Mavzunu mustahkamlash
V. Mustahkamlash ushun misollarga qaraymiz. 109-114-misollar. 1
Download 1.56 Mb.
|
BIR O’ZGARUVCHILI TENGLAMALAR BILAN YECHILADIGAN MURAKKAB MASALALARNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Baliq skeleti“, „Oqibatlar“ usulidan, BBB texnologiyasidan, mavzuni mustahkamlashda slayd taqdimotlardan
V. Mustahkamlash ushun misollarga qaraymiz. 109-114-misollar.
1. 2. Masala. ifodani soddalashtiring: =a =a . VI. Uyga vazifa: 117-118-misollar. Xulosa bayonnomasi. Ilg’or pegagogik texnologiyalar asosida tajriba darslarining tashkil etilishi o’qituvchini o’z ustida ishlashga va turli usul va uslublarni tanlab olib ularni darslarga tadbiq etishga hamda ular ustidan xulosalar chiqarishga undaydi. 10 noyabr kuni 9-“B” sinfida “Butun ko’rsatkichli daraja” mavzusini tashkil etishda „Bugungi dars g’olibi kim bo’ladi“ shiori ostida yangi mavzuni tushuntirishda „Baliq skeleti“, „Oqibatlar“ usulidan, BBB texnologiyasidan, mavzuni mustahkamlashda slayd taqdimotlardan foydalandim. Bu tanlagan usullar orqali o’quvchilarni muammolar ustida ishlash orqali, natija va yangi xossalarni aniqlashga o’rgatish bilan birgalikda, mustaqil ishlash, fikr yuritish qobiliyatlatini oshirishni maqsad qilib qo‘ygan edim. „Baliq skeleti“ asosida tayyorlangan tarqatmada muammo ustida ishlash o’quvchini mustaqil ishlash va izlanishga o‘rgatadi, „Oqibatlar“ usuli natijalar va xulosalar yasashga, BBB texnologiyasi bilimlarni mustahkamlashda xotirani, eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga darsda katta ahamiyatga ega. Muammo va natijalarni tekshirishga o’zi mustaqil fikrini bayon etishga o’rgatdim, “Slayd taqdimotlar orqali o’quvchilar o’z xatolari ustida ishladilar, slayd taqdimotlar orqali darsda vaqtdan yutishiga erishdik, “Senkveyn” tuzish orqali o’quvchilarni fikri ona tilidan egallagan bilimlarini mustahkamlashga erishdim. Bu usullar darsda o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini jamlashga yordam berish bilan birgalikda darsning samaradorligini oshirishga ham yordam berdi. Darsni tashkillashtirishda “Baliq skeleti”ni tarqatma shaklida tayyorlash uchun 15 dona varoq kompyuterda tayyorlandi, oqibatlarni aniqlash uchun misollar yozilgan tarqatmalar, g’olib o’quvchini aniqlash uchun kartochkalar va BBB texnologiyasi bajarish uchun tarqatmalar ham toyyorlandi va slayd taqdimotlarni tayyorlash uchun bir soat vaqt sarflandi. Darsda o’quvchilar topshiriqlari bilan ishlaganda shovqun bo’lishi kuzatiladi, buning oldini olish maqsadida, o’zbek klassik musiqalari darsda past ovozda yangrab turdi. Har qanday innovatsion usul orqali o’qituvchi o’quvchini halol mehnat qilishga, ilm o’rganishga va milliy ruhda tarbiyalashga katta e’tibor qaratishi lozim, shu sababli dars shiori plakatlarda tayyorlanib o’quvchilarga ko’rinadigan qilib osib qo’yildi, milliy musiqalarimiz darsda o’quvchilarga taqdim etildi. 9-“B” sinfda darsdan olingan test tahlili natijalari 82% ni berdi. Bundan ko’rinadiki, tajriba - sinov darslarini tashkil etish o’quvchilar bilim sifatini yuqori bo’lishiga va dars samaradorligini oshishiga sabab bo’ladi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling