Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Muammoning  o`rganilganlik


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana08.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1665736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Muammoning 
o`rganilganlik 
darajasi. 
―O`zbek xalq ertaklari 
qahramonlarining antroposentrik tahlili‖ mavzusi bitiruv malakaviy ish darajasida 
birinchi marotaba tahlil etilmoqda. Biroq o`zbek xalq ertaklari tadqiqot ob`yekti 
hisoblangan. Ayniqsa XX asrning 20-yillaridan boshlab xalq og`zaki ijodiga doir 
ko`pgina ilmiy ishlar yaratildi. Bu borada H.Zarifov, M.Alaviya, M.Afzalov, 
Q.Karimov, 
Z.Husayinova, 
M.Murodov, 
G`.Jahongirov, 
T.Mirzayev, 
B.Sarimsoqov, K.Imomov, O.Safarov, A.Musaqulov, M.Jo`rayev singari
olimlarning tadqiqotlari folklor asarlarini o`rganishda asosiy nazariy manbaa bo`lib 
xizmat qiladi. 
Bitiruv malakaviy ish maqsadi: o`zbek xalq ertak qahramonlarining 
antroposentrik tahlili, ya`ni ertaklarda inson omilini berilishi, insonga xos 
xususiyatlarni o`rganish BMIning maqsadini tashkil etadi. 
Bitiruv malakaviy ish vazifalari: 
A) mavzuga oid ertaklarni, ilmiy-uslubiy manbalarni o`rganish; 
B) antroposentrik tahlil tushunchasini yoritish; 
S) to`plangan materiallarni boshlang`ich sinfda qo`llash yo`llarini tahlil etish; 
D) tadqiqot natijasi sifatida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. 



Bitiruv malakaviy ishning ob‘yekti. Boshlang`ich sinf o`qish darslari hamda 
ertaklarni o`rganish jarayoni. 
Bitiruv malakaviy ish predmeti. O`zbek xalq ertaklari, jumladan, o`qish 
kitobidagi ertaklarni o`rganish BMIning predmetini tashkil etadi. 
Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati: 
Mavzu yuzasidan chiqarilgan xulosa va tavsiyalardan boshlang`ich sinf 
o`qituvchilari o`z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi: 
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim 
to`g`risidagi" qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Boshlang`ich ta`lim 
Konsepsiyasi, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlari va so`zlagan 
nutqlari, Harakatlar stategiyasi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari, Xalq ta`limi vazirligining buyruqlari, mavzuga oid ilmiy-uslubiy, badiiy 
manbalar. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling