Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


asarlarini o`qish, o`rganish yosh avlodni barkamol o`sishida, teran


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana08.08.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1665736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
asarlarini o`qish, o`rganish yosh avlodni barkamol o`sishida, teran
fikrlashida, ruhan tetik shakllanishida yetakchi vosita bo`lib xizmat qilishi 
tabiiy. Xususan, xalq tomonidan yaratilgan ertaklar vatanparvarlik, insoniylik, 
olijanoblik, do`stlik, birodarlik singari bir qator milliy va umumbashariy 
qadriyatlar hamda o`zbekona marosim, urf-odatlar, rasm-rusumlar majmuasini 
tashkil etadi. Shuningdek, ertaklarda ham izzat-hurmat, axloq-odob, mehnatga 
muhabbat, vafo-sadoqat, adolat, haqiqat, yaxshilik kabi fazilatlarni ulug`lanishi 
hamisha kelajak avlodning yetuk inson bo`lib ulg`ayishiga xizmat qilib kelayapti. 
Ertaklarni bola kichik yoshdanoq his qiladi. Bolalar tabiatan ertaklarga qiziqadilar, 
ularni yod olishga, ertak qahramonlaridek jasur, mard, zukko bo`lishga harakat 
qiladilar. Shu bois, bolalarning yoshidan qat‘iy nazar, ular uchun chop etilayotgan 
maxsus adabiyotlarda xalq og`zaki ijodiga ertaklarga katta o`rin berilgan. 
Boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan ―O`qish kitobi‖da ham folklor 
asarlari namunalariga, jumladan ertaklarga keng sahifa ochilgan. Chunki, xalq
ma`naviy boyligining yuksalishi, ta‘lim-tarbiyaning mustahkamlanishi kelajak 



avlodning komil inson bo`lib shakllanishida ertakning o`rni beqiyosdir. Zero, xalq 
ertaklarida elatning ozod va baxtiyor ona yurt, farovon hayot uchun kurashi, orzu-
umidlari, ezgu niyatlari, milliy qadriyatlari va axloqiy omillarning o`ziga xos 
xususiyatlari mujassam etilgan. Asrlar davomida yaratilgan xalq og`zaki ijodi 
o`zbek adabiyotining, pedagogikaning shakllanishi va taraqqiyotiga asosiy manba 
bo`lib xizmat qildi. Bolalar kitobxonligining boy manbai ertaklardir. Ertaklar 
bolalar adabiyotini yaratishda yozuvchi va shoirlar uchun muhim material bo`lib 
xizmat qiladi. Ertaklar bolalar tafakkurini o`stirishda, milliy qadriyatlarni 
anglashida mustaqil, ongli o`qishlari uchun tayanch bo`ladigan tarbiyaviy 
ahamiyatga ega ma‘naviy ozuqadir. Shu bois ―O`zbek xalq ertaklari 
qahramonlarining antroposentrik tahlili‖ni olib borish bitiruv malakaviy ishning 
muhim jihatini ko`rsatadi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling