1-topshiriq; O‟rta guruhda matematika faoliyatini rejalashtiring va tashkillang ?
Ma’ruza-pedagogik fanlarni o'qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi
vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
1) yo'naltiruvchi o'quvchilarni o'quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor
qaratishga imkon berish;
2) axborot: o'qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq
asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
3) metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari
namoyon etiladi.
4) tarbiyalovchi: o'quvchilarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish
madaniyatini shakllantirish;
5) rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish
qobiliyatini rivojlantirish.
Ma’ruza metodida ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir. Ma’ruza yangi bilimni o'tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o‘rganishda, o‘quv fanlan o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganishda qo'llaniladi.
Ma’ruza va ma’ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma’ruzani muvaffaqiyatli o‘qish, ma’ruzani ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko‘p jihatdan ma’ruzachi va talabalar auditoriyasi o‘rtasidagi muloqatga bog’liq bo’ladi.
Ma’ruzachi va talabalar o‘rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |