Mavzu:"Oltin yorug" dostoni va buddaviylik


Download 18.82 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi18.82 Kb.
#237812
Bog'liq
1-seminar o'zbekadabiyot


1-seminar mashg’uloti

Mavzu:”Oltin yorug” dostoni va buddaviylik.

Buddaviylik dunyodagi yirik, keng tarqalgan dinlar – islom va masihiylik (xristianlik)dan ham qadimiydir. Budda degan nom sanskritcha bo‘lib, “ong tiniqlashuvi” ma’nosini bildiradi. Buddaning hayotini tasvirlaydigan hikoyalar chadik deb ataladi va mifologik mazmunga yo‘g‘rilgan bo‘lib. “xudoning odami” timsolini gavdalantiradi.

Budda tarixiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Tirik mavjudotlarni azob-uqubatlardan qutqarish Buddaning asosiy maqsadi bo‘lgan.



Budda - haqiqat najotkori demakdir. Uning asl nomi Siddxartxa. Siddxartxaning onasi – shakiylar hukmdori Mayyaning xotini bir kuni tushida yoniga oq filning kirib yotganini ko‘radi. Ma’lum vaqtdan so‘ng u o‘g‘il tug‘adi. U boshqa ayollar singari tug‘may, qo‘ltig‘idan tug‘di. Ayolning ovozini koinotdagi hamma xudolar eshitdi. Borliqdagi uqubatlarning oldini oladigan keldi, deb xursand bo‘ldilar. Dono Asita chaqaloqning buyuk qahramonliklar ko‘rsatishi haqida karomat qildi. Chaqaloqqa Siddxartxa deb ism qo‘ydilar. Bu “topshiriqni bajaruvchi” deganidir. Siddxartdaning tug‘ilgan yili mil.ol. 642-448 yillar oralig‘ida deb taxmin qilinadi. Onasi Siddxartxani tuqqandan keyin bir necha kun o‘tgach vafot etdi. Unga, siz g‘ayritabiiy narsani dunyog‘a keltirdingiz, deb vafotidan oldin xabar berishga ulgurdilar . Buddaning tug‘ilishi haqidagi rivoyatlarga ko‘ra, u nuqsonsiz homila bo‘lgan va homiladorlik davri ham nuqsonsiz bo‘lib o‘tdi, shu bois Buddani onasi dunyoga keltirgandan keyin ham, u bokira qizligicha qolgan. Buddaning tanasida olamning bo‘lg‘usi hukmdori alomatlari ko‘ringan. Siddxartxa o‘n olti yoshida ikki malikaga uylanib, otasning saroyida betashvish hayot kechirardi. U saroydan uch marta tashqariga chiqib, ucha muqarrar yovuzlikni bilib oldi: bular – keksalik, azob-uqubat va o‘lim edi. To‘rtinchi marta saroydan tashqari chiqib, qashshoq rohibga duch keldi. Rohibning xotirjam va shod ekanini ko‘rib, zaminiy yovuzliklarga qarshi dori-darmonni topdi. YArim tundan uyg‘onib, yonida o‘tgan malikalarning horg‘in tanasiga nazar tashladi va yana butun zaminning og‘ir yukini anglab etdi. O‘sha zohoti Siddaxartxa saroyni tark etib, zohidona hayot kechira boshladi va ismini Gautama deb o‘zgartirdi. Ikki muallim rahbarligida falsafani va yog texnikasini anglab, beshta shogirdi bilan o‘z tanasini azoblaydigan bo‘ldi. Etti yil davomida u azob-uqubatda ter to‘kib, kohin braxmanlarning muqaddas kitoblarini o‘qidi. Ammo maqsadga erishlomay va bu singari riyozat chekishning behudaligini tushunib, guruch bilan oziqlana boshladi. Siddxartxaning kuchizlanib borayotganidan xafa bo‘lgan shogirdlari uni tark etdilar. SHundan keyin SHakyamuni (SHakya shohligidan kelgan zohid) anjir daraxti ostiga o‘rnashib oldi va unda “ong tiniqlashuvi” yuz bermaguncha joyidan qimirlamaslikka qaror qildi. U O‘lim va Yovuzlik ilohi Maraning siquvlariga bardosh berdi. Tong payti Mara ustidan g‘alaba qilib, Buddaga aylandi va “to‘rt oliyjanob haqiqat”ni anglab etdi va to‘rt oliy haqiqatning sohibi bo‘ldi. Banoras shahrida u ilgari tark etib ketgan beshta shogirdiga ana shu haqiqatni va’z qila boshladi.

Birinchi oliy haqiqat shundan iboratki, hamma narsa Azobdir: tug‘ilish – azob, o‘lim – azob, xastalik – azob, jamiki beqaror narsalar - azob. Ikkinchi haqiqat shuki, azobning sababi shahvatdir. Uchinchisi – shahvatdan xalos bo‘lish azoblardan xalos bo‘lishga olib boradi. To‘rtinchisi – azoblardan xalos bo‘lishga olib boradigan sakkiz yo‘l yoki O‘rta Yo‘lni ko‘rsatadi. Bular – Fikr, Tafakkur, Kalom, Faoliyat, Hayot tarzi, Tirishqoqlik, Diqqat-E’tibor, Mushohada. To‘rtala haqiqat Buddaning chinakam maktubini aks ettiradi. Budda sakson yoshida vafot etgan. U o‘limi oldidan odamlarga shunday degan ekan: “Ey odamlar! Hamma yaratilgan narsalar buzilishga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha qutqarishga intiling”. Uning vafotidan keyin buddaviylar jamoatiga Maxakashyapa degan odam bosh bo‘ldi. Budda yaratgan falsafa shundan iboratki, dunyo dinlaridagi singari tasdiqlashga emas, balki inkor qilishga asoslangan. Buddaning yo‘li – “Men”ning hech narsaga aylanishi yo‘lidir, atrof olam hodisalarining hech narsaga aylanishidir. Budda qilgan va’zlarida shunday degan ekan: “Olam abadiy va olam abadiy emas, olamning nihoyasi bor va olamning nihoyasi yo‘q, ruh va tana birdir, ruh va tana bir emasdir, arxat (valiy) o‘limdan keyin yashaydi va arxat o‘limdan keyin yashamaydi, u mavjud va mavjud emas...” Budda sakson yoshida vafot etgan. U o‘limi oldidan odamlarga shunday degan ekan: “Ey odamlar! Hamma yaratilgan narsalar buzilishga mahkum qilingan. Kuchingiz boricha qutqarishga intiling”. Uning vafotidan keyin buddaviylar jamoatiga Maxakashyapa degan odam bosh bo‘ldi. Budda yaratgan falsafa shundan iboratki, dunyo dinlaridagi singari tasdiqlashga emas, balki inkor qilishga asoslangan. Buddaning yo‘li – “Men”ning hech narsaga aylanishi yo‘lidir, atrof olam hodisalarining hech narsaga aylanishidir. Budda qilgan va’zlarida shunday degan ekan: “Olam abadiy va olam abadiy emas, olamning nihoyasi bor va olamning nihoyasi yo‘q, ruh va tana birdir, ruh va tana bir emasdir, arxat (valiy) o‘limdan keyin yashaydi va arxat o‘limdan keyin yashamaydi, u mavjud va mavjud emas...” buddaviylik oqimiga mansub “Maytri smit”, “Oltun yorug‘” (ya’ni oltin singari nur) hamda ko‘plab buddaviylik va moniylik matnlari parchalari hamma davrda ham Markaziy Osiyo turkiy xalqlarining ijodiy mahsuli bo‘lib keldi. Mazkur adabiy yodgorliklar orasida “Oltun yorug‘” suduri diqqatga sazovor bo‘lib, bir necha asrlar davomida Turonzaminda ma’naviy muhitning barqarorlashuvida katta xizmat qildi. Asar buddaviylikka mansub bo‘lib, xalqning shuuriy izlanishlari, e’tiqod butunligi orqali paydo bo‘ldi. Asar turkiy tilli xalqlar orasida e’tiborga molik asar bo‘lgani uchun ham X– XV111 asrlar davomida o‘n marta ko‘chirilgan va sharqdagi ko‘p tillarga tarjima qilingan. “Oltin yorug‘”ning Radlov–Malov nusxasi 10 kitobdan (tägzïnç) iborat. Asarni 1910 yili rus olimi S.E. Malov Xitoyning Gansu viloyatiga qarashli Vinshgu qishlog‘idagi buddaviylar ibodatxonasidan topgan. Asar qo‘lyozmasi 355 varaq (710 sahifa)dan iborat bo‘lib, 1687 yili ko‘chirilgan. Hozirda bu nusxa Sankt–Peterburgning Osiyo muzeyida saqlanadi. Bu asarni birinchi marta V.V.Radlov va S.E. Malov eski uyg‘ur–turk alifbosida chop ettirganlar6. O‘nta kitob jami 31 bo‘limni o‘z ichiga oladi. “Oltun yorug‘” asarining qadimgi turkiydagi to‘liq nomi “Altun onglug, yaruq, yaltiriqligh, qopta kötülmsh nom ïlïkï atligh nom bïtïg – Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma (narsa)dan ustun turadigan no‘m podshohi nomli no‘m bitigi” deb nomlanib, hozirgacha “Oltun yorug‘” deb nomlanib keladi. Asarning sanskritcha nomi “Suvarnaprabxasa”dir.

“Oltun yorug‘”ning oxirgi – X bo‘limida “SHahzoda va bars afsonasi” bor. Afsonada dalaga sayrga chiqqan uch shahzodadan eng kichigi endigina etti bola tuqqan va ochdan o‘layozgan ona yo‘lbarsga va uning bolalariga o‘zini qurbon qilgani hikoya qilinadi. Ona yo‘lbars va uning etti bolasi shahzoda Mag‘astvining tanasini eb tirik qoldi. Dunyoviylik nuqtai nazaridan shahzodaning bu ishi telbalikdan boshqa narsa emas, ammo buddaviylik, xususan, “qayta tug‘ilish” aqidasi bo‘yicha shahzoda Mag‘astvi “qayta tug‘ildi”. Quyidagi parchada Mag‘astvi tanasini qurbon qilgach, qayta tug‘ilib, bo‘disatvga aylandi, bo‘disatvlar quyidagilardir: “o‘sha urg‘ochi bars Maxatprasati bo‘ldi, ettita bolasidan beshtasi besh panchiki bo‘ldilar. Bitta bolasi endi bo‘ldi Mxamodalyatiri tanasi. Yana birisi endi bo‘ldi Sariputiri avliyoning tanasi. Men sizlarga – rohiblarga ko‘rsatib, bildirib va’z qildim o‘tgan zamonda u boshqalarga foyda keltirmog‘ining sababini. Bunga shu tariqa astoydil harakat qilib bo‘disatvlar hayot tarzi bo‘yicha, burxon baxt-saodati tufayli ish tutdim. Bo‘disatvlar hayot tarzi bo‘yicha yurganda...O‘sha zamonda men o‘z ko‘nglimda qo‘zg‘atgan edim nihoyatda ulug‘ baxtga erishmoqni. Bu tanam suyagi qolsa bu erda, kelajak zamonlarga foyda bersin jonzotlarga deb.”



“Oltun yorug‘”ning ibtidosidagi Ku tay afsonasida jonzotlarning nirvonga etishuviga oid qoidalar hikoya qilingan. Afsonada hikoya qilinishicha, bu nom keng tarqalmagan vaqtda Inchyu nomli shaharda chang qabilasidan Ku tau degan bir odam shahar begi edi. U shahar begi bo‘lib turganda, ko‘p jonzotlarni qurbon qilgan edi. Vaqti kelib, qizining to‘y bo‘lganda, sigir, qo‘y, to‘ng‘iz, g‘oz, o‘rdak, tovuq kabi ko‘plab jonzotlarni so‘yib, katta ziyofat berdi. Oradan o‘n kun o‘tmasdan o‘sha bek og‘ir xastalikka yo‘liqib, gap–so‘zdan qolib, tutqanoq kasaliga yo‘liqdi va olamdan o‘tdi. O‘lgandan keyin butun a’zolari sovib, faqat yolg‘iz yuragi sirtida bir parcha eti sovimay qoldi. Buni ko‘rib, xonadonidagi odamlar qattiq yig‘i–sig‘i qilib murdani ko‘mishga olib bormasdan, uch kunni o‘tkazdilar. To‘rtinchi kun tong saharda ular kuyib–yonib turganlarida, o‘sha bek tirilib, o‘rnidan turib keldi, yuqoriga o‘tirib, ovqat, ichimlik so‘radi. Bu ahvoldan bekning qarindosh–urug‘lari, bir qancha odamlar vahimaga tushib, uzoqroqqa qochdilar. Ularning qochib borayotganini ko‘rib, bek chaqirib shunday dedi: “Qaytinglar, yaxshilarim, men tirilganimga sizlar nima uchun darrov qochib ketyapsizlar? Qo‘rqmanglar, men endi sizlarga tirilishim sababini aytib berayin, burxanlar no‘mining turlichaligini endi eshitinglar”. U shunday deya so‘zlab berdi: “Kasal bo‘lganimda, eng avval menga to‘rtta shayton yaqin keldi. Bittasi yo‘g‘on qamchi tutgan, ikkinchisi arqon tutgan, uchinchisi qop tutgan, to‘rtinchisi ko‘k to‘nli, ot mingan bek ekan. Bu to‘rt iblis meni bir uy darvozasiga olib borganlaridan keyin, o‘sha ko‘k to‘nli bek otdan tushib, meni chaqirdi. Men u bekning oldiga borganimda, u qo‘ynidan bir bitigni chiqarib, menga o‘qitdi. O‘qisam, bu bitigda o‘sha kungi bizning ziyofatda o‘ldirilgan sigir, qo‘y, to‘ng‘iz kabi jonivorlarning so‘zi bitilgan ekan. Ularning so‘zlari quyidagicha ekan: “Biz, hamma hayvonlar, oldin insoniyat dunyosida qilgan yomon qilmishlarimiz sababidan ayvonot olamida tug‘ilgan edik. Qarzimizni to‘laydigan, burchimizni o‘taydigan yil, oy vaqt miqdorini tugatsak edi, unda qiyofamizni o‘zgartirib, insoniyat dunyosida tug‘iladigan bo‘lar edik. SHunday qilib, hayvonot olamidan ayrilib, qutuladigan vaqtimiz, kunimiz tugamasdan, Inchyu shahridagi chang qabilalik Ku tau degan bek bizni o‘ldirdi. SHuning uchun hammamiz qaytadan yana hayvonot dunyosida tug‘iladigan burchdan, azob–uqubatdan shikastlandik. Bunday azob–uqubatdan shikastlangan zamonda bizning bu qayg‘ularimizni, azob–uqubatlarimizni ochiqchasiga tushuntirib so‘zlab beradigan darajada madorimiz yo‘q edi. Qanday qilib yana qarshilik qilishga, bardosh berishga kuchimiz bo‘lsin?! Bu qayg‘umizni endi yaratgan Tangri o‘ngarsin”, deb iltijo qilgan edilar. SHuning uchun bizni seni olib ketgani keldik. Bu xabar bitigda bor”. Bu so‘zlarni bitigdan men oxirigacha o‘qib bitirdim. Keyin o‘sha ko‘k to‘nli bek: “Ushlanglar uni!” deb baqirgan edi, uchala iblis menga yaqin keldi, bittasi arqon bilan bo‘ynimni bo‘g‘di, bittasi qopga meni soldi, bittasi yo‘g‘on qamchi bilan boshimga urdi, ikkala qo‘limni qayirib, Bopso‘qa tog‘i tomonda cho‘qqini to‘ntarib, bir chaqirimga olib bordilar. Yo‘l o‘rtasiga borganda, o‘sha meni olib borayotgan iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson, sen shuncha– shuncha hayvonlarni o‘ldirding. O‘sha sen umrlariga zomin bo‘lganlar maktubi sababidan seni olib ketgani keldik. Sen buni bilishing kerak”, deb shu gaplarni aytdilar. Bu so‘zni eshitib, men ularga shunday dedim: “Ey yaxshilarim, tangrilarim! Agar men u paytda insonlarning bu dunyolik ko‘zi o‘ngida yomon ish qilganimni ko‘rib–bilgan bo‘lsam, bular Yamaning boyligidir. O‘sha yomon ishlarning hozirgiday og‘ir natija va oqibatlarini bilmagan edim. Mendan boshqa qancha–qancha odamlar son–sanoqsiz jonzotlarni o‘ldirganlarini ko‘rdim. Ammo o‘sha kishilarning ochiq–oydin tushiga kirgan narsalarga yaxshi e’tibor bermagan edim, SHuning uchun ikki orada yana men hozirgiday tilim bog‘lanib, o‘lim azobiga duchor bo‘ldim. Qanday amal–chorasini qilsam, qaytadan tirik jon bo‘la olaman? Bilmasdan yanglishib, xato qilib yovuz qilmishim uchun o‘zim pushaymon bo‘ldim, qattiq azob tortyapman. Endi nima qilayin?” deb so‘radim. SHu gaplarni aytganimdan keyin o‘sha iblislar menga shunday dedilar: “Ey inson! Sen issiq jonini olganlardan o‘ttizdan ortig‘i – bog‘langan, ushlangan jonzotlar qudratli Erklig xonning qarshisida dushmanlik ko‘zini chaqchaytirib, o‘sha ko‘zlarini tikib, seni kutib tururlar. U erga borganingda, Erklig xon juda qattiq qiynab o‘ldirilganlarning qattiq qonuni bo‘yicha hukm qiladi, u erdagi og‘ir azoblardan qutulmagaysan”, deya so‘zladilar. Bu so‘zni eshitganimdan keyin men yanada qattiq qo‘rqdim, azoblarim ortdi. Ular har tarafga alanglab, meni pastga tushirib, oldinga tortib, keyinga tortib, urib–so‘kib, yana bekning huzuriga nihoyatda shoshiltirdilar. SHundan keyin men yana ularga yolvorib, shunday dedim: “Ey yaxshilarim, o‘ylab qarasam, azoblarimdan aslo qutulmoqlik yo‘q. Endi sizlardan o‘tinib so‘rayman, yolvoraman: o‘zim o‘ldirganlarning qo‘liga tushgach, ular meni Erklig xon oldiga so‘roqqa olib borganlarida, men nima qilay? SHuni menga aytinglar”, deb so‘ragan edim, ular menga shunday dedilar: “Ey inson! Agar o‘sha o‘zing o‘ldirgan jonzotlar uchun ko‘nglingda o‘kinch paydo bo‘lsa, qanday bo‘lmasin, ko‘nglingni pok qilgin. Dunyoning umid–ishonchi komil, dono Tangri tangrisi burxon qonun qilib bergan “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun bo‘lgan no‘m podshohi” nomli no‘m bitigini tugal, to‘liq bitishga xohish uyg‘otishni chin dildan istasang, bu azoblaringdan xalos bo‘lar eding”, dedilar. Bu so‘zni eshitishim bilanoq, men birinchilarning birinchisi bo‘lib etti toza ko‘nglim bilan o‘sha jonzotlarni o‘ldirgan yovuz qilmishim uchun tavba qildim, dadillanib, yovuzlikni tashladim, toza sodiq ko‘ngil bilan turib, so‘ngra “Oltin rangli, yorug‘, yaltiroq, hamma narsadan ustun bo‘lgan no‘m podshohi” nomli no‘m xazinani to‘liq, tugal bitishga ko‘nglimni bog‘ladim.

Buddaviylik paydo bo‘lmasdan ilgarigi braxmanizm e’tiqodi va udumlariga ko‘ra, xudolarga jonzotlar qurbonlik qilinavergan, bu davrda hali buddaviylik aqidalari yaratilmagan va hayotga tatbiq qilinmagan edi. Ku tay hali buddaviylik aqidalaridan bexabar, braxmanizm aqidalari bo‘yicha hayvonlar va parrandalarni qurbon qilgani uchun, ular braxmanizmdan nirvonga etisha olmaganlar. SHundan keyin Erlik xonga shikoyat qilganlar. Ku tay maxayana mazhabiga asoslangan “Oltun yorug‘”ni ko‘chirtirishga va targ‘ib qilishga va’da berish bilan “o‘likdan tirildi”. Bu degani – Ku tay nirvonga etishib, “qayta tug‘ildi” demakdir.
Download 18.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling