchrayotganligi sir emas. Bu esa insonni
qalban emiradi. Shu bois bugungi kunda ilm-fanda inson omili, san`at va adabiyot, 
xalq og`zaki ijodi inson ma`naviy dunyoqarashida tobora muhim ahamiyat kasb 
etmoqda, uning odamiylikni targ`ib etuvchi hissiy-estetik ta`sir kuchi oshib 
bormoqda. Zero xalq og`zaki ijodi,ayniqsa ertaklar insonni ma`naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalab, obyektiv borliq, inson hayoti haqidagi tushuncha, bilimlarini 
boyitadi, ruhiyatiga ta`sir etadi, qalbida turli his-tuyg`ular uyg`otadi. Bitiruv 
malakaviy ishning ―O`zbek xalq ertaklari qahramonlarining antroposentrik tahlili‖ 
deb olinishi ham ertaklardagi inson tasviri, uning ma`rifiy va tarbiyaviy 
ahamiyatini ko`rsatish, o`zbek xalq ertaklari qahramonlarining fazilatlari, insoniy 
xususiyatlarini, boy estetik jihatlari (zavq va g`azab) manbai ekanini ko`rsatishdan 
iborat. Antroposentrik tahlili - ertak markazida inson omili, insoniy xislatlar va 
tuyg`ularni tahlil qilish sanaladi. O`zbek
xalq ertaklari qahramonlarini 
antroposentrik tahlil qilganda, ularning insonga xos jihatlarini o`rganish nazarda 
tutiladi. Chunki, ertaklarda tasvir etilgan odamlardan yoki hayvonlardan 
ba`zilarining taqdiri bizni quvontirsa, ba`zilari achintiradi, boshqa birovlari esa 
kulgu qo`zg`otadi. Kitobxon ertakni o`qir ekan, quvonadi, achinadi yoki kuladi. 
Unda qo`zg`oladigan hislarning boyligi va xilma-xilligi ertakning juda ham 
qadrlanadigan fazilati, xususiyati hisoblanadi. Ma‘lumki, ertak orqali kishilar sirli-
sehrli olam bilan tanishadi hamda unga oid bilimi, tushunchalari boyiydi, yaxshi 
odamlardagi yaxshi xislatlar, yomonlardagi badxulqlar bilan xabardor bo`lib,
yaxshilikka mehri toblanadi, yomonlikka nafrati ortadi. 
Xalq yaratgan ertaklar ma‘naviy xazina uning bizgacha yetib kelgan namunalarini 
o`rganish, izchil tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma‘naviy qadriyatlar 
tizimining ajralmas qismi bo`lgan o`zbek xalq ertaklari namunalarida yaratuvchi va 



bunyodkor xalqimizning uzoq asrlik o`tmish tarixi, yashash tarzi, urf-odatlari, 
tafakkuri, olamni estetik idrok etishi, axloqiy qarashlari aks etganki, xuddi shu 
narsalar millatimiz va yurtimizning dunyo miqyosida o`zini ko`rsatishga imkon 
beradi. Shu bois, ―asrlar davomida misqollab to`plangan, ajdodlarimizdan bizga 
o`tib kelayotgan ma‘naviy merosimiz... javohirlarini ham asrab-avaylab, yanada 
boyitib, kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimiz 
bo`lmog`i kerak‖, deb ta`kidlagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Istiqlol 
sharofati bilan yurtimizning milliy qadriyatlarini, xususan, ko`hna va ezgulikka, 
diyonatga, imonga undaydigan, el-yurt manfaati va birligini tarannum etadigan -
o`zbek xalq ertaklarini izchil o`rganishning keng imkoniyatlari vujudga keldi. 
Fikrlarni dadil aytish, xalq og`zaki badiiy ijodi asarlarini diniy va sinfiy
tamg`alarsiz, badiiy tafakkur namunasi sifatida yozib olish, tadqiq etish va chop 
qilishga sharoit yaratildi. O`zbek xalqining og`zaki ijodi turli janrlarga - maqol, 
topishmoq, ertak, latifa, qo`shiq, rivoyat, doston va bolalar o`yinlariga boy. 
Ayniqsa, ma‘naviy qadriyatlarimizning cheksiz xazinasi bo‗lgan folklor 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling