Мавзунинг режаси


Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari


Download 0.92 Mb.
bet2/4
Sana27.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1134254
1   2   3   4
Bog'liq
konspekt444

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
Shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti va sub`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili.
Uzluksiz ta`lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limni barcha turlarini davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uningfaoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot tehnologiyalarini ishlab chiquvchi
Ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi
2009 yili, ya’ni “Qishloq taraqqiyoti va farofonligi yili»da “Qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirish, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq aholisining hayot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini oshirish” ijtimoiy masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur maxsus davlat dasturi “Qishloq taraqqiy topsa, yurtimiz obod, hayotimiz yanada farovon bo’ladi”, degan g’oyani o’zida mujassamlashtirgan edi. ... Qishloq hayotini obod etishda ularning qiyofasini o’zgartirish, bugun qishloq joylarda yashayotgan odamlarning turmush sharoitini zamon talablariga moslashtirish, kerak bo’lsa, uni shahar sharoitiga yaqinlashtirish g’oyat muhim o’rin tutadi.” Keng ko’lamli ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida o’tgan yili “840 dan ortiq loyiha amalga oshirildi va bu mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmini 2008 yilga nisbatan 2,3 barobar oshirishni ta’minladi» .
Mustaqillikning iqtisodiy asoslarini yaratish milliy tiklanishning muhim shartlaridan biri
Qishloq aholisining turmush darajasini yuksaltirish maqsadida 2008 yil 20 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ning “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni etishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda yurtimiz fuqarolarining katta qismi yashab kelayotgan qishloq joylari aholisining turmush kechirish sharoitlarini yanada yaxshilashga e’tibor qaratildi.
Мамлакатда камбағалликка қарши курашиш учун зарур институтлар яратилди. Бу авваламбор Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлигининг ташкил этилиши, камбағалликка қарши курашиш бўйича давлат сиёсатини белгилаб беради. Ижтимоий ҳимояга муҳтож ва кам таъминланган оилаларни қўллаб-қувватлаш мақсадида яқинда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ташкил этилди. Мазкур вазирлик фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш институтлари фаолиятини мувофиқлаштирувчи масъул давлат органи сифатида ижтимоий ҳимояга муҳтож ва кам таъминланган қатламларини аниқлаш ва манзилли кўмак бериш борасида самарадорликни оширишга хизмат қилади. Ўзбекистонда охирги уч йил мобайнида камбағалликни камайтиришга қаратилган чора-тадбирлар натижасида аҳоли жон бошига реал жами даромад 43,9 фоизга, ўртача ҳисобланган номинал ойлик иш ҳақи 79,7 фоизга ошди. Жаҳон банкининг «Ўзбекистон фуқароларини тинглаб» лойиҳаси доирасида, уй хўжаликлари орасида ўтказилган сўровнома натижаларига кўра, 2020 йилнинг январь-март ойлари учун ўртача камбағал хонадоннинг ойлик даромади тахминан 1,5 миллион сўмни ташкил этиб, таққослама нархларда бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 12 фоизга ошган.
2017 - 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясини келгусида амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармойишида муайян маънода ҳозиргача амалга оширилган ишлар сарҳисоб қилинди. “фақатгина жорий йилнинг биринчи ярмида 2,7 минг километр автомобиль йўллари қурилди ва таъмирланди, 84 минг 300 та иш ўрни яратилди. 2017 - 2020 йилларда шаҳарларда энергия жиҳатдан самарадор арзон кўп квартирали уйларни қуриш ва реконструкция қилиш дастури амалга оширилмокда, унинг доирасида 50 минг 286 та хонадондан иборат 1 минг 136 та кўп қаватли уйларни, бундан ташқари, намунавий лойиҳа асосида қишлоқ жойларида 75 минг турар жойларни қуриш мўлжалланган”.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling