Mavzunu mustahkamlash


Navoiy viloyati, Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika va informatika fani o’qituvchisi: Ashurova F


Download 1.56 Mb.
bet5/11
Sana14.12.2022
Hajmi1.56 Mb.
#1003697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BIR O’ZGARUVCHILI TENGLAMALAR BILAN YECHILADIGAN MURAKKAB MASALALARNI

Navoiy viloyati, Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika va informatika fani o’qituvchisi: Ashurova F.
Xulosa bayonnomasi.
Ilg’or pegagogik texnologiyalar asosida tajriba darslarining tashkil etilishi o’qituvchini o’z ustida ishlashga va turli usul va uslublarni tanlab olib ularni darslarga tadbiq etishga hamda ular ustidan xulosalar chiqarishga undaydi.
30 oktabr kuni 7-“A” sinfida “Masalalarni tenlamalar yordamida yechish” mavzusiga doir masalalar yechish mavzusini tashkil etishda “Matematik bozor” o’yini asosida o’quvchilarni taqdirlash orqali o’tilgan mavzularni mustahkamlashda “Express-testlar”dan, masalalar yechishda
Zakovat”o’yini, mavzuni mustahkamlashda slayd taqdimotlar, “Senkveyn” tuzish kabi usullardan foydalandim. Bu tanlagan usullar orqali o’quvchilarni hammasini darsga jalb etishga, har bir o’quvchini so’m jamg’arish orqali darsni foalligini oshirishga erishdim. “Express-testlar”, “Zakovat” o’yini o’quvchilarni tenglama mavzusi mustahkamlash va mustaqil tenglamalar tuzishga, tenglamalarni tekshirishga o’zi mustaqil fikrini boyon etishga o’rgatdim, “Slayd taqdimotlar orqali o’quvchilar o’z xatolari ustida ishladilar, salyd taqdimotlar orqali darsda vaqtdan yutishiga erishdik, “Senkveyn” tuzish orqali o’quvchilarni fikri ona tilidan egallagan bilimlarini mustahkamlashga erishdim. Bu usullar darsda o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini jamlashga yordam berish bilan birgalikda darsning samaradorligini oshirishga ham yordam berdi.
Darsni tashkillashtirishda “Express-testlar” tayyorlash uchun 30 dona varoq kompyuterda tayyorlandi, so’mlar yozilgan kartochkalar 10 dona varoq, 5dona konvert va topshiriqlar ham toyyorlandi va slayd taqdimotlarni tayyorlash uchun bir soat vaqt sarflandi.
Darsda o’quvchilar kichik guruhlarda “Zakovat” topshiriqlari bilan ishlaganda shovqun bo’lishi kuzatiladi, buning oldini olish maqsadida, o’zbek klassik musiqalari darsda past ovozda yangrab turdi.
Har qanday innovatsion usul orqali o’qituvchi o’quvchini halol mehnat qilishga, ilm o’rganishga va milliy ruhda tarbiyalashga katta e’tibor qaratishi lozim, shu sababli dars shiorlari plakatlarda tayyorlanib o’quvchilarga ko’rinadigan qilib osib qo’yildi, milliy musiqalarimiz darsda o’quvchilarga taqdim etildi.
7-“A” sinfda darsdan olingan test tahlili natijalari 80% ni berdi. Bundan ko’rinadiki, tajriba - sinov darslarini tashkil etish o’quvchilar bilim sifatini yuqori bo’lishiga va dars samaradorligini oshishiga sabab bo’ladi.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling