Mavzu;Norin tumani Xaqqulabod shahar shevasining lisoniy xususiyatlari


Download 34.24 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi34.24 Kb.
#109366
Bog'liq
3-курсларга намуна


Mavzu;Norin tumani Xaqqulabod shahar shevasining lisoniy xususiyatlari

Reja;

  1. Norin tumani va Xaqqulabod shahari haqida umumiy ma’lumot.

  2. Xaqqulabod shahari aholisining etnik tarkibi.

  3. .Xaqqulabod shahari shevasining o’ziga xos xususiyatlari

  4. Xulosa.



Norin tumani haqida umumiyma’lumot.

 

Курс, гуруҳ .................................................... ( batafsil )



 tel: (0-369) 61-21-256

 Manzil:

 E-mail:

 Veb-manzil:

Norin tumani viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan bo’lib. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan 1962-1973 yillarda va 1988-89 yillarda Uchqo’rg’on tumani tarkibida bo’lgan. Tuman g’arbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimoldan Uchqo’rg’on tumanlari, janub va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Mydoni 207.1 kv.km.

Norin tumanida 57 ta maxalla fuqorolar yig’inlari mavjud. Norin tumani viloyatning sharqiy qismida Farg’ona tizmasini etaklarida joylashgan. G’arbiy chegaralari bo’ylab Qoradaryo oqib o’tadi, relefi past-baland tekisliklardan iborat (ball 600-800) metr tog’ etaklari paleogen davrining gil, oxaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan Norin xavzasi yoppasiga kondomeratdan iborat. Qoradaryo xavzasida kondomerat ustuni o’nlab metr qalinlikda qoplab o’tgan qiyosiy katta maydonda tekislik xosil qilgan. Norinning qayr tekisligi Uchqo’rg’on qishlog’idan boshlab 2-3 km kengaydi: bu yerda qumoq xamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman xududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib o’tadi. Tumanning janubiy g’arbiy tomonidan Qoradaryoning eski uzanidan o’tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yig’ib Qoradaryoga quyiladi. Tuprog’i janubiy qismida botqoq torfli, Shimolda bo’z tuproq. Norin Qoradaryoga qo’shiladigan yerda o’tloqli botqoq, o’tloqli tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq. Kontinental yozi issiq. Qishi sovuq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 6 gradus iyulniki 27, Yillik yog’in 190-215 mm . Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman xududi xaydaladigan yerlardan iborat.



 

 



Xaqqulabod shaharining nomlanish tarixi.

Norin tumani markazi Xaqqulabod shahri hisoblanib,qadim zamonlardn buyon bu hududda aholi istiqomat qilib keladi.Qadimda bu hudud vayrona holida bo’lgan keyinchalik bir kishi ya’ni Xaqqul degan inson bu hududni obod etgan,ko’kalamlashtirgan,ayrim joylarni qurgan.Shuning uchun uning nomini ulug’lash,nomini tarixga muhrlash maqsadida u obod etgan,gullatgan shaharga uning nomi berilgan ya’nikim Xaqqulabod .Xaqqulabod shahrini nomlanishi mana shu afsona bilan bog’liq.

Xaqqulabod shahari aholisining etnik tarkibi.

Hududimiz qadimiy hudud ekanligini hisobga oladigan bo’lsak,bu hududni etnik tarkibini asosan o’zbeklar tashkil etadi,keyinchalik urush yillarida ruslarning bosqini tufayli ruslar,qirg’iz,qozoq,koreys millati vakillari ko’chib kelib muqum yashashga o’tishgan.

.Xaqqulabod shahari shevasining o’ziga xos xususiyatlari.



Xaqqulabod shahri shevasi o’zbek adabiy tiliga deyarli mos keladi. Faqat ayrim so’zlarda quyidagi fonetik xususiyatlar uchraydi;

1.Sinkopa-so’z o’rtasida tovush tushishi;

M;qilmaysanmi- qimaysanmi(l tovushi tushishi)

2.Eliziya birikma urg’usi bilan talaffuz qilinuvchi ikki so’zni bir so’zga birlashtirib talaffuz qilish;

M;o’ta olmaydi-o’tolmaydi

Qila oladi- qiloladi

Leksik xususiyatlari:

Yuqorida aytilganidek Norin tuman Xaqqulabod shahri shevasi adabiy tilga yaqinligi sabab ayrim qarindoshlik otlarigina sheva xususiyatlarini namoyon qila oladi;

*opa,aba,aya,buvi(ayrim hududlarda)-ona

*ota,obodda,katta ota,opoqi-bobo

*acha,anna,ena,kata ena-buvi

*bo’la –amakining ayoli

Grammartik xususiyati:

Adabiy tildan Xaqqulabod shahri shevalari umuman farqlanmaydi.Og’zaki adabiy tilde kuzatiladigan quyidagi xodisalar kuzatish mumkin:

1.Tushum kelishigini so’z oxiridagi tovushni ikkilantirish bilan ifodalash:



Ukamni daftari-ukammi daftari

Abamni ukasi-abammi ukase

2.Chiqish kelishigi q’shimchasini –tan tarzida aytilishi

Oshdan oling-oshtan oling

Yo’lakdan yur-yo’laktan yur

Xulosa

Xaqqulabod shahri shevasi adabiy tilga ancha yaqin .bunga ikki sababni keltirish mumkin:birinchisi qo’shni bo’lmish Andijon viloyati;ikkinchisi Uchqo’rg’on tumani tarkibida bo;lganligidir.Uchqo’rg’on tumani ham adabiy tilga yaqin hisonlanadi.Uchinchidan aholi o’z shevasini saqlaganligi asosiy sabablardan biridir.
Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling